Toshkent moliya instituti «biznes va tadbirkorlik» kafedrasi


Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash



tải về 335.5 Kb.
Chế độ xem pdf
trang6/8
Chuyển đổi dữ liệu10.05.2024
Kích335.5 Kb.
#57556
1   2   3   4   5   6   7   8
dbf8b7e3-fedf-469f-870e-2dea95f624d2

 
17.4. Eksport subsidiyalari. Eksport bojlari va eksportni ixtiyoriy cheklash 
Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina 
mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va 
eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat 
byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi. 
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga: 
- eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; 
- reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot 
etkazib berish; 
- firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish; 
- bevosita subsidiyalash kiradi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda 
raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion 
import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti 
yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir
dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir.
Dempinga qarshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo’llanilib, o’zida 
qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan 
mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. 
Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar 
murojaatidan so’ng chiqaradi hamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, 
dempingga qarshi bojlar o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo 
resurslarini eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol 
qo’llanilmoqda. 
Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi 
oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi 
ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol o’sadi, ishlab chiqarish 


va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqaruvchilarda 
yo’qotishga duch bo’ladilar. Tanqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan 
iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo’ladi.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij 
mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat.
Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat 
savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport 
miqdorini cheklaydi. 
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 
1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni 
belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul 
qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar. 
2. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan 
eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.
Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor 
ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi. 
Savdo siyosatini amalga oshirishning ko’rib o’tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan 
birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi 
kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo 
tashkilotlariga a’zo bo’lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni 
erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi. 

tải về 335.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương