Tegidan tashqari bu bo‟limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va


Ushbu chora-tadbirlar O'zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilashga va barqaror turizmning rivojlanishiga xizmat qiladi



tải về 0.82 Mb.
trang10/31
Chuyển đổi dữ liệu01.06.2024
Kích0.82 Mb.
#57803
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
BMI

Ushbu chora-tadbirlar O'zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilashga va barqaror turizmning rivojlanishiga xizmat qiladi.

Mamlakatimizda bu soha izchil rivojlanmoqda. Jumladan, 2022 yilda yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravar oshgan. Soha eksporti 1 milliard 600 million dollarni tashkil etgan. Ichki turizm dasturlari doirasida 11 milliondan ziyod aholi sayohat qilgan. Samarqandda yangi turizm markazi barpo etilgani natijasida u yerga qo‘shimcha 2 million sayyoh kelgan1.

O‘zbekistonda 8,2 mingdan ziyod madaniy-meros ob'ektlari mavjud bo‘lib, ularning 209 tasi UNESKOning umumjahon madaniy meros ob'ektlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Biroq, hududlarda turizm rivojlanishi bilan birga uning atrof-muhitga, tabiatga salbiy ta'siri ko‘lami ham ortib bormoqda. Masalan, turistlar sonining ortishi, hududlarda suv iste'molini oshishiga, ko‘kalamlashtirilgan hududlarga inson yuklamasining ortishiga, transport oqimining ortishi, buning oqibatida atmosferaning ifloslanishi kuchayishiga, tarixiy obidalar va zamonaviy arxitektura yodgorliklariga anropogen ta'sirning oshishi oqibatida ularning degradasiyasi kuchayishi kabi holatlar bunga misol.

Albatta, turizmning rivojlanishi ob'ektiv zarurat va har bir hudud, mintaqa uchun muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Uning atrof-muhitga, tabiatga ta'sirini kamaytirish, ta'sir ko‘lamini pasaytirish maqsadida barqaror turizm, yashil turizm tamoyillarini qo‘llashni taklif qilamiz.

Barqaror turizm” bu turizmning mavjud resurslari va xizmatlaridan tabiatga va ijtimoiy muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish hamda turizm industriyasining doimiy o‘sib borishidir. Barqaror turizm asosan 3 ta tamoyilga asosalanadi: 1) tabiiy muhitni asrab-avaylash, bunda turizm sohasi o‘z rivojlanishi jarayonida atrof-muhitga zarar yetkazmasligi lozim. 2) ijtimoiy-madaniy, bunda turistlar mahalliy urf-odatlarni, an'analarni va qadriyatlarni hurmat qilish lozim, mahalliy aholi hudud turizmidan daromad olishi lozim. 3) iqtisodiy, barcha iqtisodiy jarayonlarning samarali faoliyati ta'minlanishi, bunda barcha manfaatdor tomonlar ijtimoiy-iqtisodiy foyda ko‘rishi lozim.


tải về 0.82 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương