Tegidan tashqari bu bo‟limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va


II BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA PLATFORMANING UI-UX TIZIMINI ISHLAB CHIQISH 47



tải về 0.82 Mb.
trang2/31
Chuyển đổi dữ liệu01.06.2024
Kích0.82 Mb.
#57803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
BMI

II BOB. TURIZMNI RIVOJLANTIRISH BO'YICHA PLATFORMANING UI-UX TIZIMINI ISHLAB CHIQISH 47
2.1-§. Turizm platformasining asosiy funksiyalari 47
2.2-§. Elektron darsliklarning ta'limdagi roli va uni yaratish muammolari. 47
2.3-§. Elеktron darsliklar yaratish tеxnologiyasi. 57
2.4-§. Elektron ma’lumotnomani yaratishda qo’llanilgan dasturiy vositalar. 72
XULOSA. 81
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 84

KIRISH


Biz amalga oshirayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir.
Sh.M.Mirziyoyev.
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Ma’lumki, mamlakatimiz tarixida birinchi bor 2004 yilda saylangan ikki palatali parlamentimizning faoliyati hayotimizning muhim bir davriga – mamlakatimizda chuqur o’zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizasiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bir davrga to’g’ri keldi. Mamalkatimizni modernizasiyalashtirish borasida Birinchi Prezidentimiz ham o’z ma’ruzalarida “Barchamizga yaxshi ma’lumki, biz o’z vaqtida shu borada muhim qarorlar, xususan, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi konstitusiyaviy qonunni qabul qilgan edik” deb alohida e’tibor qaratganlar.
Mamlakatni modernizasiyalash sharoitida milliy iqtisodiyotda turizm o’ziga xos muhim o’rin egallaydi. Boy tarixiy-madaniy va tabiiy-iqtisodiy resurslar respublikamizda xorijiy va milliy turizmni rivojlantirish uchun qulay shartsharoitlar yaratadi. Bugungi kunda mamlakatimizda turizm sohasini rivojlantirish sharqona mehmondo’stlik va g’arb xizmat standartlarini o’zaro uyg’unlashtirishni talab etadi. Shu munosabat bilan turizm sohasida yuz berayotgan tub ijtimoiyiqtisodiy islohotlar mazkur sohada bozor munosabatlarini rivojlantirish, tarmoqda halol raqobat muhitini shakllantirish va shu asosda turistik korxonalar faoliyati samaradorligini oshirishga yo’naltirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, turizm sohasini isloh qilish borasida respublikamizda qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo, uning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 27 iyuldagi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq “O’zbekturizm” MK tashkil etildi. Turizm sohasida boshqaruvning samarali tizimini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 28 iyulda “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to’g’risidagi 360-son qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda “O’zbekturizm” milliy kompaniyasining faoliyati va asosiy vazifalari belgilab berildi, kompaniyaning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Ma’lumki, turizm sohasini rivojlantirish ko’plab ish o’rinlarini yaratilishiga, axolini ish bilan ta’minlash va axoli daromadlari oshishiga olib keladi. Shu munosabat bilan prezidentimiz ham o’z ma’ruzalarida “Ayni paytda, shuni ham o’zimizga yaqqol tasavvur qilishimiz kerakki, iqtisodiy o’sishni ta’minlash, odamlarimizning hayot darajasini yanada yuksaltirish, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy sohalardagi boshqa ko’plab vazifalarga ijobiy yechim topish eng muhim bir vazifani muvaffaqiyatli hal etishni talab qiladi. Bu vazifa avvalambor demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidan jadal va samarali ilgarilab borishdan iboratdir” deb ta’kidlaganini alohida e’tiborga olish lozim. Bu bilan biz har bir sohada islohotlar chuqurlashtirilayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Respublikada zamonaviy turizm sanoatini rivojlantirish, keng ko’lamda xorijiy sayyohlarni jalb etish, shu bilan birga xalqaro ahamiyatiga ega bo’lgan “Buyuk ipak yo’lini” qayta tiklash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 2 iyunda “Buyuk ipak yo’lini qayta tiklashda O’zbekiston Respublikasining rolini faollashtirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish to’g’risida”gi Farmoni, “Buyuk ipak yo’li”da joylashgan qadimiy shaharlardagi mavjud madaniy yodgorliklar, tarixiy, arxelogik va me’moriy obidalarni qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish bo’yicha “Meros” milliy dasturi qabul qilindi.
O’zbekiston mintaqalarida (xususan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz shaharlarida) saqlanayotgan har bir davr va sivilizasiyaning o’ziga xos 400 dan ortiq me’moriy va tarixiy-madaniy obidalari, arxeologik yodgorliklari YuNESKOning butunjahon madaniy meroslar ro’yxatiga olingan. Hozirda shu ro’yxatga kiritish uchun 32 ta madaniy meros obyektlari nominasiyasi taqdim etilgan. Bugungi kunda madaniy meros obyektlaridan 300 dan ko’prog’i sayyohlik yo’nalishlariga kiritilib, O’zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarga namoyish etilmoqda. Bu shundan dalolat beradi-ki, mamlakatimiz mintaqalarida yetarlicha turistik imkoniyatlar mavjud va ularni o’rganish, tadqiq etish bevosita bitiruv malakaviy ishning dolzarbligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga binoan 2022-2026 yilgacha bo‘lgan davrda “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” nomli ustuvor yo‘nalishi 16 ta maqsadni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling» dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga etkazish – maqsadi 10 ta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi, bular quyidagilar:
−To‘siqsiz turizm infratuzilmasini mamlakatning asosiy turizm shaharlarida keng joriy qilish. 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 baravar oshirib, 520 ming nafarga etkazish.
−Turizm va madaniy meros ob’ektlari infratuzilmasini rivojlantirish hamda 8 mingdan ortiq madaniy meros ob’ektlaridan samarali foydalanish bo‘yicha davlat dasturini qabul qilish.
−Zomin, Forish, Baxmal tumanlari va «Aydar-Arnasoy» ko‘llar tizimida qo‘shimcha turistik zonalar va dam olish maskanlarini barpo etish, 300 million AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirish, 25 ming ish o‘rinini yaratish. −Samarqandni «Turizm darvozasi»ga aylantirish orqali kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmini kamida 10 baravarga oshirish. Turizm sohasida 40 ming kishi bandligini ta’minlash. 2022 yilda «Abadiy shahar» tarixiy majmuasini o‘z ichiga olgan Samarqand turizm markazini va zaruriy infratuzilmani tashkil etish.
−Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orol bo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish. Bunda, Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalanish.
−Xorazm viloyatida turizm yangi ish o‘rinlarini yaratishda asosiy drayver soha bo‘lishi uchun alohida dastur qabul qilish.
−Buxoro viloyatida turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturni amalga oshirish.
−Navoiy viloyatida ziyorat va ekoturizm salohiyatidan samarali foydalanish.
−Toshkent shahrida turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash.
−Toshkent viloyatida turizm salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish.
Axborot infratuzilmasini mega darajada shakllantirish bilan Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO), Butunjahon sayohat va turizm kengashi (WTTC) kabi tashkilotlar shug’ullanadi. Makro darajada turizmda axborot infratuzilmasini rivojlantirish milliy turizm ma’muriyatlari va milliy turizm tashkilotlari zimmasiga yuklangan. Mintaqaviy darajada axborot infratuzilmasi tegishli 225 hududiy turizmni boshqarish organlari tomonidan shakllantiriladi. Turistik tadbirkorlik faoliyatining alohida korxonalari mikro darajani ifodalaydi, ular tomonidan axborot ta’minoti mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

tải về 0.82 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương