Tegidan tashqari bu bo‟limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va



tải về 0.82 Mb.
trang12/31
Chuyển đổi dữ liệu01.06.2024
Kích0.82 Mb.
#57803
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
BMI

Barqaror turizm bo‘yicha Global kengash (GSTC) barqaror turizmning jahon miqyosida ham mintаqalar miqyosida ham rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi va muvofiqlashtiruvchi umumbashariy organ sanaladi. Mazkur organ jahon miqyosida biosistemalarning tabiiy rivojlanishini muhofazalash maqsadida turli dasturlarni qabul qilgan. Jumladan, Galapagoss orollarida tabiiy muhit tiklanuvchanligini saqalash maqsadida yillik turistlar oqimi sonini 12 ming tashrif miqdorida belgilagan bo‘lsada, keyinchalik bu raqam Ekvador hukumati tomonidan iqtisodiy maqsadlarda 50 ming tashrif ko‘rinishida o‘zgartirilgan.

Buxoroning turistik salohiyati katta boʻlib, bu boy tarixiy-madaniy merosi, zaminda islom olamining buyuk siymolari abadiy qoʻnim topganligi, etnografik va madaniy imkoniyatlari, oʻziga xos choʻl landshafti, tabiiy-ekologik resurslari bilan izohlanadi. Ammo shahar turizmidagi asosiy yoʻnalish «Buxoroning tarixiy markazi» hisoblanib, bugungi kunda jami sayyohlikning 72 foizi shu yoʻnalish doirasida amalga oshiriladi.

2016 yildan boshlab yangi yoʻnalish - ziyorat turizmiga e’tibor qaratildi. Islom dini va ilmini rivojlantirishga hissa qoʻshgan ajdodlar qoʻnim topgan joylarni obodonlashtirish va ziyorat maskanlariga aylantirish harakati boshlandi. Bu aholisining asosiy qismi islom e’tiqodida boʻlgan Malayziya, Indoneziya, Singapur, Turkiya va boshqa musulmon davlatlardan sayyohlar kelishini koʻpaytirdi.

Mamlakatda mavjud imkoniyat va salohiyatni hisobga olib, turizmni iqtisodiy jihatdan foydali sohaga aylantirishga katta ahamiyat qaratilganligi oʻz natijalarini bermoqda. 2022 yilda Buxoro shahrida 144 ta mehmonxona, 159 ta mehmon uyi, 37 ta xostel, 2 ta kvartira faoliyat yuritgan. Shu yilda shaharga 2 265 389 nafar (shundan 48 924 nafari xorijiy) sayyohlar tashrif buyurgan. Bu koʻrsatkich 2020 yilga nisbatan ichki turizmda qariyb 9,3 barobarga (2020 yilda 243,5 ming nafardan oshiq), xorijiy sayyohlar soniga nisbatan 3,6 barobarga (2020 yilda 13,5 ming nafardan oshiq) ortganini koʻrsatadi.


tải về 0.82 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương