Tegidan tashqari bu bo‟limning qolgan barcha teglari ekranda aks ettirilmaydi. Odatda tegi darhol tegidan keyin keladi tegi sarlavhaning tegidir, va hujjatga nom berish uchun hizmat kiladi. Hujjat nomi va



tải về 0.82 Mb.
trang11/31
Chuyển đổi dữ liệu01.06.2024
Kích0.82 Mb.
#57803
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
BMI

Barqaror turizm” va “yashil turizm” atamalari adabiyotlarda yangi terminlardan bo‘lib, hali ko‘pigina mualliflar ularning qo‘llanilishida ikkalasini bir-biriga o‘rindosh sifatida ishlatishadi. Ya'ni, “yashil turizm” bu “barqaror turizm” deb ta'riflab ketishadi. Biroq, muallif, “yashil turizm” bu “barqaror turizm”ning bir qismi bo‘lib, “barqaror turizm” “yashil turizm”ga nisbatan kengroq qamrovli tushuncha deb ta'kidlaydi. “Yashil turizm”da faqat turizmning atrof muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish, rekreasiya resurslarining samarali, zararsiz foydalanilishi ekanligi, “barqaror turizm” esa turizmning nafaqat atrof muhitga zarar yetkazmasdan, ekologik xavf-xatarlardan xoli foydalanilishi, balkim, uning makroitqisodiy va hududiy, mikroiqtisodiy jihatdan, barcha turizm tarmoqlarining barcha hududlarda samarali o‘sishi ham tushuniladi.

Turizmning atrof muhitga ta'siri ko‘lamini ko‘plab misollarda ko‘rish mumkin. Ma'lumki turist doimiy harakatda, sayohatda bo‘ladi va shu sabab barqaror turizmda barqaror mobillik talab etiladi. Atrof muhitning ifloslanishini namoyon qiluvchi indikatorlardan biri – atmosferaga korbanad angidrid gazi (SO2)ning chiqarilishidir. Atmosferaga chiqariladigan korbanad angdrid gazining 72 foizi transportdan, 24 foizi uy xo‘jaligidan, 4 foiz mahalliy ishlab chiqarish faoliyati (sanoat va qishloq xo‘jaligi)dan shakllanadi. Jami transport chiqindilari ichida aviatashishlar chiqindisi 55 foizni tashkil etmoqda. Buni jami turizmdagi 40 foiz ulushni tashkil etadi. Agar bu raqamni atmosferaning umumiy ifloslanishi bo‘yicha olib qarasak, turizm atmosferaning 75 foiz ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda .

Turizm industriyasi rivojlanishi kelgusida ekoturizm, turistlarning tabiat rusurslaridan, rekreasion resurslardan bahra olishi yo‘nalishida rivojlanishi ortib borishi bashorat qilinadi. Chunki, industriyaning rivojlanishi, shahar aglomerasiyalarining kengayishi insonlarni tabiiy muhitda dam oluvchi sifatida oqimini oshiradi. Bu o‘z navbatida tabiatga ular tomonidan salbiy munosabatning ortishiga olib kelishi mumkin.


tải về 0.82 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương