Tasdiqlayman


I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA‟NAVIY -AXLOQIY TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI



tải về 216.5 Kb.
trang2/6
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích216.5 Kb.
#51999
1   2   3   4   5   6
DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
I BOB. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA‟NAVIY -AXLOQIY TARBIYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy -axloqiy tarbiyalash
ga qo‟yiladigan pedagogik talablar……………………………...............10
1.2. O‟rta Оsiyo mutafakkirlarining ilmiy ta‟limotida ma‟naviy- axloqiy tarbiya masalalari ..........................................................................................25
1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy -axloqiy tarbiyalashda ilg‟or xorijiy tajribalardan foydalanish………………...........................……..32
II BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MA‟NAVIY –AXLOQIY TARBIYALASHНИНГ AMALIY ASOSLARI.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy -axloqiy tarbiyalashda tarbiyachi shaxsiga qo‟yiladigan pedagogik talablar……………..…….39
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy -axloqiy tarbiyalashning shakl va usul lari………………………………………………..…………50
2.3 .Tajriba - sinov ishlari tahlili ………………………………………….64
XULOSA ………………………………………………..................................66.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI…………………......68

KIRISH
Mavzusining dolzarbligi:Ma’lumki, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich turi hisoblanib, u O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tug‘risidagi Qonun»i va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi.
Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,inson o‘z umri davomida oladigan informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrida olar ekan.Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak ana shu davrda uning qalbida ma‘naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi‖.1
Biz xаlqimizning dunyodа hеch kimdаn kаm bo‘lmаsligi, fаrzаndlаrimizning bizdаn ko‘rа kuchli, bilimli, dоnо vа аlbаttа bаxtli bo‘lib yashаshi uchun bоr kuch vа imkоniyatlаrimizni sаfаrbаr etаyotgаn ekаnmiz, bu bоrаdа mа`nаviy tаrbiya mаsаlаsi, hеch shubhаsiz, bеqiyos аhаmiyat kаsb etаdi. Аgаr biz bu mаsаlаdа hushyorlik vа sеzgirligimizni, qаttiyat vа mа`suliyatimizni yo‘qоtsаk bu o‘tа muhim ishni o‘z hоligа, o‘zi bo‘lаrchilikkа tаshlаb qo‘yadigаn bo‘lsаk, muqаddаs qаdriyatlаrimizgа yo‘g‘rilgаn vа ulаrdаn оziqlаngаn mа`nаviyatimizdаn, tаrixiy xоtirаmizdаn аyrilib, оxir-оqibаtdа o‘zimiz intilgаn umumbаshаriy tаrаqqiyot yo‘lidаn chеtgа chiqib qоlishimiz mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat qilinadi.
Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta’lim-tarbiya mazmunining asosiy yo‘nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo‘lib u davlat hujjati sifatida e’tirof etiladi.
Maktabgacha ta’lim bo‘la sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7ga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda bo‘lajak tarbiyachilarni kasbga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim hisoblanadi. Maktabgacha tarbiyani samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
O‘z kasbini sevuvchi malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axlokiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Maktabgacha ta‘lim muassasalarining har-xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
Maktabgacha tarbiya va soglomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta’lim To‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urgu berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», talablari asosida tashkil etiladi.

tải về 216.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương