Tasdiqlayman


III.BOB: Tajriba-sinov ishlari tahlili



tải về 216.5 Kb.
trang5/6
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích216.5 Kb.
#51999
1   2   3   4   5   6
DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
III.BOB: Tajriba-sinov ishlari tahlili :
Maqsad: Maktabga tayyorliv guruhi bolalarida ma‘naviyatning ilk kurtaklarini rivojlanganlik darajasini aniqlash.
Vazifalar :
1. Tarbiyachilarni maktabga tayyorlov guruhi bolalarida dunyoqarashni tarbiyalshga bo‘lgan munosabatlarini qanday ish shakllari va metodlari foydalanish orqali aniqlash.
2. Tarbiyachilarning ish faoliyatini o‘rganish maqsadida ta‘lim tarbiyaviy ishlar, ish rejasi, tarbiyachining kundalik rejalari o‘rganiladi.



Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarni tajribadan keyingi javoblarida ijobiy ko‘rsatkichlar savol tartib raqamiga binoan 4,24,6,3,3,1,6 tarzida bo‘ldi.Bu ko‘rsatkichlar foiz hisobida 9%, 4%, 6%, 9,5%, 2,5%, 6%, 2,5%, 9% ni tashkil etdi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki,pedagogik jarayonlar ta‘sirida maktab o‘quvchilarida bagrikenglik sifatlari ijobiy tomonga o‘zgargan.
Aniqlovchi tajriba ishlari jarayonida olingan ma‘lumotlarni tahlil qilib shunday xulosaga keldik:
Aniqlovchi tajriba davomida amalga oshiriladigan ishlar ketma – ketligini belgilashga imkon beradi.
Bunga mashg‘ulotlar, suhbatlar kiradi.
Pedagogik tadqiqotning shakllantiruvchi bosqichi : maqsadi bolalarga bag‘rikenglik hissi haqida bilim berib tarbiyalash.
Shakllantiruvchi tajribaning vazifalari:
1. Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarida dunyoqarashni shakllantirish.Va buning asnosida ma‘naviyatning ilk kurtaklarini shakllantirish.
2. Mashg‘ulotlar, suhbatlar ketma – ketligini ishlab chiqish natijasida bolalar o‘zlari o‘zlashtirgan bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.


XULOSA
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos bo‘lib, unda faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarda kasbiy ko‘nikma va malakalarni tarbiyalashda xususan bo‘lajak tarbiyachilarni tarbiyalash muhim ahamiyatga ega.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ta‘limiy-axloqiy qarashlarida insonning ma‘naviy barkamol shaxs egallashi zarur bo‘lgan talablarga ilmdan ortirilgan hislat, ichki va tashqi ko‘rinishdan topilgan haqiqat, aql tufayli hosil qilingan xulq atvor mol-mulkdan ham ziyoda bo‘lgan salomatlik hisoblangan. Bu talablar hozirgi davrda ham barkamol shaxs tarbiyasida mardlik, to‘g‘rilik, adolatparvarlik, vafodorlik, halollik, sahiylik, mehr-oqibat, insonparvarlik xislatlarini tarbiyalashda muhim manba sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy aхloqiy tarbiyalash davr talabi va ijtimoiy-ta’limiy zaruriyat bo‘lib, bunday yondashuv pedagogik jarayonning ijodiy xususiyat kasb etishiga xizmat qiladi. Ushbu jarayonga texnologik yondashuv esa, mashg‘ulotlarning qiziqarli bo‘lishini ta’minlash bilan birga maktabgacha yoshdagima‘naviy-axloqiy tarbiyalashda yordam beradi. An’anaviy ta’lim esa mashg‘ulotlarning bir xil, standart shaklda tashkil etilishini ifodalaydiki, bu jarayonda bo‘lajak tarbiyachilarning erkin, ijodiy fikrlash imkoniyatlari cheklanib, ular tomonidan tayyor bilimlar sust tinglovchilar sifatida o‘zlashtiriladi.
Bolalarda mehr – shafqat, muruvvat, kattalarga hurmat hislatlarini tarbiyalash o‘zbek oilalarida juda qadimdan mavjud. Uning barcha jihatlari ijtimoiy hayotida namoyon bo‘lib kelgan va ma‘naviy qadriyat sifatida avloddan avlodga o‘tib kelmoqda Istiqlol yillarida ushbu qadriyatlar o‘zining barcha qirralarini ko‘rsatdi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash ularda ma‘naviy – axloqiy xulq ko‘nikmalarini, milliy g‘urur, Milliy ong, o‘z – o‘zini anglash, vatanparvarlik, tuyg‘ularini shakllantirishni taqozo etadi.



tải về 216.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương