Denov tadbirkorlik va pedagogika Instituti Pedagogika fakulteti



tải về 1.87 Mb.
Chuyển đổi dữ liệu16.04.2024
Kích1.87 Mb.
#57223
maktabda Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati Xalilov Asadullo
O`quvchilar shaxsini har tomonlama kamol toptirish. (3), Tarbiyada innovatsion texnologiyalarning o`rni

Denov tadbirkorlik va pedagogika
Instituti Pedagogika fakulteti
2BT-OT-S-21guruh talabasi
Xalilov Asadullo ning
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
fanidan tayyorlagan
TAQDIMOTI .
Mavzu: maktabda Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda sinf rahbarining pedagogik mahorati Reja: 1.Ta’lim jarayonida tarbiyaviy ishlarning o’rni
2. Boshlang’ich sinflarda tarbiyavish ishlarni tashkil etish
3.Boshlang’ich sinf o’qituvchisining tarbiyachilik mahorati
Hozirgi paytda fan va madaniyatning eng so‘nggi yutuqlari asosida yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ayniqsa o‘smirlar orasida axloqiy va ma’naviy jihatdan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish muhimdir. Zero, axloq yo‘q ekan, inson ongli ijtimoiy shaxs bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham axloqiy tarbiya shaxsning har tomonlama va erkin shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarbiya-chilari (o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, bolalar yetakchilari va boshqalar) jamoasi oldida o‘quvchilarga umuminsoniy axloq qoidalari asosida hayot kechirishni o‘rgatishdek muhim vazifa turadi. Fanni o‘rganishga muhabbat uyg‘otish, bilimga tashnalik fazilatlari axloqiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. Bolalarning o‘qishdagi muvaffaqiyatidan uning guruhdagi o‘rni aniqlanadi, atrofdagilarning u bilan munosabati belgilanadi, o‘qishdagi muvaffaqiyat bolaning axloqiy tarbiyasini yuqori darajaga ko‘taradi.
O‘quvchilar qalbida yuksak ma’naviyatlilikni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati beqiyosligini tushuntirish kerak. Kitob yoshlar uchun hayot maktabidir. Bilim manbai bo‘lgan kitobni sevish, uni o‘qish va ko‘z qorachig‘idek saqlay bilish lozim, o‘qish uchun uni tanlay olish va o‘qish madaniyatini bilish kerak. Bu ishda ustoz-u murabbiylar va kutubxona xodimlari yordam berishlari lozim.
Tarbiya – bu insonni ijtimoiy tajribalar bilan, uning barcha shakllarida bilim, his-hayajon, estetika, odob-axloq qoidalari bilan tanishtirish va individning ichki o‘ziga hos jihatlarini, imkoniyatlari va layoqatlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyat hisoblanadi. Mana shu tarbiyaning asosiy manbai–shaxslar bo‘lib qoladi–bu jamiyat va individning o‘zidir. Tarbiyalanayotgan shaxs maqsadlari va qadriyatlari tizimida individual va ijtimoiylik nisbatlari muammosi tarbiya nazariyasida markaziy muammo hisoblanadi. Jamiyat va shaxs bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Shaxs jamiyatdan tashqarida yuzaga kelmaydigan jonzot hisoblanadi, jamiyat esa o‘z navbatida shaxslardan tashkil topadi.
O‘zida jamiyat madaniyatining in’omlarini mujassam etgan-ligi sababli, shaxs ijtimoiy tajribani yangicha talqin qilishda, ma’naviy va moddiy qimmatliklarni yaratishda, qayta anglashda mustaqil avtonom bo‘lib qoladi.
Bunday shaxs o‘zining zamondoshlari uchun ma’lum bo‘lgan yoki begona tajribani olib kiradi, faqat vaqt o‘tishi bilan asta-sekin jamiyatga kirib boradi. Bunday shaxs o‘zini jamiyatga qarshi qo‘yishi, unga qarshi chiqishi va u bilan kurashishga kirishishi mumkin.
Jamiyat bu shaxs yoki shaxslar to‘plami emas.Jamiyat – bu qadriyatlar o‘z maktabini yaratadigan, har qanday subyektni xizmat qilishga majbur etishga intiluvchi, o‘zining mavjudligini saqlab qolish uchun shaxsni yutib yuborishga qodir, o‘zini harakatlantiruvchi ijtimoiy birlikdir. Shu bilan bir vaqtda, jamiyat insonlar to‘plagan madaniyatni saqlab qolish va odamga yetkazish usuli demakdir.
Shaxs va jamiyat ijtimoiy hayotning ikki asosiy subyekti sifatida ishtirok etadilar. Hatto eng qulay ijtimoiy sharoitlarda ham (hatto eng noqulay ijtimoiy sharoitlarda ham) ular birlashmaydilar va ular o‘rtasidagi farq kamaymaydi. Ma’lum sharoitlarda ular bir-birlariga qarama-qarshi turishlari mumkin.
Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi.
Tarbiya, ijtimoiy hodisa sifatida, uning mohiyatini ifoda etuvchi quyidagi asosiy belgilari bilan ifodalanadi:
1. Tarbiya o‘sib kelayotgan avlodni ijtimoiy hayot va ishlab chiqarish sharoitlariga jalb etish, ular bilan eskirayotgan va hayotdan chiqayotganlarini almashtirishning amaliy ehtiyojidan kelib chiqqan. Natijada, bolalar katta bo‘ladilar, o‘z hayotlari va mehnat qobiliyatini yo‘qotayotgan katta avlod hayotini ta’minlaydilar.
2. Tarbiya – doimiy, zarur va umumiy kategoriya. U insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan birga paydo bo‘ladi va jamiyatning o‘zi yashar ekan, u ham mavjud bo‘ladi. U jamiyatning mavjudligi va doimiyligi, uning ishlab chiqarish kuchlarini tayyorlash va insonni rivojlantirishni ta’minlashning muhim vositasi hisob-langanligi uchun ham zarurdir. Unda qonuniy o‘zaro bog‘liqliklar va bu hodisaning boshqa ijtimoiy hodisalar bilan o‘zaro bog‘liqliklari aks ettiriladi. Tarbiya, o‘qitishning bir qismi sifatida, ta’limni ham o‘z ichiga oladi.

3. Tarbiya – ijtimoiy-tarixiy rivojlanishning har bir bosqichida o‘zining vazifasi, mazmuni va shakllari bo‘yicha aniq tarixiy xususiyatga ega bo‘ladi. U jamiyat hayoti xususiyati va tashkil etilishi bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun o‘z davrining ijtimoiy qarama-qarshiliklarini aks ettiradi. Sinfli jamiyatda turli sinflar, qatlamlar va guruhlarda bolalarni tarbiyalashning asosiy ten-densiyalari ba’zan qarama-qarshi bo‘ladi.
O‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash – ularning ijtimoiy tajriba asosiy elementlarini o‘zlashtirishlari hisobiga, ularni katta avlod ijtimoiy munosabatlariga, munosabatlar tizimiga va ijtimoiy zarur faoliyatiga jalb etishlari jarayoni va natijasi asosida amalga oshiriladi. Kattalar va bolalar o‘zaro ijtimoiy munosabatlari va o‘zaro aloqalari, ta’sirlari har doim ularni bolalar yoki kattalar anglab yetishlaridan qat’iy nazar, tarbiyaviy yoki tarbiyalovchi hisoblanadi. Eng umumiy shakllarida bu o‘zaro munosabatlar, bolalar hayoti, sog‘ligi va ozuqalanishlarini ta’minlashga, jamiyatda ularning o‘rnini va ularning ruhiy holatini aniqlashga qaratilgan. Kattalar bolalar bilan o‘zlarining tarbiyaviy munosa-batlarini anglab yetishlari va bolalarda u yoki bu sifatlarini shakllantirish maqsadlarini o‘z oldilariga qo‘yar ekanlar, ularning munosabatlari yanada pedagogik, anglab yetilgan maqsadga yo‘naltirilgan tus oladi.
Kattalarning ijtimoiy hodisa sifatida tarbiya xususiyatlarini anglab etishlari asosida jamiyatda bolalar va jamiyat manfaatlari yo‘lida tarbiyalash qonunlaridan tushunilgan va maqsadga muvofiq foydalanishga intilish yuzaga keladi.
XULOSA
Ko‘rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablar o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo‘lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g‘oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog‘liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam egallab borishi bilan o‘zining bilimini, ongini oshiradi.
Sinf rahbarining axloqiy obro‘si g‘oyat darajada yuqori bo‘lishi ham bu o‘rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga ega bo‘ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o‘quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning o‘zi yetarli emas. U o‘z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o‘z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o‘tkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko‘p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon-dildan ko‘ngil qo‘yish, bolalarga bo‘lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo‘lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo‘shilsa, ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo‘lish, ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o‘zi bolalarni tarbiyalamoqchi bo‘lgan g‘oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo‘lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko‘pchiligiga asosiy sabab, bolaning oldiga qo‘yilayotgan talablar tarbiyachi xarakterida hamisha ham namoyon bo‘lavermasligidadir.
FOYDALANILGAN ADABYOTALR
1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.
2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.
3. Joʻrayev R.X. Jaholatga qarshi ma’rifat. Xalq ta’limi.– T.: 2004.- №3. – B. 9-13.
4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.
5. Ismoilova Z, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003
6. Hasanboyev J:, Toʻraqulov X., Alqarov I., Usmanov N. Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 2010
7. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N.Aminov. T:.Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
8. Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B., Matnazarova K.Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent, 2014 у.
tải về 1.87 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương