Tasdiqlayman


Metodik qollanmada bajarilishi ko’zda tutilgan vazifalar: M



tải về 216.5 Kb.
trang4/6
Chuyển đổi dữ liệu18.05.2022
Kích216.5 Kb.
#51999
1   2   3   4   5   6
DIPLOM OLDI AMALIYOTI UCHUN2.Maktabgacha ta\'lim tashkilotida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma\'naviy-axloqiy tarbiyalash
20.maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarni jismoniy tayyorlash vazifalari, maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini organish va uni rivojlantirishning psixologik usullari, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni psixologik tekshirish
Metodik qollanmada bajarilishi ko’zda tutilgan vazifalar: Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash pedagogik muammo ekanligini tadqiq etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash yo‘llarining ustuvor yo‘nalishlarini yoritish.
Tavsiya etilgan mеtodlar: Mavzuga doir pеdagogik, psixologikga oid ilmiy-nazariy, mеtodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil etish, pеdagogik kuzatish.
– axloqiy, siyosiy ekologik madaniyati, fuqarolik burch va masuliyati hissi shakllangan etib tarbiyalash bo‘lajak tarbiyachilarni asosiy maqsadi qilib qo‘yadi. Ma‘lumki MTMda tarbiyalanuvchialarni ma‘naviy axloqiy jihattan barkamol qilib tarbiyalshda ular ongiga Milliy istiqlol g‘oyasdini singdirish muhim masalalrdan biridir. Bu sohada malum bir tajribalar to‘plangan shu bois biz tadqiqotimizda maktabgacha ta‘lim muassalarida bolalarni ma‘naviy – axloqiy tarbiyalashning ilmiy pedagogik asoslarini yaratishga e‘tiborni qaratdik.
Ishining maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy- axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslarini, hamda uni amalga tatbiq etishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‟naviy- axloqiy tarbiyalashning shakl, usullari
Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim muassasaslarida tashkil qilinadigan turli mashg‘ulotlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mashg‘ulot tarbiyachi tomonidan bolalarni kerakli bilim va malakalar bilan umumiy holda xabardor qilish demakdir. Maktabgacha ta‘lim muassasaslarida bolalalarning mustaqil tafakkurini shakllantirishda mashg‘ulot muhim rol o‘ynaydi. Mashg‘ulotlar kun davomida o’tkazilib boriladi. Kunning birinchi qismiga mo’ljallangan mashg‘ulotlar ancha samara beradi.Bola maktabga qadam qo‘ygunga qadar asosan bog‘chada ta‘lim tarbiya olar ekan demak uning ma‘naviy axloqiy jihatdan shaklalannishida bog‘chadayoq zamin yaratiladi. Mashg‘ulot jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko’nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so’zini tinglash, o’rtoqlari bilan gaplashmaslik har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o’rganib boriladi. Har bir yosh guruhlarda necha marta mashg‘ulot o’tkazish bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab boriladi.
Mashg‘ulotlar quyidagi shakllarda tashkil qilinishi mumkin:
- Bolalar bilimlarini sinovchi mashg‘ulotlar – ushbu mashg‘ulotlarni o’tkazishdan maqsad, tarbiyachi dasturda belgilangan bilim va malakalarini egallash darajasini bilib oladi va keyingi mashg‘ulotlar davomida ularni inobatga oladi.
- Kompleks mashug‘lotlar – bu mashg‘ulot bolalar bog‘chasi tajribasida keng tarqalgan bo’lib, bunday mashg‘ulotlarda bolalarga yangi bilim beriladi.
Mashgulotni tuzilishi esa:
- bolalarni uyushtirish;
- asosiy qism;
- yakuniy qismdan iborat bo‘ladi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish mazmuni ham mavjud bo’lib, ushbu mazmunga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
- mashg‘ulotni rejalashtirish;
- kerakli jihozlarni oldindan tayyorlash;
- bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash;
Bolalarni maktabga tayyorlashda tarbiyachi mashg‘ulotni bir bo’limidan bitta emas, balki butun bir mashg‘ulotni sistemasini rejalashtirib olib borilsa ijobiy natijani qo‘lga kiritadi.
Tarbiyachi mashg‘ulotlar jarayonida metodik qo’llanmalardan foydalanib mashg‘ulot o’tishi tavsiya etiladi. Har bir bog‘chada metodik xonalar mavjuddir. Unda bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturining, hamda hamma bo’limlari bo’yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi.
Yetishmovchiliklarni tarbiyachi o’zi tayyorlaydi va bu ishga ba’zan tayyorlov guruhidagi ya’ni maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni jalb etadi. Tarbiyachi mashg‘ulot uchun kerakli mashug‘lotlarni mashg‘ulotlardan bir kun avval tayyorlab qo’yadi.
MTMning birinchi kichik guruhida haftasiga 10 ta mashg‘ulot o’tkaziladi. Ular quyidagicha taqsimlanadi:
1. Atrofdagi voqealar bilan tanishtirish va nutqini rivojlantirish;
2. Rasm chizish va loy yoki plastilindan narsa yasash;
3. Qurilish materiallari bilan mashqlar;
4. Musiqa mashg‘ulotlari;
5. Fizkultura mashug‘lotlariva h.o.
Mashg‘ulotlar 10-15 daqiqa davom etadi va ular shanba kunidan tashqari har kuni ertalab va kechqurun o’tkaziladi. Mashg‘ulotlar bilan bir qatorda sayr vaqtida atrofdagi narsalarni kuzatish, harakatli va didaktik o’yinlar rejalashtiriladi.
Mashg‘ulotlarning katta qismi rivojlanishi bir xil darajada bo’lgan bolalarni kichik gruppalarda o’tkaziladi. Batafsil tushuntirish va kattalarning yordamini talab qiladigan yangi materialdan foydalaniladigan mashg‘ulotlar (masalan, yig‘ma kartinalar yoki yangi konstruktor, birinchi marta beriladigan mashg‘ulotlar) ana shunday o’tkaziladi. Harakatlarining navbatiga rioya qilinadigan mashg‘ulotlarda bolalar uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, gimnastika asboblari bilan o’tkaziladigan fizkultura mashg‘ulotlari, «Loto» tipidagi va nuqkni rivojlantirish mashg‘ulotlari ana shunday bo’ladi, bunda ayrim bolalar o’z aktivliklari bilan boshqalarini chetga surib qo’yishlari mumkin.
Ammo hayotning uchinchi yilida mashg‘ulotlarning ayrim turlarini butun guruh bilan o’tkazish ham mumkin, chunki bola hulq-atvor qoidalarini (butun e’tibor bilan tinglash, jim o’tirish) egallagan bo’ladi, o’z harakatlarini boshqa bolalar bilan muvofiqlashtira boshlaydi, kattalarning nutqi uning harakatini yo’lga soladigan bo’ladi.
Bolalarning butun guruh bilan ayni vaqtda musiqa mashg‘ulotlarini, harakatli o’yinlarni, shuningdek bolalarning o’zlari asosan tomoshabin bo’ladigan ko’rgazmali instsenirovkalarni o’tkazish mumkin.
Mashg‘ulot vaqtida tarbiyachining e’tiborini hech kim chalg‘itmasligi, xona jimjit bo’lishi, halaqit berishi mumkin bo’lgan hamma narsalar chetga olib qo’yilishi kerak.
Bolalarning mustaqil faoliyati bilan ayniqsa o’yin bilan bog‘liq mag‘ulotlar katta samara beradi. Masalan: musiqa mashg‘ulotlari, sensor rivojlanish mashg‘ulotlaridan foydalanish mumkin.
Hayotning uchunchi yilida bolalarni o’rgatish ko’rgazmali tarzda olib boriladi.
Mashg‘ulotlar - MTMda o’qitishning tashkil etish formasidir. Ular maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiy; ular uchun dastur mazmuni belgilangan, kundalik rejimida doimiy vaqt ajratilgan, ularning qancha vaqt davom etishi tayinlangan.
MTMda mashg‘ulotlar bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarda bolalar o’quv faoliyati ko’nikmalari hosil qiladilar, ancha intizomli, uyushgan bo’lib boradilar. Ularda barqaror diqqat, diqqatni bir narsaga qarata olish, irodaviy zo’r berilish qobiliyati rivojlanadi. Sistemali o’qish natijasida bilishga qiziqish paydo bo’ladi.
Bolalarni kollektivda o’qitish muayyan afzalliklarga ega: birgalikda ishda lar bir-birlariga aktiv ta’sir etadilar, tashabbus, fahm-farosat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladilar.
Bolalar oldilariga ko’pchilikdan kuch-g‘ayrat talab qiladigan vazifalar qo’yilganda birgalikdagi kechinmalar paydo bo’ladi, kollektivizm tuyg‘usi vujudga keladi. Ekskursiyalar, rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, qurish yasashga oid ishlarni birgalikda bajarish, umumiy o’yinlarda va musiqa mashg‘ulotlardagi raqslarda, harakatlarni rivojlantirish mashg‘ulotlarida birlashish, badiiy adabiyotni o’qish tufayli yuzaga kelgan birgalikdagi kechinmalar – bularning hammasi inoq
bolalar kollektivini vujudga keltirishda yordam beradi hamda, kollektivda yashash va ishlash ko’nikmasi hosil qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar organizmning o’ziga xos tomoni shundaki u juda tez o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funktsiyalari va sistemalarining shakllanishi, hali tugallanmagan bo’ladi. Shunga ko’ra u tez jarohatlanadi. Shuning uchun bolalarga jismoniy tarbiya berishda quyidagilar birinchi darajali vazifalar hisoblanadi:
- Sog‘lomlashtiruvchi vazifalar:
- Ta’limiy vazifalar;
- Tarbiyaviy vazifalar.
Xalq o’yinlari «Chillak »,«Kim chaqqon», «Beshtosh », «Oq terakmi-ko’k terak?», «Quyonim quyonim?», «Chitti gul», «Kim oladi shu ginani». «Uchdi, chopdi, sakradi», «Qushim boshi», «Qoch bolam, qush keldi», «Tortishmachoq» kabi harakatli o’yinlarda ishtirok eta olishdan iborat. Tevarak-atrof va ijtimoiy voqealar bilan tantishtirish mashg‘ulotlariga bevosita tarix, inson va jamiyat, davlat va huquq asoslari darslarining ilk ko’rinishlari kiradi.
Issiqlik, yorug‘lik, tabiatdagi suv almashuvi, magnit xossalari haqidagi tushunchalar – «Tabiat va atrofdagi olam» darslarida mukammallashib, ilmiy asoslangan ravishda takrorlanadi.
Tarbiyachi har bir yosh gruppasining mashg‘ulot jadvali qanday tuzilganini bilishi lozim.
Didaktik o’inlar.
Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktik o’yinlardan hamda o’yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda o’yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda, masalan, joyni bilish ko’nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda o’yinlar asosiy o’quv vazifasini o’taydi.
Xilma-xil metodlar: ko’rgazmali (kuzatish, rasmlarni ko’rish, diafilm va kinofilmlarni namoyish qilish), amaliy (o’yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar), og‘zaki (tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o’qish, suhbat) metodlaridan va xilma-xil formalardan: mashg‘ulotlardan ekskursiyalardan kundalik hayotga mehnatdan kuzatishlardan uchastka va tabiat burchagidan o’yinlardan foydalaniladi. Natijada nafaqat bolalarda bilimlarni egallash malaka va kunikmalarni hosil qilish qobiliyatlarini o’stirish, ilmiy dunyoqarashlarini, axloqiy sifatlarini xulq atvorlarini shakllantirishga erishiladi, balki ushbu jarayonda bo‘lajak tarbiyachilarda kasbga muhabbat ruhi ham shakllana boradi.
Tarbiyachi tabiatni bolalar bilan birgalikdla kuzatishni tashkil etar ekan, tarbiyaviy bir qator vazifalarni hal etadi: bolalarda tabiat haqida bilimni shakllantiradi. Kuzatishni o’rgatadi, kuzatuvchanlikni o’stiradi, estetik jihatdan tarbiyalaydi.
Harakatli o’yinlar. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o’yinlar hayvonlarning hatti harakati ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq. Bolalar bu o’yinlarda harakatlarga tovushlarga taqlid qilib bilimlarni chuqurroq egallaydilar. O’yindan zavqlanish bolalardagi tabiatga bo’lgan qiziqishni chuqurlashtiradi. Ijodiy o’yinlar. O’yinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot rayonida olingan tasavvurlarni aks ettiradilar. Kattalarning tabiatdagi mehnati haqidagi bilimni egallaydilar. Bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanadi. Ular kattalarning tabiatdagi mehnatining ahamiyatini anglab oladilar.
Tabiatdagi mehnat. Bolalar mehnat ob‘ektlari o’simliklarning xususiyatlari va sifatlari ularning tuzilishi ehtiyojlari rivojlanishining asosiy bosqichlari o’stirish usullari o’simliklar hayotidagi mavsumiy o’zgarishlar haqida hayvonlar, ularning tashqi ko’rinishi ehtiyojlari, harakat qilish usullari, hatti harakatlari, hayot tarzlari va uning mavsumiy o’zgarishlari haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Ular yashash muhiti o’rtasida mutanosiblik o’rnatishni hayvonning tabiatdagi hayot tarzi va ularni tabiat burchagida parvarish qilishni o’rganadilar.
Mashg‘ulotlar maxsus loyihalar asosida ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etilishi talab qilinadi. Mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor bo‘lajak tarbiyachilarning ichki imkoniyatlari va qobiliyatlarini ularning amaliy faoliyatlarida to‘la namoyon bo‘lishini kafolatlovchi rivojlantiruvchi ta’lim xarakterini kasb etishiga qaratilishi muhim sanaladi.
Mashg‘ulot tarbiyachi tomonidan bolalarni kerakli bilim va malakalar bilan umumiy holda xabardor qilish demakdir. Mashg‘ulotlar kun davomida o’tkazilib boriladi. Kunning birinchi qismiga mo’ljallangan mashg‘ulotlar ancha samara beradi.
Mashg‘ulot jarayonida bolalarda mustaqil fikrlash ko’nikma va malakalari hosil qilinadi, tarbiyachining so’zini tinglash, o’rtoqlari bilan gaplashmaslik har bir tarbiyachi tomonidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilish tarbiyachi tomonidan aytilgan fikrlarni takrorlashga o’rganib boriladi. Har bir yosh guruhlarda necha marta mashg‘ulot o’tkazish bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturida belgilab boriladi.
- mashg‘ulotni rejalashtirish;
- kerakli jihozlarni oldindan tayyorlash;
- bolalarni mashg‘ulotga tayyorlash;
Bolalarni maktabga tayyorlashda tarbiyachi mashg‘ulotni bir bo’limidan bitta emas, balki butun bir mashg‘ulotni sistemasini rejalashtirib olib borilsa ijobiy natijani qo‘lga kiritadi. Tarbiyachi mashg‘ulotlar jarayonida metodik qo’llanmalardan foydalanib mashg‘ulot o’tishi tavsiya etiladi. Har bir bog‘chada metodik xonalar mavjuddir. Unda bolalar bog‘chasi ta’lim-tarbiya dasturining, hamda hamma bo’limlari bo’yicha metodik qo’llanmalar bo’ladi.
Yetishmovchiliklarni tarbiyachi o’zi tayyorlaydi va bu ishga ba’zan tayyorlov guruhidagi ya’ni maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni jalb etadi. Tarbiyachi mashg‘ulot uchun kerakli mashug‘lotlarni mashg‘ulotlardan bir kun avval tayyorlab qo’yadi.
MTMning birinchi kichik guruhida haftasiga 10 ta mashg‘ulot o’tkaziladi. Ular quyidagicha taqsimlanadi:
1. Atrofdagi voqealar bilan tanishtirish va nutqini rivojlantirish;
2. Rasm chizish va loy yoki plastilindan narsa yasash;
3. Qurilish materiallari bilan mashqlar;
4. Musiqa mashg‘ulotlari;
5. Fizkultura mashug‘lotlariva h.o.
Mashg‘ulotlar 10-15 daqiqa davom etadi va ular shanba kunidan tashqari har kuni ertalab va kechqurun o’tkaziladi. Mashg‘ulotlar bilan bir qatorda sayr vaqtida atrofdagi narsalarni kuzatish, harakatli va didaktik o’yinlar rejalashtiriladi.Mashg‘ulotlarning katta qismi rivojlanishi bir xil darajada bo’lgan bolalarni birlashtiruvchi kichik gruppalarda o’tkaziladi. Batafsil tushuntirish va kattalarning yordamini talab qiladigan yangi materialdan foydalaniladigan mashg‘ulotlar (masalan, yig‘ma kartinalar yoki yangi konstruktor, birinchi marta beriladigan mashg‘ulotlar) ana shunday o’tkaziladi. Harakatlarining navbatiga rioya qilinadigan mashg‘ulotlarda bolalar uncha ko’p bo’lmasligi kerak. Masalan, gimnastika asboblari bilan o’tkaziladigan fizkultura mashg‘ulotlari, shunday bo’ladi, bunda ayrim bolalar o’z aktivliklari bilan boshqalarini chetga surib qo’yishlari mumkin.
Ammo hayotning uchinchi yilida mashg‘ulotlarning ayrim turlarini butun guruh bilan o’tkazish ham mumkin, chunki bola xulq-atvor qoidalarini (butun e’tibor bilan tinglash, jim o’tirish) egallagan bo’ladi, o’z harakatlarini boshqa bolalar bilan muvofiqlashtira boshlaydi, kattalarning nutqi uning harakatini yo’lga soladigan bo’ladi. Bolalarning butun guruh bilan ayni vaqtda musiqa mashg‘ulotlarini, harakatli o’yinlarni, shuningdek bolalarning o’zlari asosan tomoshabin bo’ladi
gan ko’rgazmali instsenirovkalarni o’tkazish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda badiiy adabiyotdan foydalanish yuqori samara beradi.Bolalarga hayotiy voqea hodisalarni turli obrazlar misolida talqin etib berilsa bolalarning tushininshlari oson kechadi.Masalan oddiygina xalq ertagi ‘‘Zymrad va Qimmat ‘ ertagidagi obrazlarni Zymrad va Qimmat olaylik. Bolalar bu obrazlarni bir-biriga taqqoslash orqali insondagi yaxshi fazilatlar va yomon fazlatlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.Zumradning mehnatsevarligi, rostgo‘yligi, mehribonlgi ,kattayoshdagi kishilarga nisbatan etiborliligi maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyasiga ta‘sir etmadi va ularning ma‘nan yuksalishiga ko‘mak beradi.Tarbiyachi ayniqsa maktabgacha yoshdagi bolalarni ma‘naviy axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodidan foydalanishi,turli xil tarbiyaga oid ertaklarni xalq dostonlarini ,rivoyatlarni so‘zlab berishi, o‘qib berishi,qayta bolaga sozlatishi,turli xil topishmoqlardan foydalanishimumkin.Tarbiyachining mashg‘ulotlar jarayonida yangi pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalana olishi, bolani yosh, ruhiy-fiziologik hususiyatlariniz inobatga olishi tarbiya berishning samaradorligini oshiradi.
Tarbiyachi har bir bolani imkoniyatlarini aniqlab olishi kerak, bolalar o’zi yashayotgan jamoaga munosabatiga qarab bir necha guruhlarga bo’linadi:
1. Guruh: Ijobiy xulqli bolalar bo’lib, ular tez do’stlashadilar. Ularni jamoa a’zolari hurmat qiladi. Bu toifadagi bolalar jamoaning faollari bo’lib, tarbiyachi jamoa munosabatlarini o’rnatishda ularga suyanadi.
2. Guruh: faol tashabbusga qo’shiladi, ammo beqaror bo’ladi.
3. Guruh: tortinchoq bo’lib o’yinda qatnashmaydilar, mashg‘ulotlarda sust bo’ladilar. Bunday bolalarga alohida e’tibor zarur. Tarbiyachi har bir guruh bolalari bilan individual yondoshib, ularni bir-biri bilan o’zaro munosabatga kirishib, do’stlashishga yordam beradi. Bolalar bog‘chasining asosiy pedagogik vazifasi – bolalarni yuksak ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalash va ularni maktabda o’qishga har tomonlama tayyorlashda ota-onalarga muntazam ravishda yordam ko’rsatishdan iborat.
Keyinchalik esa maktab ta’limiga kirishib ketish hissini uyg‘otadi.Maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalari birgalikda olib borilib bola maktabga chiqariladi. Bola bog‘chada olgan bilimlarini maktabda davom ettirishga shundagina qiynalmaydi.Aql keng ma’noda sezish, idrok etishdan boshlanadigan tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan jarayondir.Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning o’rni katta. Bilimlar zahirasini kengaytirish, aqliy faollikni va mustaqillikni rivojlantirish, maktabda yaxshi o’qish, keyingi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartidir.
Bola 6-7 yoshdan maktabga o’tishi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish yetarli bo’lishini ta’minlash tarbiyachidan katta ma’suliyatni, o’z kasbini sevishni, bolalarga muhabbat bilan yondashishni talab etadi.
Maktabgacha katta guruhdagi bolalarda ma‘naviy-axloqiy tarbiya berishda tarbiyachilar va ota-onalar hamkorlikda quyidagi faoliyat turlaridan samarali foydalanishlari mumkin:
1. Hikoya va ertaklarni ifodali o‘qib berish yoki mazmunini ta‘sirchan qilib so‘zlab berish.
2. Ifodali o‘qish qoidalariga rioya qilgan holda, she‘rlar yodlatish.
3. Ota-ona, tabiat, qushlar, gullar haqida qo‘shiqlar o‘rgatish.
4. Musiqa asboblarida chalish malakasini hosil qilish.
5. Tasviriy san‘atga muhabbat uyg‘otish, rasmlar chizdirish.
6. Muntazam ravishda tabiat bag‘rida sayoxatlarga olib chiqish.
7. Hayvon va parrandalarni boqish, ko‘paytirishga faol qatnashish.
8. Qushlarga in yasash.
9. Gullarni parvarish qilishga odatlantirish, gul ekish.
10. Daraxt ko‘chatlari o‘tkazish va parvarish qilish ishlariga jalb etish.
11. Bog‘chada va uyda o‘z-o‘ziga xizmat qilishga odatlantirish.
12. Kattalarning mehnatini qadrlashga, kishilarga yaxshilik keltirishga yo‘llash va boshqalar.
13. Atrof-muhitga, jonli, jonsiz narsalarga nisbatan mehr-shavqatli bo‘lish.
14. Turli xil tajribalar o‘tkazish.
15. kichik kuzatish ishlarini olib borish (qushlar, o‘simliklar holatiga qarab ob-havoni holatini oldindan aytish).
Umuman, bolalar bilan o‘tkaziladigan faoliyat turlari g‘oyatda rang-barang bo‘lib, ularni qo‘llanishda turlicha ijodiy izlanishlarda bo‘lib, suhbat, hikoya, muloqot, tushuntirish kabi metod-usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Turli bayramlarda ishtirok etish: Mustaqillik kuni, Navro‘z bayrami, Respublikamizning Konstituttsiyasi kuni, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, Hosil bayrami, Gullar va qushlar bayrami, Butun jahon suvni himoya qilish kuni Milliy an‘analarimizga mos hisoblanadi. Bu bayramlar orasida, ayniqsa, Navro‘z, Hayit ayyomlari mehr-oqibatli bo‘lishga chorlash bilan benihoya ahamiyatlidir.
Navro‘z musulmon xalqlarning eng qadimiy qutlo‘g‘ ayyomlaridan biridir. Bu qutlug‘ sananing qachondan beri nishonlab kelinayotgani haqida ko‘pdan-ko‘p rivoyatlar bor. Bularni biz yozma manbalarda, xususan, mutafakkir alloma Abu Rayxrn Beruniy (973-1048 yy.)ning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Qonuni ma‘sudiy», «At-tafhim» asarlarida, Umar Hayyomning «Navro‘znoma» risolasida uchratishimiz mumkin.
Navro‘z haqida aytilgan she‘rlar, qo‘shiqlar ham kechaga fayz tarovat bag‘ishlaydi. Tarbiyachilar esa o‘z guruhlarida Navro‘zga bag‘ishlab maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazadilar.
Mashg‘ulotning mavzusi: «Navro‘zning xosiyati».
Mashg‘ulotning maqsadi: Kichkintoylarda Navro‘zning xosiyati haqida tasavvur hosil qilish orqali ularning dunyoqarashni tarkib toptirish.
Mashg‘ulot jihozi: Bahor gullari, sumalak uchun tayyorlangan bug‘doy nishlari, ko‘ksomsa va boshqalar.
Mashg‘ulotning borishi.
Tarbiyachi: Bolalar, Navro‘z musulmon xalqlarining eng qadimgi bahor bayramidir. Har yili 21-22 mart kunlari kecha va kunduz barobar keladi. Shu vaqtdan boshlab yangi mavsum – bahor boshlanadi. Ana shu ayyomni bizlar shodu xurramlik bilan qarshilaymiz.
Tarbiyachi: Ayting-chi? Navro‘z qanday bayram ekan?
Nargiza: - Navro‘z bahor bayrami ekan.
Tarbiyachi: Bahor kelishi bilan tabiat olamida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?
Nodir: - Bahor kelishi bilan daraxtlar uyg‘onadi, kurtak yozadi.
Salima: Maysalar chiqadi, gullar ochiladi.
Tarbiyachi: Navro‘z ayyomida qanday gullar ochiladi?
Nodira: Boychechak, binafsha, chuchmoma, lola kabi gullar ochiladi.
Tarbiyachi: Navro‘z kelishi bilan kunlar isib ketadi. Ariqlarda, anhorlarda suvlar to‘lib oqadi. Ariq bo‘ylarida esa turli dorivor ko‘katlar: yalpiz, jag‘-jag‘, otquloq kabilar o‘sib chiqadi.
Tarbiyachi: Ayting-chi? Ularni kim ko‘rgan va bahor taomlari uchun olgan?
Halima: Men bu ko‘katlarni yaxshi bilaman. Yaqinda ularni yig‘dik. Oyijonim esa ko‘ksomsa, chuchvara pishirib berdilar. Bizlar maza qilib yedik.
Tarbiyachi: Bolalar, ko‘rdingizmi? Halima onasiga yaqin yordamchi ekan.
Ulfat: Men ham oyijonimga har doim yordam beraman.
Tarbiyachi: Barakalla! Sizlarning barchangiz ham yaxshi yordamchi ekansizlar. Men ham bolaligimda yasharish fasli – bahorda ariq va anhor bo‘ylaridan, qir-adirlardan otquloq, yalpiz, ismaloq, beda kabi ko‘katlarni terar edim. Bobom: vitaminlari ko‘p ekanligini aytib, ulardan tayyorlangan taomlar tanamga darmon bo‘ladi, deb minnatdorchilik bildirardilar.
Tarbiyachi: Agar yoshlikda kim ko‘p, har xil o‘tdan tayyorlangan somsalarni yesa keksayganida baquvvat bo‘ladi.
7 yoshli Alisher: Opa, o‘tgan bahorda bizni arig‘imiz bo‘yida yalpiz ko‘p edi. Terib olib somsa qilib yegan edik. Bu yilda esa yalpiz chiqmadi, nega?
Tarbiyachi: Bunga sabab, mol bog‘lashgan bo‘lsa, yalpizni yeb, yerni toptab tashlagan. Yalpizni ildizi nobud bo‘lgan. Shu sababdan, u chiqmagan.
Tarbiyachi: o‘simliklarni, ko‘plab uzmaslik, ular o‘sadigan joyda mollarni bog‘lamaslik kerak. Bu bilan siz tabiatni asragan bo‘lasiz.
Endi Navro‘z, bahor haqida bilgan she‘rlarimizni aytamiz. O‘zaro she‘r aytish bahsini, ya‘ni mushoirani men boshlab beraman, sizlar davom ettirasizlar.
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, hoy bobo!
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, hoy momo!
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin, hoy ona!
Boychechak chiqibdi, bugun Navro‘z ekan!
Sanjar: Xush kelibsan, go‘zal bahor,
Chin ko‘ngildan assalom.
Xush kelibsan yana bir bor,
Sengadir shirin kalom.
Aqida: Bahor keldi elimga,
Ko‘mko‘k bo‘ldi bog‘-dala.
Sevinch to‘lib dilimizga,
Biz terib keldik lola.
Sarvar: Gullar chamani,
Chorlab hammani,
Deydi: Kelinglar
Navro‘z sayliga!
Tarbiyachi: Barakalla! Navro‘z arafasida birgalikda yodlagan she‘rlarimiz esimizdan chiqmabdi. Bu she‘rlarni bizlar zavq-shavq bilan aytib, kechamizga yanada fayz bag‘ishladik. Nazarimda, bahor bayrami ham bizlardan xursand bo‘ldi.
Mavzu: Halim
Ota-onalar qo‘mitasining raisi D.Niyozova halimning qanday tayyorlanishi haqida gapirib, uning xosiyatini aytib berdi: «Halim» so‘zi yumshoq degan ma‘noni bildiradi. Rivoyatlarga qaraganda qadim zamonlarda o‘zga mamlakatga qo‘shinlar bilan bostirib kelgan podshohlarga qamal ichida qolganlar halim taomini pishirib, elchilar orqali yo‘llagan ekanlar. Bu taomni yegan har qanday zolim shoh ham ko‘ngli yumshab, insofga kelib, o‘z qo‘shinlarini olib ketgan va natijada qamaldagilar omon qolgan ekanlar.
Bolalar Navro‘zning do‘stlik, birodarlik, mehr-shavqat, ezgulik bayrami ekanligini tushunib oldilar.
Bog‘cha mudirasi O.Zayniyeva qatnashchilarni Navro‘z bilan qutlab, kechani yakunladi va ota-onalarga minnatdorchilik bildirdi.
Biz tajriba-sinov ishlari olib borgan MTMlarda ota-onalar qo‘mitasi yordamida musulmon bayramlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan mashg‘ulotlar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Quyida Qarshi shahridagi ―Turnacha‖ nomli 17-sonli MTMning katta guruhi kichkintoylari bilan biz tayyorlagan ishlanmalar asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotning namunasini keltiramiz: (Bog‘cha mudirasi O.Zayniyeva tarbiyachi _M.Muhammadiyeva__________).
Mashg‘ulot mavzusi: «Musulmon bayramlari»
Mashg‘ulot maqsadi: Musulmon bayramlari, «Ramazon» va «Qurbon hayit»lari haqida ma‘lumot berish orqali kichkintoylarda ma‘naviyatni tarbiyalash.
Mashg‘ulot jihozi: Musulmon bayramlari hamda Ka‘batullohning tasviri tushurilgan rasmlar; musulmon bayramlari haqidagi kitoblar; hayit arafasida tayyorlangan bo‘g‘irsoq, «qushtili», o‘rama kabi pishiriqlar.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: - Bolalar, ayting-chi, qanday musulmon bayramlarini bilasiz?
Nargiza: Ramazon hayitini bilamiz.
Nodira: Qurbon hayitini ham bilamiz.
Tarbiyachi: Nima uchun musulmonlar Ramazon hayitini nishonlaydilar?
Sanjar: Chunki ular o‘ttiz kun ro‘za tutadilar. Ro‘za tamom bo‘lgach, hayit qiladilar?
Tarbiyachi: Hayitdan oldin yolg‘on arafa, chin arafa kunlari bor, Sizning uyingizda bu tabarruk kunlar qanday nishonlanadi?
Anvar: Yolg‘on arafa hayitga ikki kun qolganda nishonlanadi, chin arafa esa ertasi hayit degan kun nishonlanadi. Shu kunlari bizning uyimizda oyijonim «qushtili», bo‘g‘irsoq, o‘rama kabi mazali pishiriqlar tayyorlaydilar.
Tarbiyachi:Ularni tayyorlashda sizlar ham onangizga yordam berasizlarmi? Salima: Albatta, masalani, men oyijonim tayyorlagan xamirlarni qushtiliga moslab kesib beraman.
Ahmadjon: Men yaxshilab tayyorlangan xamir bo‘laklarini g‘alvirda dumalatib bo‘g‘irsoq holatiga keltirib beraman.
Tarbiyachi: Qaranglar-a, bizning oramizda Nargiza, Nodira, Anvarjonlar musulmon bayramlarini yaxshi bilishar ekan. Salima, Anvarjonlar esa hayit bayramlariga atab pishiriqlar tayyorlashda o‘z onajonlariga yordam berar ekanlar. Menimcha, bu ishlarda sizlarning barchangiz qatnashsangiz kerak-a?!
Bolalar: Ha, albatta.
Tarbiyachi: Demak, sizlar yaxshi bolalar ekansiz? Bundaylarni biz mehr-shavqatli, mehnatsevar bolalar deymiz. Endi ayting-chi, arafa kuni nima uchun polov oshi davlanadi va qo‘shnilarga tarqatiladi?
Karima: Chunki palov barcha taomlarning sarasidir.
Tarbiyachi: Karima to‘g‘ri aytdi. Palov oshi Milliy taomlarning eng sarasi hisoblanadi. shu sababli ham to‘y marosimlarda, marakalarda tashrif buyurgan mehmonlar palov oshi bilan siylanadi. Arafada qo‘shnilarga ustiga non va turli pishiriqlar qo‘yilgan palov oshi tarqatilishida esa o‘ziga xos chuqur ma‘no borki, buni quyidagicha izohlash mumkin:
1. Xonadonimizda tayyorlangan palov oshi va pishiriqlarni «Yon qo‘shnimiz va jon qo‘shnimiz» sifatida totib ko‘ringlar.
2. Qadrdon qo‘shnichiligimiz, bir-birimizga mehr-oqibatimiz abadiy bo‘lsin.
3. Baham ko‘rilgan osh hurmati Alloh sizu bizlarga shunday ulug‘ ayyom kunlarini doimo nasib aylasin!
Bu mashg‘ulotga ota-onalar ham taklif etildi.
Tarbiyachi ularning ayrimlariga ham navbat bilan so‘z berdi. Mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilar Ramazon Hayitining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib oldilar. Hayitda katta-yu kichik oharli (yangi liboslar) kiyib ko‘chaga chiqishlari; masjidda namoz o‘qishlari, qariyalarni borib ko‘rishlari, bemorlarni yo‘qlashlari kabilar to‘g‘risida tasavvur hosil qildilar. Eng muhimi, kichkintoylar hayitni nishonlash chog‘ida kishilar bir-birlari bilan naqadar mehr-oqibatli bo‘lishlari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar. Tajriba va kuzatishlar MTM va ota-onalar (oila) hamkorligida o‘tkaziladigan har qanday tadbirlar maktabgacha yoshdagi bolalar, xususan, katta guruhdagi kichkintoylar tarbiyasiga ijobiy ta‘sir etishini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, tarbiya – bu hammaning ishi ekanligini doimo yodda tutish va uni o‘zaro ko‘makdoshlik bilan amalga oshirish jamiyat oldidagi mas‘uliyatli faoliyatimiz, vijdoniy burchimizdir.


tải về 216.5 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương