Surdopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



tải về 82.57 Kb.
trang2/6
Chuyển đổi dữ liệu10.11.2023
Kích82.57 Kb.
#55614
1   2   3   4   5   6
4SURDOPEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

Kurs ishining maqsadi: Surdopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Kurs ishining vazifalari:

  • Surdopedagogikaning umuminy asoslari

  • Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tasnifi

  • Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning tarbiyalash va rivojlashtirish xususiyatlari

  • Surdopsixologiyaning nazariy asoslari

  • Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishining o‘ziga xosligi

  • Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari

Kurs ishining tarkibiy qismi: kirish, II BOB, to‘rt bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
I BOB. SURDOPEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI

    1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tasnifi

Ruhiy rivojlanish- ruhiy jarayonlarning ma’lum qonuniyatlariga mos ravishda rivojlanishi bo‘lib, u davriy munosabatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bolalarning rivojlanishi turlicha bo‘lib, bunday turfalik har bir bolaning bosh miyasidagi bo‘limlarning rivojlanish davrlari, va xususiyatiga bog‘liqligidan kelib chiqadi. Shunga ko‘ra bolalarning ruhiy jarayonlarining shakllanishi va rivojlanishi har xil yoshida turli darajada bo‘lishi kuzatiladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishidagi o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish: kar va sog‘lom bola ruhiy rivojlanishidagi umumiy va xususiy tomonlarini aniqlash, kar bolalar bilish jarayonining alohida shakllarining rivojlanishidagi o‘ziga xosligini o‘rnatish va aniqalsh- sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutq hamda uning shaxs sifatida shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish, ta’sir ko‘rsatadigan metodlar va yo‘llarni psixologik jihatdan asoslab berish kabi eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar ta’limi orqali ularni barkamol tarbiayasini amalga oshirishga qaratilgan ishlar rejalashtiriladi.1 Eshitish sezgisi va idroki ayniqsa nutqni egallashda muhim rol o‘ynaydi. Nutqning aktiv va passiv shakllari aynan eshitish sezgisi va idroki asosida amalga oshadi. Atrofdagilar nutqini eshitib, unga taqlid qilish orqali dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Nutqni eshitib, u orqali asosiy ma’lumotlarni oladi, kattalar bilim va tajribalarini egallaydi. Chunki kattalarning bilimi, tajribalari, bolalarga og‘zaki yozma nutq orqali kattalar tomonidan yetkzailadi. Atrofdagilar nutqini idrok qilish imkoniyatining buzilishi faol nutqning shakllanish imkoniyatini yo‘qotadi.
Eshitishi buzilgan bola hech qachon o‘zi mustaqil ravishda nutqni egallay olmaydi. Agar bunday bola maxsus sharoitda maxsus yondashish va maxsus uslublar bilan o‘qitilmasa soqov bo‘lib qoladi. Eshitmaydigan bola butun axborotni eshitish apparati analizatorining ishtirokisiz oladi, u hamma narsalarni, predmetlar, voqea va hodisalarni ko‘rgani holda ular haqida hech qanday inshakltsiya olish imkoniyati yo‘q. Bu esa o‘z navbatida ikkilamchi nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Me’yorda, bola kattalar va atrofdagilar nutqini takror-takror eshitib, ularga taqlid qilib, uni egallaydi. Eshitmaydigan bola ko‘rgan narsalarining nomlarini va hodisalarni so‘z orqali ifodalay olmaydi, munosabat bildira omaydi. Bunday holat boani ruhiy jihatdan to‘g‘ri rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Karlik tufayli bolada ikkilamchi nuqsonlar vujudga keladi: soqovlik, ruhiy rivojlanishining orqda qolishi va hokazo. Chunki bu ikkilamchi nuqsonlar yetishmaslik tufayli vujudga keladi, barcha psixik jarayon, tafakkur, xotira, idrok, diqqat va butun bilish jarayoniga ta’sir qiladi. Eshitishni korreksiyalash qanchalik erta tashkil qilinsa, nutqdagi kamchiliklar shunchalik erta to‘ldiriladi. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning asab tizimining faoliyatini egiluvchanligi tufayli ularda kompensatorlik imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Bunday bolalar atrofdagilar bilan muloqotda bo‘lishda qiynaladi, shaxs sifatida shakllanishi va rivojlanishi, o‘zligini anglashda sog‘lom bolalardan farqalanadi. Eshitishdagi buzilishning har qanday holatida ham axborotni qabul qilish, uni tahlil qilish va munosabat bildirish, uni saqlash imkoniyati mexanizmi qiyinlashgan yoki buzilgan bo‘ladi. Barcha imkoniyati cheklangan bolalarda tushunchalarning shakllanish jarayoni sekinlashgan holda korreksiyalanadi, eshitmaydigan bolalarda bu jarayon vaqtinchalik sekinlashgan bo‘ladi va o‘ziga xos tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi. Eshitmaydigan bolaning rivojlanishida ikkita o‘zaro bir-biriga bog‘liq muhim holat kuzatiladi.
Eshitmaydigan bolaga ta’sir etuvchi tashqi omil nihoyatda oddiy tusda bo‘lib, tashqi ta’sirlarga reaksiyasi sodda, doimiy bir xillik kuzatiladi. Shu sababli eshitmaydigan bolalarning analizatorlar faoliyatida o‘zaro bog‘lanishlar sog‘lom bolalardan farqlanadi va ularning o‘z fikrini bayon qilish shakllari farqli kechadi. Masalan, ko‘rgazamali-obrazli, so‘z mantiqiy tafakkuri, yozma nutqning ikkala shakli impressive (o‘qish) va ekspressiv (yozma) shakllari og;zaki nutqdan ilgariroq rivojlanadi va ustunlik qiladi, katta rol o‘ynaydi, nutqning impressiv shakli ekspressiv nutqdan ilgarilab rivojlanadi. Ta’lim jarayonida aynan mana shu holatning inobatga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishi bilan me’yordagi bolani ruhiy rivojlanishidagi farq asosan uning jadalligi va sifatida namoyon bo‘ladi. Har qanday bolaning ruhiy rivojlanishi uning analizatorlarining sog‘lomligi, umumiy salomatligi, o‘sayotgan muhitiga bog‘liq. Sog‘lom va eshitmaydigan bolaning antogenezdagi rivojlanishida kam farqlanadi, farqlanish rivojlanishning keyingi bosqichlarida ortib boradi. Bolaga ilk yoshidan surdopedagogik yordam tashkil qilinib uning kompensatorlik imkoniyati rivojlantirilib borilsa bu farq katta bo‘lmasligi mumkin. Bolaning imkoniyatini rivojlantiruvchi ta’sir va muhit qanchalik o‘z vaqtida va izchillik bilan amalga oshirilsa farq shunchalik sezilmaydi. Aynan mana shu shart-sharoitlar eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limining mazmuni, davomiyligi va zaruriy tashkiliy shakllarini belgilashda hisobga olinadi. Bu bolalarning umumiy kamchiligining tarkibiy tuzilishi haqidagi tasavvurdan kelib chiqqan holda uni tahlil qilishda birinchi o‘rinda ularning nutqini rivojlanish xususiyatida boshlash maqsadga muvofiqdir. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar dastlab nutqni bevosita emas balki, maxsus tashkillashtirilgan sharoitda alohida vositalar orqali, majburiy muloqot vositasi sifatida egallaydi. Bunda bolaning ruhiy ruhiy rivojlanishini kechiktirilmasligini ko‘zlab nutqning qo‘shimcha kompensator vositasi bo‘lgan daktil va imo-shora shaklidan foydalaniladi. Lekin to‘g‘ri tashkillashtirilgan pedagogik jarayon natijasida eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar ma’lum vaqtdan keyin bunda nutqiy imkoniyatdan qoniqmaydilar, natijada muloqotning yangi, to‘liq nutqiy muloqot shakliga o‘tiladi. Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarning nutqiy muloqoti turli faoliyatlar jarayonida shakllanib boradi. Ular bu davrda nutqning turli shakllaridan (og‘zaki, yozma) foydalanadilar, va nutqning ikkala tomoni impressive (nutqni ko‘rib qabul qilish) va ekspressiv tomoni (gapirish, daktillab aytish, yozuv orqali fikr bildirish) dan foydalanadi.
Zamonaviy maxsus ta’lim muassasalrining tabaqalashtirilgan holda tashkil etilishi, shuningdek, ulardagi ta’lim-tarbiya mazmunini belgilashda asosiy omil bo‘lib R.M.Boskisning eshitishida muammolari bo‘lgan pedagogik tasnifi xizmat qiladi:
Karlik- eshitishning turg‘un yo‘qolishi bo‘lib, unda mustaqil holda nutqni egallash, hattoki quloqqa yaqin bo‘lgan masofada bo‘lgan nutqni idrok rtish imkoniyati bo‘lmaydi. Total (to‘liq) karlik juda kam uchraydi. Ko‘pincha karlikda baland nonutqiy tovushlar, quloq suprasiga yaqin masofadagi ba’zi nutqiy tovushlarni idrok etish darajasida bo‘lgan eshitish qoldiqlari saqlanib qoladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80dBdan yuqori darajada yo‘qolganini ko‘rsatadi.

tải về 82.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương