Surdopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi


II BOB. SURDOPSIXOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI



tải về 82.57 Kb.
trang4/6
Chuyển đổi dữ liệu10.11.2023
Kích82.57 Kb.
#55614
1   2   3   4   5   6
4SURDOPEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

II BOB. SURDOPSIXOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishining o‘ziga xosligi
Surdopedagogika (lot. "surdus"-kar) maxsus pedagogika tarmog‘i, eshitish qobiliyati buzilgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, tarbiyalanishi, ta’lim olishi haqidagi fandir.
Eshitish qobiliyati buzilgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish va ta’lim-tarbiya olish jarayonlari va muammolari-maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi.
Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolaning rivojlanishida muqim ahamiyatga egadir, zero korreksion-pedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi uning o‘sishidagi nosozliklarini oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, mustaqil fikrlovchi ,bilimli shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. (L.A.Golovchis). Psixolog va surdopedagog olimlar L.S.Vigotskiy, I.M.Solovyov,N.A,Rau,U.Fayzieva, F.Alimxodjaeva, F.qodirova,I.Kislisinalar eshitmaydigan bolalarni ijtimoiy tarbiyalash tizimida dastlabki nuqta deb maktabgacha tarbiyani e'tirof etadilar.
Maktabgacha surdopedagogikaning aloqida fan bo‘lib ajralishi, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning turli yosh bosqichlariga hos jismoniy, psixik va fiziologik xususiyatlarining mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta’lim-tarbiya shart-sharoitlarni yaratishda bularni qisobga olish zarurligi bilan belgilanadi.
Maktabgacha surdopedagogika fanining asosiy vazifalari eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim berish vazifalari ularning rivojlanish imkoniyatlari, ilk maktabgacha davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy rivojlanishiga, birinchi navbatda esa nutqning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Maxsus o‘qitilmagan maktabgacha tarbiya yoshdagi kar va zaif eshituvchi bola gapira olmaydi, o‘zgalar nutqini tushunmaydi, muloqotda esa cheklangan miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Kundalik turmushda, kattalarga tahlid qilib oddiy xatti-qarakat va faoliyat turlarini o‘zlashtira oladilar, turli buyumlarning funksional vazifalarini, ulardan foydalanishni o‘zlashtiradilar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalarni egallaydilar. Maxsus yo‘naltirilgan ta’lim berish uchun qulay shart-sharoit yaratilmagan holda, bolalarning sensor va intellektual rivojlanishi so‘zli nutqdan xoli kechadi.
Shunday qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishiningg buzilishi oqibatida bolaning rivojlanishi to‘xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi. Demak, bu bolaning risoladagidek rivojlanishi uchun, me'yorda eshitadigan bolalardan ko‘proq maxsus ta’lim-tarbiya sharoitlari zarur bo‘ladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta’lim-tarbiya berilsa, uning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishni oldini olish hamda ularning uyqun o‘sishini ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Maktabgacha surdopedagogikaning asosiy vazifalari:
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishga ko‘maklashish;
Ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash;
Eshitish qobiliyatining buzilishini jismoniy, bilish, ijtimoiy, nutqiy rivojlanishiga,shaxsning shakllanishiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish;
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni oilada tarbiyalash bo‘yicha ota-onalarga metodik yordamni tashkil etish;
Korreksion-tarbiyaviy ishlarning nazariy asoslarini ishlab chiqish: ilk va maktabgacha yoshdagi kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’lim tarbiya berish vazifalari, tamoyillari va metodlarini belgilash;
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim berishning turli shart-sharoitlarda: maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi, maktab-internatlar qoshidagi guruhlar,umumiy yo‘nalishdagi bolalar boqchasi huzuridagi guruhlar,integrasiya ta’limi va q.k.da ta’lim-tarbiya mazmunini belgilash, o‘qituvchi-surdopedagog, tarbiyachi, umumta’lim muassasa pedagoglariniva ota- onalarni pedagogik bilimlar bilan qurollantirish;
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion-pedagogik yordam berishning yangi shakllarini izlash;
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni eshituvchi insonlar orasiga integrasiyalashuvi (uyg‘unlashuvi)ga yordam berish;
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarning maktab, oila, maqalla, jamoa tashkilotlari bilan aloqasini mustaqkamlash.
Maktabgacha tarbiya muassasasi, oila, jamoat tashkilotlarining kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasidagi ijobiy tajribalarini o‘rganish va tarqib etish.
Maktabgacha surdopedagogikasining boshqa fanlar bilan boqliqligi
Pedagogika tarbiya qonunlari to‘qrisidagi fan sifatida hodisalarning keng doirasini qamrab oladi va turli sharoitda ta’lim-tarbiyani tashkil etish muammolarini o‘rganadi.Surdopedagogika fani pedagogika fanining umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda rivojlanadi.
Surdopedagogikaning ilmiy-metodologik negizini falsafa tashkil etadi, zero, falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o‘rganish metodologiyasini belgilaydi, tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondashish imkoniyatini beradi. (P.Yusupova).
Ta’lim va tarbiya nazariyasi hisoblangan didaktika surdopedagogika fani tizimiga kiradi.Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berishning mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari va istiqbollarini o‘rganish didaktikaning vazifasiga kiradi. Shu asosda ta’limning maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari ishlab chiqiladi. Surdopedagogika fani didaktik masalalarni ishlab chiqishda, masalan, axloqiy tarbiya masalalarini o‘rganishda, estetik tarbiyaning maqsadi, yo‘llari va usullarini belgilashda etika faniga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jiqatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi muammolarini, inson shaxsini shakllantirishda axloqiy g‘oyalar rolini tushunishini chuqurlashtiradi.
Estetika insonnig voqelikka, san'atga estetik munosabatlari rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib qizmat qiladi. (P.Yusupova)
Fiziologiya maktabgacha surdopedagogika faninig tabiiy-ilmiy negizi bo‘lib, insonni biologik evolyusiya maxsuli sifatida o‘rganadi, inson oliy nerv faoliyatining rivojlanishi, nerv tizimining tipologik xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat apparati, yurak-tomir va nafas olish tizimlari, ichki sekresiya bezlari va shu singarilarning rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Shuningdek, fiziologiya fanining ma’lumotlari, insonning oliy nerv tizimi haqidagi ta’limoti, shartli refleks aloqalarning shakllanishi, turli analizatorlarning faoliyati va bolaning psixik rivojlanishidagi tutgan o‘rni to‘qrisidagi ma’lumotlar surdopedagogika fanining tabiiy- ilmiy psixofiziologik negizi bo‘lib hizmat qiladi. (I.M.Sechenov, I.P.Pavlov,A.R.Luriya va boshqalar).
I.P.Pavlov tomonidan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi va tormozlanishi, analizatorlar fiziologiyasi, asab faoliyatining turlari tadqiq etilgan. Bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ida qo‘zqolish va tormozlanish vaqtida hosil bo‘lgan shartli reflekslar bola hayotining kun tartibini tashkil etishga yordam beradi.
So‘zlarni idrok etish va ifodalash bilan bog‘liq bo‘lgan, bosh miyada kinesteziya va eshituv qo‘zg‘atishlar ta’sirida paydo bo‘lgan murakkab izlar tizimi, tilni o‘rganishning fiziologik negizini tashkil etadi. I.P.Pavlov nutq a’zolarining harakati jarayonida hosil bo‘lgan kinestetik qo‘zqolishlarni ikkinchi signal tizimining asosiy negizi deb e'tirof etadi. Kar va zaif eshituvchi bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishni ikkinchi signal tizimining murakkab shartli bog‘lanishlarining shakllantirish sifatida ko‘rish mumkin.Ilk va maktabgacha davrida bola organizmining barcha funksiyalari va organlarining o‘sishi paytida, rivojlanishidagi xususiyatlarning o‘rganilishi, kar va zaif eshituvchi bolalarning rivojlanishidagi nosozliklarni aniqlash hamda korreksion ta’lim -tarbiyani samarali tashkil etish uchun imkon yaratadi.
Maktabgacha surdopedagogika umumiy, maktabgacha va maxsus psixologiya fanlari bilan ham bilan bevosita bog‘liqdir. Psixologiya, insonning psixik rivojlanish qonuniyatlarini filogenez va ontogenezda o‘rganuvchi fan sifatida, insonning rivojlanishi, tarbiyalanishi va atrof- muqit bilan o‘zaro munosabatlari chog‘ida shakllanadigan psixik jarayonlar( tafakkur, xotira, tasavvur,qis-tuyqu, iroda va hokazo)ni o‘rganadi. Surdopedagogika ulardan foydalanib, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limining mazmuni va metodlarini ishlab chiqadi.
Maktabgacha surdopedagogika psixologlar L.S.Vigotskiy, I.M.Solovev, T.V.Rozanovalarning, psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchilik bolaning umumiy rivojlanishining izdan chiqishiga olib kelgan holda, bunday bola anomal deb hisobanishi mumkinligi to‘qrisidagi ilmiy nazariyalariga asoslanadi. Eshitishning pasayishi bolaning nutqiy rivojlanishga salbiy ta’sir etadi, muloqot qilish, idrok etish, fikrlash, bilish faoliyatini rivojlantirish vositasi sifatida nutqning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.


tải về 82.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương