Surdopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari



tải về 82.57 Kb.
trang5/6
Chuyển đổi dữ liệu10.11.2023
Kích82.57 Kb.
#55614
1   2   3   4   5   6
4SURDOPEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi kunda mamlakatimizda yosh avlodni xar tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib tarbiyalab voyaga yetkazish dolzarb masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizda jismoniy va ruhiy rivojlanishinda nuqsonli, jumladan zaif eshituvchi bo’lgan bolalarni shaxsini shakllantirish va ijtimoiy xayotga moslashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Butunjahon karlar federatsiyasi ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda qariyb 72 million EICh odam bor. Norasmiy statistikaga ko’ra, O’zbekistonda 23 mingdan ortiq eshitish imkoniyati cheklangan fuqaro mavjud. Davlat statistika qo’mitasi bu bo’yicha aniq hisobot yuritmaydi. Shu bois EIChlarni 16 yoshdan ro’yxatga oluvchi O’zbekiston Karlar jamiyati (O’zKJ), Maktabgacha ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi ma’lumotiga tayanishga majburmiz Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun hissiy sohaning rivojlanish xususiyatlari muammosi alohida ahamiyatga ega.
Nuqsoni bo’lgan bolalarda nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi, bilimlarning kamligi, shuningdek, boshqalar bilan cheklangan muloqot shaxsning rivojlanish jarayoniga to’sqinlik qiladi. Bunday bolalarda o’zlarining his-tuyg’ularini tan olish va tasvirlash, shuningdek, hissiy holatini ifodalash ko’nikmalari yetarli darajada shakllanmagan. Eshitishda nuqson bo’lishi bolalarda nevrotik komplekslarni shakillntiradi, bu esa shaxsiyat rivojlanishida og’ishlarga olib keladi. Jumladan bolaning turmush tarzini o’zgartiradi, uni tashvishli, ishonchsiz, uyg’un va tarang qiladi, shuningdek bolalar guruhida nizolar paydo bo’lishi, giperaktivlik, uyatchanlik, tajovuzkorlik, izolyatsiyaga olib keladigan shaxsiy muammolarni vujudga keltirishi mumkin. O’z kamchiliklarini, ayniqsa jismoniy kamchiliklarni bartaraf eta olmaslik, ko’pincha aniq kompensatsiyaga olib keladi, bunda bola o’z kamchiliklari haqida o’ylay boshlaydi, o’ziga nisbatan hamdardlik uyg’otadi va bundan imtiyozlar olishga harakat qiladi. U shaxsiy o’sishni to’xtatadi, noto’g’ri, hasadgo’y, xudbin shaxsni shakllantiradi
Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar soni sezilarli darajada oshib borishi va ularda nomoyon bo’ladigan salbiy emotsional holatlar mazkur yo’nalish bo’yicha turli soha vakillari tomonidan tadqiqotlar amalga oshirishga sabab bo’lmoqda. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar muammosi doirasida chet ellik: T.M.Xarlamov, Y.A.Maslova, Y.E.Shurova, V.Petshak, E.Levine, N.G.Morozova, V.F.Matveev, G.C Mercan, J.Stivenson; O’zbekistonlik Z.N.Mamarajabova kabi psixologlar tadqiqot ishlarini olib borganlar. Shartli ravishda bu tadqiqotlarni uch guruhga ajratishimiz mumkin. Jumladan T.M.Xarlamova, Y.A.Maslova o’z tadqiqotlarida eshitish qobilyati buzilgan bolalarni ijtimoiy yo’nalishda, Y.E.Shurova kognetiv yo’nalishda, V.Petshak, E.Levine, N.G.Morozova, V.F.Matveev, G.C.Mercan, J.Stivenson hissiy sohasi bo’yicha o’rganishgan. T.M.Xarlamovaning “Oila koxlear implantlari bo’lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning emotsional rivojlanishining omili sifatida” mavzusidagi ilmiy tadqiqotida oila ota-onalarning hissiy intellekt darajasi va ularning bola bilan munosabatlarining xususiyatlari kabi ko’rsatkichlarning o’zaro ta’siri hamda bu ta’sir orqali bolaning hissiy rivojlanishining omili sifatida ko’rib chiqilgan Tadqiqot ota-onalarning koxlearli bolalarning hissiy rivojlanishiga ta’sirining xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Tadqiqot natijalariga ko’ra bolalar va ota-onalarning nazorat guruhlarida bolalarning hissiy rivojlanish darajasi, xususan, “his-tuyg’ularni tushunish” ko’rsatkichi ota-onalarning hissiy intellekt darajasi bilan o’zaro bog’liq bo’lib chiqdi. Shuningdek, ota-onalarning o’zlarining va boshqalarning his-tuyg’ularini tushunish hamda boshqarish qobiliyati bolaning hissiy rivojlanishida namoyon bo’lishi, eksperimental guruhda esa bunday munosabatlarning yo’qligi aniqlandi va hissiyotlarni nazorat qilishning sezilarli darajada yuqori ko’rsatkichlari kuzatildi. Bu ota-ona va bolaning o’zaro ta’siri usulida (I.M.Markovskaya) talabchanlik shkalasi bo’yicha yuqori natijalar bilan bog’liq edi. Bolalar ustidan nazoratning ortishi o’z navbatida ularga bo’lgan talablarni kuchayishi, hissiy tajribasini torayishi, bir qator tajribalar bilan tanishishni cheklashga olib keldi.
Pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkillashtirish, eshitishning pasayishi bilan boqliq umumiy va xususiy jihatlarni tushunish uchun maktabgacha yoshdashi bolalarning psixik rivojlanish xususiyatlarini bilmoq zarur. L.A.Venger, D.B.Elkonin, F.Alimxodjaeva, U.Fayzieva, N.Bekmuratov, X.Gaynutdinovlarining ilmiy tadqiqotlari eshitish qobiliyati pasaygan va me'yorda eshituvchi bolalar rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini belgilashga, korreksion- tarbiyaviy ish metodlarini ishlab chiqishga yordam beradi. R.M.Boskis, T.A.Vlasova, A.A.Kataeva, I.M.Solovev, T.V.Rozanova,J.I.Shif,I.Kislisina,UFayzieva, F.Alimxodjaevalarning tadqiqotlarida maktabgacha va maktab yoshidagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar haqida ma’lumotlar to‘plangan.
Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni differensial tarzda o‘qitish muammolarini hal etishda, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda ularning psixologik xususiyatlarini bilish muqim ahamiyat kasb etadi. Eshitish qobiliyati pasaygan bolalarning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi, psixik xususiyatlari, nutqiy rivojlanishiga mos psixolog-pedagogik o‘rganish metodlarini tanlash, ularning rivojlanish salohiyatlarini aniqlash, samarali korreksion-tarbiyaviy ishni tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Maktabgacha surdopedagogika lingvistik fanlar va psixolingvistika bilan bevosita bog‘liqdir. bola tomonidan nutqning egallash me'yorlarini bilish eshitishi pasaygan bolalarning nutqiy rivojlanishini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar nutqiy rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, ularga ona tilini o‘rgatish tizimini modellashtirish jarayonlarida psixolingvistika ma’lumotlaridan, xususan L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, A.A.Leontev,
I.Jinkin,U.Fayzieva,F.Alimxodjaeva, X.Gaynutdinov,X.Roziqov, I.Otajonov va boshqa surdopedagoglar tadqiqotlarida ishlab chiqilgan nutqning hosil bo‘lish va eshituv hamda nutqning rivojlanish modelidan keng foydalaniladi. Psixolingvistik yondashuv eshitishning pasayishi oqibatida yuzaga kelgan nutqiy buzilish mexanizmi va tuzilishini aniqlash, ta’lim jarayonida turli til vositalarini qo‘llash imkonini yaratadi. (L.A.Golovchis).
Otolaringologiya, surdologiya, audiologiya ma’lumotlariga, ya’ni bolaning eshitish holati: eshitish pasayishining vaqti, darajasi, vaqti, tabiatiga asoslangan holda bola bilan korreksion- tarbiyaviy ishlarni olib borish mumkin. Surdologiya va audiologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar eshituv holatini tekshirish usul va uslublarini belgilash, mavjud eshitish buzilishlarini tavsiflash va tasniflash tizimini asoslab berish imkonini beradi. (L.V.Neyman, Yu.B.Preobrajenskiy, D.I.Tarasov va boshqalar). Maktabgacha surdopedagogika tibbiyot fanlari bilan qam bevosita boqliqdir. Tibbiy ma’lumotlar mavjud birlamchi buzilish darajasini ob'ektiv baholash, eshituvning pasayishini boshqa psixik jarayonlari, xususan nutq va kommunikasiya jarayonlariga bo‘lgan ta’sirini aniqlashga yordam beradi. Tibbiy tekshiruv ma’lumotlari korreksion-tarbiyaviy ishni qulay metodlarni tanlagan va differensial yondashgan holda tashkil etishda muhim ahammiyat kasb etadi. Eshitish qobiliyatini rivojlantirish, nutqni o‘stirish, talaffuzni shakllantirish bo‘yicha ishni tashkillashtirishda tibbiy ma’lumotlardan keng foydalaniladi.
Otorinolaringologiya, surdologiya, audiologiya sohasidagi yutuqlar, eshitish qobiliyatini barvaqt aniqlash, ularga tibbiy, surdotexnik va korreksion pedagogik yordamni erta ko‘rsatishga ko‘maklashadi. So‘nggi yillarda ayrim eshitish buzilishlarni davolash imkoniyatlari kengaygan bo‘lib, eshituv holatini yaxshilash imkoni paydo bo‘ldi (koxlear implantasiya).Eshituv qobiliyati buzilishlarini korreksiyalashda yakka tartibda va jamoa bo‘lib foydalaniladigan surdotexnika vositalarini qo‘llanishi katta ahamiyatga ega. Surdotexnika sohasining rivojlanishi bilan eshituv apparatlar, vizual va taktil-vibrasion nazorat vositalari takomillashtiriladi. Shuningdek, bolalarning atrof muhitga moslashish, eshituv va nutqni rivojlantirish ishlarini takomillashtirish, shaxsiy rivojlanish imkoniyatlari kengayadi. Nevropatologiya, psixopatologiya fanlari maktabgacha surdopedagogika fani bilan aloqadordir.Mazkur soxalar ma’lumotlari eshituv qobiliyatining pasayishini differensial tashxis qilish, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlar xarakterini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayrim kar va zaif eshituvchi bolalarda eshituv qobiliyatining pasayishi bilan birga markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan boqliq boshqa kamchiliklar ham kuzatiladi. Psixik rivojlanishining sustlashishi, aqliy zaiflik, bolalar serebral falaji, xulq-atvor va xissiy-irodaviy buzilishlari, ko‘rishdagi muammolar bunga misoldir. Bunday buzilishlarni to‘qri tashxis qilish surdopedagog va psixonevrolog hamkorligida mumkin bo‘ladi. Maktabgacha surdopedagogika fanida maxsus pedagogikaning logopediya, oligofrenopedagogika, tiflopedagogika sohalaridagi tadqiqot natijalarini, ilmiy yutuqlari ham hisobga olinadi
Maktabgacha surdopedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar fanning rivojlanishiga, xususan ta’lim-tarbiya tizimini va mazmunini takomillashtirilishiga hizmat qiladi.Ilmiy tadqiqotlarda olimlar, pedagog va psixologlar, maktab o‘qituvchilari, bolalar bog‘chalarining defektologlari va tarbiyachilari, shuningdek kar va zaif eshituvchi bolalarga ta’lim-tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan mutaxassislar qatnashadilar.
Pedagogik tadqiqot-izlanishni yanada muvaffaqiyatli qilish imkonini beradigan ilmiy ma’lumotlardan foydalanib, pedagogik jarayonni takomillashtirish yo‘llarini izchillik bilan izlashdir.
Maktabgacha surdopedagogika maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o‘rganish, ularga ta’lim-tarbiya berish borasida to‘plangan nazariy va amaliy materiallarni tahlil qiladi va umumlashtiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining psixolog-pedagogik sharoitlarini o‘rganish, pedagogik jarayonning qonuniyatlarini aniqlash, korreksion ishlarning samaradorligini bilish maqsadida turli metodlar: kuzatish, pedagogika eksperimenti, pedagogik tajribani o‘rganish, xujjatlarni tahlil qilish, bolalar tayorlagan maxsulot va yozma ishlarini tahlil qilish, ilmiy- metodik manbaalarni o‘rganish va xokazo metodlardan foydalanadi.
Pedagogik tadqiqotning maqsadi pedagogik hodisaning qonuniyatlarini o‘rganish, ta’lim- tarbiya berish jarayonida ziddiyatlarni aniqlash va ularni nazariy qoidalarda aks ettirishdan iboratdir. Pedagogik hodisalar qonuniyatlarini ochib berish turli darajalarda amalga oshirilishi mumkin (V.I.Loginova. P.G.Samorukova,P.Yusupova).
Tadqiqotning empirik darajasi faktik materialni to‘plash, faktlarni batafsil ta’riflash, ob'ektiv aloqalarni topish, tadqiq etilayotgan hodisalarni har tomonlama o‘rganish bilan boqliqdir. Tadqiqotning nazariy darajasi o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borishga qaratilgan, taqlil etish, sistemalashtirishning muayyan usullariga tayanadi. Pedagogika nazariy darajaga ko‘tarilib, oldindan ko‘ra bilish va tarbiya qonuniyatlarini bilishning yangi imkoniyatlariga ega bo‘ladi, shu tufali u kuzatishlar, tajribalar, eksperimentlardan o‘zib ketishi mumkin. Nazariy darajadagi tadqiqot pedagogikaning eng muqim, prinsipial muammolarini qal etishi va ta’lim- tarbiyaning eng yangi tizimlarini ishlab chiqishi kerak.
Metanazariy darajada nazariyalarning o‘zi o‘rganiladi va ularni tartibga solish va takomillashtirish yo‘llari ishlab chiqiladi.Tadqiqotning u yoki bu darajasi unga xos metodlar, vositalar, shartlarni talab qiladi. Har qanday darajadagi tadqiqotni o‘tkazishda uni tashkil etish va rejalashtirish g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Pedagogik tadqiqotlar odatda bir necha bosqichdan iborat bo‘ladi.
1-bosqich. Muammoni belgilash va tadqiqot maqsadini o‘rtaga qo‘yish, shunga muvofiq tarzda masalaning tarixi va nazariyasini o‘rganish. Pedagogik tajribani o‘rganish faraz qilish va tadqiqot vazifalarini belgilash imkonini beradi.
2-bosqich Farazlarni( o‘rganilayotgan muammo yuzasidan faktlar va bilimlarni to‘plash asosida) tekshirish tadqiqotning qayd etish, shakllantirish va nazorat qilish bosqichlari orqali ryx beradi.
3-bosqich Olingan faktlar va yangi bilimlarin ishlash va anglab yetish vositasida qilingan nazariy hulosalar.
4-bosqich Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.
5-bosqich Tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.
Birinchi bosqichda tadqiqot muammosi o‘rtaga qo‘yiladi. Uning boshlanqich asosi quyidagilar bo‘lishi mumkin:
amaliyotning bevosita ehtiyoji;
jamiyatning talablari va shaxsni tarbiyalash sohasidagi istiqbolli vazifalar;
v) umumiy pedagogik nazariyalar va ularning ayrim qismlarini rivojlantirishning ichki mantiqi;
g) pedagogika nazariyasida pedagogik jarayonning tadqiq etilmagan sohalarini tahlil etish.
Muammo fanda va unga muvofiq bo‘lgan turmush sohasida, amaliy faoliyatda vujudga kelgan ziddiyatni nazariy shaklda ifodalaydi.Faraz- ishning har bir bosqichida ilmiy izlanishning yo‘nalishini aniqlashga yordam beradigan ilmiy taxmindir. U tadqiqot jaraoni va uning xulosalarini oldindan ko‘ra biladi. Javobning qo‘yilgan savolga, hulosalarning asosga mos kelishi, tekshirishning osonligi yaxshi faraz belgilaridir. Farazni o‘rtaga qo‘ygandan keyin tadqiqotning aniq vazifalari ishlab chiqiladi, vazifalarni hal etish shartlari, usullari, dastlabki asoslari va vositalari aniqlanadi, tadqiq etish metodlari belgilanadi.
Tadqiqotning ikkinchi bosqichi qo‘yilgan masalalarni qal etishga, farazni tekshirishga qaratiladi. Bu yerda ular yordamida baholash mumkin bo‘lgan faktlarni izchillik bilan to‘plash, mezonlarni topish muhim hisoblanadi. Bundan oldin mavzuga va tadqiqot vazifalariga, shuningdek bolalarning yoshiga mos keladigan metodlar ishlab chiqiladi. Bu yerda tadqiqotning qayd etadigan, shakllantiradigan va nazorat qiladigan bosqichlari qo‘llaniladi. qayd etuvchi bosqichi pedagogik hodisaning unga tadqiqotchi faol aralashuvigacha bo‘lgan holatini o‘rganadi.
Bu bosqichga odatda muayyan metodlar ham mos keladi: so‘rab bilish, suhbat, sosiometriya, kuzatish, laboratoriya tajribasi, pedagogik tajribani o‘rganish va hokazo. Tadqiqotning ikkinchi bosqichida shakllantiruvchi tajriba (shakllantiruvchi bosqich) etakchi o‘rin tutadi, u qayd etuvchi eksperiment qulosalariga tayanadi va pedagogik jarayonga talab etiladigan o‘zgarishlarni ataylab kiritish, olingan natijalarni hisobga olish imkonini beradi.Nazorat bosqichi pedagogik ta’sir ko‘rsatishning o‘rganilayotgan usullari samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Odatda bu yerda kuzatish, laboratoriya tajribasi, suhbat, bolalar faoliyati va uning natijalarini o‘rganish hamda boshqa metodlardan foydalaniladi.Uchinchi bosqich- olingan ma’lumotlarni nazariy anglab yetish va ilmiy-pedagogik natijalarini rasmiylashtirish. Bu bosqichda faktlar ishlanadi, tahlil etiladi, sistemaga solinadi, ular asosida umumlashtirish o‘tkaziladi, qonuniyatlar belgilanadi. Tadqiqot natijalari vazifalarini hal etish darajasini belgilash, farazni tasdiqlash yoki inkor etish imkonini beradi.
Agar faraz tasdiqlansa, u yangi bilim tusini oladi. Agar inkor etilsa, yangi faraz o‘rtaga qo‘yiladi va u tadqiqotni davom ettirishni talab qiladi.To‘rtinchi bosqich- ilmiy-tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish. Ular muayyan mantiqqa asosan bayon etiladi: tadqiqot muammosi dolzarbligini, o‘rgansh mavzuini, farazni, tadqiqot vazifalari va metodikasini tanlashni asoslash, tadqiqot jarayonini bayon etish, uning natijalarini taqlil qilish, xulosalarni ta’riflash. Tadqiqotning yakunlovchi (beshinchi) bosqichi- uning natijalarini qo‘llash.
U avvaldan ishlab chiqilgan rejaga asosan o‘tkazilib, unda kuzatish ob'ekti, kuzatish maqsadi va vazifalari, dasturi, metodikasi va texnikasi ko‘rsatiladi. Ilmiy kuzatish faktlarni ob'ektiv va aniq qayd etishni talab qiladi. Kuzatish metodi- eshitish qobiliyati buzilgan bolalar maktabgacha tarbiya muassasalarida tashkil etilayotgan korreksion-tarbiyaviy ishlarni kuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Pedagogik kuzatish jarayonida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar faoliyatining xususiyatlari, ta’lim dasturida belgilangan bilim va malakalarni egallash samaradorligi, qo‘llaniladigan metod va uslublar to‘g‘risidagi faktlarni to‘plash, sistemalashtirish va tahlil qilish kabi vazifalar amalga oshiriladi.Kuzatishdan avval kuzatish maqsadi, ob'ekti, rejasi, natijalarni qayd etish shakli belgilanib oladi.
Kuzatish ob'ekti etib maktabgacha tarbiya yeshidagi kar va zaif eshituvchi bolalarinng turli mashg‘ulotlardagi faoliyatlari hamda, erkin faoliyatlari belgilab olinishi mumkin. Surdopedagog va tarbiyachilar faoliyatini kuzatish, metod va usullarni tahlil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Kuzatish materiallarini tahlil qilishda ijobiy faktlar bilan birga salbiy tomonlarni aniqlanishi ham muhimdir. Mazkur metodning afzalligi uning tabiiyligida va avvaldan rejalashtirilgan ish tartibiga putur yetkazmaganidadir. Biroq, bolalar bog‘chasi sharoitida o‘rta va katta guruh bolalari faoliyati ustidan kuzatishlarni olib borish tavsiya etiladi (L.A.Golovchis). Kuzatishlar natijalari aniq-ravshan bo‘lishi uchun yozma bayonnomalar bilan birga audio va vadeo yozuvlar hamda fototasvirlardan foydalaniladi. Pedagogik tadqiqotlarda eksperiment o‘quv yoki tarbiyaviy ishda amalga oshiriladigan ilmiy tarzda qo‘yilgan tajriba katta o‘rin tutadi.
Tajriba chog‘ida pedagogik hodisani o‘rganish o‘rganilayotgan ob'ektga izchil ta’sir ko‘rsatgan holda maxsus tashkil etilgan nazorat qilinadigan sharoitda amalga oshiriladi. Tajribaning asosiy vazifasi- ayrim pedagogik ta’sirlar va uning natijalari o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini o‘rnatishdan iboratdir, bu esa pedagogik jarayonni yanada samarali usul bilan boshqarish uchun zarurdir. Tadqiqotchi tajriba davomida passiv kuzatuvchidan farqli ravishda o‘rganilayotgan pedagogik hodisa jarayoniga faol aralashadi. Bunda tadqiqotchi ba’zi hodisalarni bartaraf etishi va boshqalarini kuchaytirishi mumkin. Tajriba o‘tkazuvchi oldida turgan vazifalar va tadqiqot tusiga boqliq tarzda tabiiy va laboratoriya tajribasi qo‘llaniladi.
Tabiiy va laboratoriya tajribasining farqi tadqiqot olib borayotgan sharoit bilan boqliqdir. Tabiiy tajriba tabiiy sharoitlarda (bunday tajribadan asosan bolalar bilan ishlashda foydalaniladi), laboratoriya tajribasi esa maxsus yaratilgan sharoitda o‘tkaziladi. Ayni paytda tabiiy tajribadan farqli ravishda bu yerda faoliyat ro‘y beradigan shart-sharoitga ta’sir qilinadi. Sinalayotganning faoliyati esa tabiiy ravishda kechayotgan holatda kuzatiladi. Bundan tashqari, laboratoriya tajribasi sinalayotganlarga ko‘rsatilayotgan ta’sir xususiyatini va ularning javob reaksiyalarini aniq qayd etish (asboblar yerdamida) imkonini beradi. Tajriba, shuningdek tasdiqlovchi yoki shakllantiruvchi, individual yoki frontal bo‘lishi hamda tabiiy yoki laborator sharoitda o‘tkazilishi mumkin. Tasdiqlovchi tajriba sharoitida bolalarning kuzatish jarayonida namoyon etilmagan rivojlanish xususiyatlari aniqlanadi. Tajribaning samaradorligi uning maqsad va vazifalari, o‘tkazish metodikasi, kutiladigan natijalari aniq belgilanib, rioya qilinishiga boqliqdir.Surdopedagogika fani uchun pedagogik texnologiyalarni sinash, ilmiy tahminlarni tekshirish maqsadida olib boriladigan shakllantiruvchi yoki o‘rgatuvchi tajriba katta ahamiyatga ega. O‘rgatuvchi tajribani tashkil etilishi uchun o‘z tasdiqini topadigan va korreksion- tarbiyaviy faoliyatga ta’sir etadigan ilmiy farazning bo‘lishi talab etiladi.
Tajribadan ob'ektiv ma’lumotlar olinishi uchun ma’lumotlar sifat va son jihatdan har tomonlama tahlil etiladi.Bolalar ishlarini, ta’lim-tarbiya muassasalari xujjatlarini o‘rganish metodi. Pedagogik xujjatlarni o‘rganish tadqiq etilayotgan ob'ekt haqida turli ahborotni olish imkonini beradi.Ahborot manbaalari qatoriga xalq ta’limi organlari, maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab raxbarlari, surdopedagog tarbiyachilar, o‘qituvchilarning rejalari va hisobotlari, mashg‘ulotlar konspektlari, kundalik va sinf jurnallari, badiiy va texnik ijodiyot natijalari kiradi.
Bu materiallarni o‘rganish tadqiqotchining kuzatishlari natijalarini to‘ldiradi, yangi faktlarni aniqlashga ko‘maklashadi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ijodiy faoliyatining maxsulotlari, masalan, rasm, yasalgan buyumlar, qurilgan narsalarga qarab, bolalarning psixik jarayonlari: diqqati, xotirasi, idroki, tafakkurining saviyasi haqida xulosa qilish mumkin. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarning amaliy faoliyatining natijalari bolalarning alohida xususiyatlarini aniqlashga yordam beradi. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlari, plastilin va tabiiy materiallardan yasalgan buyumlarni ko‘rib chiqish, taxlil qilish, bolalarga berilgan topshiriqlari qay darajada murakkablashib borganini, tasvirlash faoliyati qanday rivojlanib borganini aniqlashga hamda ular bilan olib boriladigan keyinggi ishlarni belgilashga yordam beradi.Suhbat - sinov o‘tkazilayotganlar bilan avvaldan puxta o‘ylangan savollar yordamida bevosita, jonli muomaladir. U yakka tartibdagi va jamoa tarzidagi suhbat bo‘lishi mumkin. Suhbat intervyudan ( bir tomonlama suhbatdan; unda tashabbuskor kishi savollar beradi, suhbatdosh esa javob qaytaradi) shu bilan farqlanadiki suhbat ikki tomonlama aloqa o‘rnatishni va o‘zaro xayrihoxlikni nazarda tutadi. Suhbat metodi bolalarning qiziqishlarini, ularning tasavvurlarini, munosabatlarini, muloqazalarini va turmushning u yoki bu xodisalarini baholashlarini aniqlashga yordam beradi. Suhbat o‘tkazish uchun maqsadni belgilash, dasturni ishlab chiqish, savollarni, ularning ketma-ketligini puxta o‘ylash zarur. Suhbat aksariyat hollarda pedagoglar va ota-onalar bilan o‘tkazilib, bolalarning rivojlanishi, o‘ziga hos xususiyatlari haqida ma’lumot to‘plashga xizmat qiladi.
Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar bilan suhbat o‘tkazish yaxshi samara bermaydi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilgan suhbat materiallari kuzatish, psixolog-pedagogik xujjatlarni taxlil qilish, pedagog va ota-onalar bilan suhbat qurish chog‘ida to‘plangan ahborotlar bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur metodning samaradorligi sug‘batning maqsadini qo‘yilishi, savollarning to‘g‘ri belgilanishi, javoblarning to‘g‘ri belgilanishi va tahlil qilinishiga boqliqdir.So‘rab bilish metodi. U anketa (ezma so‘rab bilish shakli) va intervyu (oqzaki so‘rab bilish shakli)dan foydalanib o‘tkaziladi. Ommaviy mulohazalar olish uchun anketa yordamida so‘rab bilish metodidan foydalaniladi.
Uncha katta bo‘lmagan guruhdan axborot to‘plash zarur bo‘lgan hollarda odatda intervyu olish metodidan foydalaniladi. Buning mohiyati shundaki, tadqiqotchi bunday guruhda avvaldan tuzilgan savollar asosida yakka tartibda suhbat o‘tkazadi va javoblarni yozib oladi.Ota-onalar va pedagoglardan so‘rab olish chog‘ida, qonuniyat va tendensiyalarni aniqlash maqsadida to‘plangan ma’lumotlar matematik tahlil etiladi. Mazkur metodlar verbal (nutqiy) xarakterga ega bo‘lganligi sababli, maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi va kar bolalarga qo‘llash muayyan qiyinchiliklarni tug‘diradi.Ilmiy- metodik manbaalarni o‘rganish.
Maktabgacha surdopedagogika nazariy adabiyotlarni o‘rganish metodlaridan ham foydalanadi. Surdopedagogikaga oid adabiyotlarning materiallari qo‘yilgan muammoni o‘rganish, boshqa metodlar (kuzatish, eksperiment, suqbat, pedagogik tajribani o‘rganish) vositasida olingan ma’lumotlarni ilmiy- metodik ma’lumotlar bilan tasdiqlanishini nazarda tutadi. Odatda, ta’lim-tarbiyaga oid muammoni o‘rganish tegishli adabiyotni tahlil qilishdan boshlanadi. Ilmiy metodik adabiyotlar turli sohalarga oid bo‘lishi mumkin: maktabgacha va maktab surdopedagogikasi (monografiyalar, ilmiy asarlar to‘plami, darsliklar, metodik qo‘llanmalar); maktabgacha pedagogika va psixologiyaga oid adabiyotlar; defektologiya tarmoqlari oligofrenopedagogika, logopediya, tiflopedagogika bo‘yicha adabiyotlar va boshqalar shular jumlasidan.

XULOSA
Bundan tashqari doimiy nashrlar, masalan "Defektologiya", "Boshlanqich ta’lim", "Maktabgacha ta’lim", "Maktab va hayot", "Bola va zamon" va boshqa jurnallar, lug‘atlar, ma’lumot kitoblaridan ham o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha axborot va ma’lumot tahlil qilinadi. Turli mavzularni o‘rganish choqida ilmiy-metodik manbaalarni o‘rganish nazarda tutiladi, biroq ayrim hollarda, masalan, surdopedagogikaning tarixini o‘rganishda, mavjud ta’lim-tarbiya tizimining konseptual (yo‘riqnoma) Nizomlarini tadiqiq etishda u yetakchi rol o‘ynaydi. Tajribani o‘rganish va umumlashtirish metodi - pedagogik tadqiqotlarda yetakchi metodlardan biridir. Surdopedagogika fani tarbiya bilan ta’limning u yoki bu metodlari va usullari ijobiy,barqaror natijalar beradigan shart-sharoitlarni belgilaydi. Bu jihatdan ommaviy tajriba surdopedagogika fanining ob'ekti hisoblanadi. Pedagogik tajriba tushunchasi ko‘p qirralidir.
Pedagogik tajribaning keng ma’nosi -ta’lim va tarbiya amaliyoti, ya’ni maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida ish qay darajada amalga oshirilayotganini o‘rganishdir. surdopedagogikaning ko‘pchilik muammolarini hal etishda mavjud ta’lim-tarbiya jarayonini o‘rganish, surdopedagog amaliyotchilarning kashfiyotlarini nazariya asosida idrok etish va qayta ishlab chiqish, ya’ni ilqor tajribani o‘rganish, umumlashtirish va tarqib etish g‘oyat katta ahamiyatga ega. Ilqor tajriba- bu rivojlanib boruvchi tajriba bo‘lib, u fan uchun qimmatlidir. Samaradorlik (barqarorlik, ta’lim va tarbiyalashdagi yuksak ijobiy samara) va tejamkorlik (ko‘p vaqt va kuch sarflamasdan natijaga erishish) ilqor tajribani aniqlash mezonlaridir. Bu metodning afzalligi shundaki, u tarbiya va ta’lim tajribasi bilan bevosita aloqa bog‘lash imkonini beradi.
Pedagogik tadqiqotlarda keyinggi yillarda boshqa metodlar bilan birga sosiometriya metodi keng qo‘llana boshlandi, u so‘rab bilish yoki odamlarning barqaror xatti-qarakatlarini kuzatish asosida jamoadagi o‘zaro munosabatlarni aniqlaydi.Pedagogik tadqiqotlarda ma’lumotlarni tekshirish va ishlov berishning matematik metodlari ham qo‘llaniladi, ularning natijalari sxemalarda, diagrammalarda, grafiklarga o‘z ifodasini topadi. Keyingi yillarda tadqiqotchilarning diqqat-e'tiborini modellashtirish metodi ham jalb etmoqda.
Modellashtirish- bu maxsus modellar barpo etish yo‘li bilan haqiqatda mavjud pedagogik sistemani biror narsaga o‘xshatish bo‘lib, ularda bu sistemaning faoliyat usullarini bilish imkonini beradi. Yuqorida qayd etilgan barcha metodlar sinalayotganlarning yosh hususiyatlarini hisobga olish, eng ob'ektiv ma’lumotlarga ega bo‘lish chun hilma-hil metodlardan foydalanishni talab etadigan yosh avlodni tarbiyalash va unga ta’lim berishni takomillashtirish yo‘llarini slbitqadamlik bilan va murakkab izlanishdir. Pedagogik tadqiqot ham aloqida shaxsni, ham jamoalar, guruqlar( bolalar, kattalar- pedagoglar, ota-onalar)ni o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Pedagogik tadqiqotning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning natijalari darhol namoyon bo‘lmaydi.


tải về 82.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương