Surdopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi



tải về 82.57 Kb.
trang3/6
Chuyển đổi dữ liệu10.11.2023
Kích82.57 Kb.
#55614
1   2   3   4   5   6
4SURDOPEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI

Zaif eshituvchilik- eshitishning turg‘un pasayishi bo‘lib, unda ushbu eshitish qoldig‘i asosida nutqiy zaxirani minimal holatda mustaqil ravishda egallash, murojaat etilgan nutqni quloq suprasiga yaqin masofada idrok etish imkoniyati bo‘ladi. Audiometr tekshiruvi eshitishning 80dB kam bo‘lmagan pasayishini ko‘rsatadi.
Birinchi tasniflash 16-asrga to‘g‘ri keladi. Italiya olimi D. Kardano 3 guruh karlarni ajratishda karlikning vujudga kelish vaqtiga bog‘liqligi va nutqiy rivojlanish darajasiga asoslangan:
- tug‘ma karlar.
- erta kar bo‘lganlar ( nutqi rivojlangunga qadar ).
- kech kar bo‘lganlar ( nutqi saqlanib qolganlar ).
18-asr fransuz pedagogi R.A.Sikar eshitish nuqsoni har xil bo‘lgan bolalarni guruhlarga bo‘lishni va ularni bo‘lak holda o‘qitishni taklif qilgan. 19-asrning birinchi yarmida rus surdopedagogi V.I.Fleri kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarni, kech kar bo‘lib qolganlarni va zaif eshituvchilarni bo‘lak holda o‘qitishni taklif qilgan. Parijdagi kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar institute vrachi J.Itar besh guruh karlarni ularning tovushlar va nutqlar eshitishiga qarab ajratgan:
1. Yuqori nutq va tovushlarni qulog‘ining yaqinida eshituvchilar.
2. Unli va undoshlarni ajratuvchilar.
3. Ayrim unli va undoshlarni ajratuvchilar.
4. Nutqalarni eshitmaydiganlar, lekin baland tovushlarni eshituvchilar.
5. Umuman eshitishida muammosi bo‘lganlar.


    1. Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari

Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishni erta boshlashning ahamiyati juda katta. Maktabgacha yosh davri – inson hayotida muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi davr. Bu davrda asosiy odatlar, ko‘nikmalar shakllanadi, хarakter belgilanadi, ya’ni butun keyingi hayot asoslari quriladi. Shu bilan birga, surdopedagogika tarixida tug‘ma eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar rivojlanishning juda yuqori darajasiga erishgan, eshitadiganlar bilan erkin muloqot qilgan va hatto chet tillarni o‘rganganiga misollar ko‘plab topiladi.bu mo‘jiza emas edi. Har kunlik, har soatlik mehnat, iroda, muvaffaqiyatga ishonch hamda ota-onalar, pedagoglar namoyon qilgan chidam, muloyimlik, ko‘p marta ortiq mas’uliyat hissi va muhabbat bu kishilarga shunchalik ko‘p narsaga erishish imkonini berdi. Tug‘ma eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar hatto maxsus ta’lim olmasdan ham, savodsiz yoki ma’lumoti past bo‘la turib ham, turli mehnat ko‘nikmalarini egallaganlariga ham misollar ko‘plab topiladi.
Ularning ko‘pchiligi turli korxonalarda mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan, davlat mukofotlariga loyiq topilgan. Oliy ma’lumot olgan eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilar: muhandislar, o‘qituvchilar, rassomlar, haykaltaroshlar bor. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan kishilarning yuqori darajada aqliy rivojlanishi holatlari tahlili ko‘rsatadiki, deyarli hamma vaqt bu ta’limni erta boshlashning natijasidir. Eshitadigan va eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishining umumiy yo‘nalishlari mos kelsa-da, kar va zaif eshituvchi bolalarni maxsus maktabda tarbiyalash talab qilinadi. Kar va zaif eshituvchi bolalar qator xususiyatlarga ega. Ularda: - ko‘rish idroki nuqtai nazaridan yetarlicha rivojlanmaganlik, jumladan, predmetlarni idrok etish va tanib olish tezligi past ekani; - taqlidning sekin rivojlanishi, shuningdek namuna bo‘yicha tanlashda qiyinchiliklar; - nutqning mavjud emasligi va nutqqacha muloqot defitsiti kuzatiladi. Yuqorida sanab o‘tilganlar bilish faoliyati va so‘z-mantiqiy tafakkurning rivojlanishida orqada qolishga sabab bo‘ladi. Aynan shu sababli eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning aqliy tarbiyasiga katta e’tibor berish kerak bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tarbiyasining bir qator vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Atrof olam haqida tasavvur va tushunchalarni shakllantirish.
2. Bilish psixologik jarayonlarini rivojlantirish.
3. Intellektual faoliyatning birlamchi usullarini shakllantirish.
4. Og‘zaki nutqni shakllantirish.
Sanab o‘tilgan vazifalarning barchasi o‘yin, maxsus o‘qitish va mehnat jarayonida amalga oshirilishi kerak. Tarbiyani erta boshlashning ahamiyati haqida ko‘plab faylasuf va olimlar fikr bildirgan. Psixologlar tadqiqotlari ham hayotining ilk kunlaridan maqsadga yo‘naltirilgan, ya’ni maxsus tashkil etilgan tarbiya insonning rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etishini isbotlamoqda. Mana shuning uchun ham maktabgacha tarbiya xalq ta’lim umumiy tizimining, jumladan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tarbiyasining ham birinchi bo‘g‘ini sanaladi. Kar va zaif eshituvchi bola uchun maktabgacha tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi, chunki ilk davrida, taxminan bir yoshgacha, hali bolaning tili chiqquniga qadar eshitadigan va kar bolalar o‘rtasidagi tafovut u qadar ko‘zga tashlanmaydi.
Astasekinlik bilan, eshitadigan bola nutqni egallagani sari bu farq ortib boradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola gapirishni boshlamaydi, uning rivojlanishi esa, tilsiz kechar ekan, nutqi cheklangan bo‘ladi, bolaga biror narsani aytib yo tushuntirib bo‘lmaydi. Uni gapirish va nutqni tushunishga maxsus o‘rgatish kerak. Shunday ekan, bolani nutqqa o‘rgatishni qanchalik erta boshlansa, uning rivojlanishida eshitadigan bola bilan farq shunchalik kam va keyingi ta’lim imkoniyatlari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Bolalar bog‘chasida surdopedagog va tarbiyachilar uni shu yoshdagi eshitadigan bolani o‘rgatishgan hamma narsaga: rasm solish, yopishtirish, qurish, sanash va hatto raqs tushishga o‘rgatishadi.
Hamma bolalar kabi uni ham mehnat qilishga, ozodalikka, muloyimlikka o‘rgatishadi. Bunda meniki-bizniki, mumkin-mumkin emas, rost-yolg‘on kabi ko‘plab hayotiy muhim, ilk yoshda shakllantiriladigan va bevosita tarbiya natijasi sanalmish tushuncha va ko‘nikmalar shakllantirila boshlaydi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolani gapirishga o‘rgatish uni tovushlarni talaffuz qilishga o‘rgatishgina emas, garchi bu kar bola tarbiyasida o‘ziga xos sanaladi va alohida malakalarni talab qiladi, biroq asosiysi nutq mazmunini tushunishga o‘rgatish va muloqotda og‘zaki nutqdan foydalanishga, so‘zlovchining lab harakatlariga ko‘ra tushunishga va o‘zi tushunarli qilib gapirishiga o‘rgatish sanaladi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni uy sharoitida tarbiyalash mumkin bo‘lsada, biroq bu mutaxassisning qo‘shimcha ishtirokini talab etadi va ota-onalardan, farzandi maxsus muassasaga joylashtirilgan holda ham, eshitmaydigan yoki zaif eshitadigan bolaning rivojlanishi va tarbiyasining asosiy xususiyatlarini bilishni talab etadi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolaning ota-onalari bolani maxsus maktabgacha ta’lim muassasasiga tayyorlash uchun ta’lim-tarbiyaga oid elementar bilimlarni egallashi zarur.
Masalan, tashhis qo‘yilgan, bolalar bog‘chasigacha besh oy muddat bor. Bola kasal bo‘lib qolsa-chi? Oila kar bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lmagan olis joyda bo‘lsa-chi? Ta’limni kechiktirib bo‘lmaydi. Chunki, bu davr ichida eshitadigan bola eshitib va eslab qolgan har bir so‘z bilan eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola hamda eshitadigan bola o‘rtasidagi farq ortib boraveradi. Bola ta’limi va tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish uchun mutaxassislar tavsiyalari asosini tashkil qiladigan tarbiya tamoyillarini bilib olish kerak. Ularni o‘zlashtirgach, bolaning individual xususiyatlari va yashash sharoitlariga mos tarzda ongli ravishda shu tavsiyalarga amal qilish mumkin bo‘ladi. Ota-onalar eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning maktabgacha tarbiyasidagi uchta muhim dastlabki qoidani bilishlari kerak. Birinchisi. Sog‘lom eshitishda nuqsoni bo’lgan bolaning aqliy rivojlanish imkoniyatlari eshitadigan bolanikidan aslo kam emas.
Yuqori darajada talabchanlik va malakali ta’lim bilan uyg‘unlashgan muhabbat - shu imkoniyatlarni realizatsiyalash imkonini beradigan shart-sharoit shundan iborat. Muvaffaqiyatga ishonish, shu ishonchni bolada tarbiyalash olish – eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani baxtli qilish va o‘z nuqsonini his qilmaslik, hech bo‘lmaganda undan aziyat chekmaslikka yordam berishning muhim omili. Ikkinchisi. Tarbiyaning umumiy masalalari, uning hissiyoti, xulqini tarbiyalash maxsus tarbiyaga qaraganda ikkinchi darajali emas, balki maxsus tarbiyaning asosini tashkil qiladi. Zero farzand, avvalo farzand, keyin esa eshitishda nuqsoni bo’lgan bola. Buni unutmaslik lozim. uning ma’naviy qiyofasi, uning shaxsini tarbiyalash – maxsus o‘qitishning har bir vaziyatini belgilaydigan asosiy jihat shu. Bunda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bola xulqini tarbiyalashga uning eshitadigan tengdoshining xulqini tarbiyalashga kabi yondashish zarur. Uchinchisi. Bolani soqovlikdan asrab qolish, atrofdagilar bilan muloqotga o‘rgatish uchun barcha vositalardan foydalanish kerak. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolani o‘qitishning (ota-onalar uchun) tobora samarali va qulay vositalardan biri daktil (barmoqlar) nutqi sanaladi. kichik yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishda undan keng foydalaniladi. Daktil nutq nima va uning ta’limdagi roli nimadan iborat? Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni nutqning bu noodatiy shaklidan o‘qitishda foydalanish zarurati ko‘pincha ota-onalarning e’tirozi va qarshiligiga sabab bo‘ladi.
Daktil nutq – eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘qitishning qudratli vositasi, u lug‘at boyligi va nutqni o‘zlashtirish sifatini, shuningdek eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarning umumiy rivojlanish darajasini bir necha barobar oshirishi mumkin. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar va boshqa kishilar uni bola bilan muloqotda to‘g‘ri qo‘llash uchungina emas, balki fikrlari, aniqrog‘i, bilibbilmay chiqaradigan hukmlari bolaning to‘la qonli tarbiyasiga halal beradigan kishilarga uning ahamiyatini tushuntirib berish uchun ham daktil nutqning ahamiyatini tushunib yetishlari kerak. Nutqni shakllantirish ko‘p qirrali jarayon sanaladi. Uning turli shakllarini, avvalo muloqot asosini tashkil etadigan og‘zaki nutqni rivojlantirish zarur. Kar va zaif eshituvchi bolalarda talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish avvalo katta odamga taqlid shaklida, eshitish apparatlaridan foydalanilgani holda amalga oshiriladi.
Go‘dakning ovoz reaksiyalarini faollashtirish bu reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi tovushlar hosil qilishga qaratilgan mashqlarni o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladi. Bu mashqlar muloqot jarayonida, katta odam bola bilan turli tovush va tovush birikmalaridan foydalanib, ularni gimnastika elementlari bilan birga qo‘llab "gaplashganida" amalga oshiriladi. Bir yarim -ikki yoshli bolaning og‘zaki nutqi ustida ishlashning muhim vazifasi bolada og‘zaki nutq ehtiyojini shakllantirish sanaladi. Shu sababli o‘yin va maishiy harakatlar paytida katta yoshli odam predmet, hodisa, o‘yinchoq, harakatlar nomini ataydi, bolalar ularni uddalagani darajada ularning nomini taqlidan aytishga (atashga) undaydi. Eng muhimi - bolaning katta odamga ergashib tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni talaffuz qilishga urinishi. Nutqqa taqlid harakatlarga taqlid bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli gavda harakatlariga taqlidga o‘rgatishga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Kattalarga bu kabi taqlidni o‘zlashtirgani sari bola harakatlarni tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlarni go‘ldirab talaffuz kilish bilan to‘ldirib boradi. Shu davrdan fonetik ritmika mashg‘ulotlari boshlanadi.
Zamonaviy maxsus ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan holda tashkil etilishi, shuningdek, ulardagi ta’lim-tarbiya mazmunini belgilashda asosiy omil bo‘lib R.M.Boskisning eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar pedagogik tasnifi xizmat qiladi. Olim eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limi samaradorligiga erishishdagi dastlabki qadam ushbu toifadagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tushunishdan boshlanishi lozim, deb hisoblab, I.P.Pavlovning ‘’Analizatorlar faoliyatining birligi’’, L.S.Vigotskiyning ‘’Nuqsonning murakkab tuzilishi’’ hamda ‘’Ta’lim-tarbiya va rivojlanish mutanosibligi’’ psixologik ta’limotlariga tayanadi:
1. Yosh boladagi eshitish analizatori faoliyatining buzilishi katta yoshdagilarning nuqsonlaridan farqli ravishda namoyon bo‘ladi. Kattalarda nuqson paydo bo‘lgunga qadar nutq, mantiqiy tafakkur va shaxsiy xislatlar shakllangan bo‘ladi. Ilk yoshda orttirilgan nuqson esa bolaning me’yorda rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
2. Eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos rivojlanishlarini to‘g‘ri tushunish ychun ushbu holatda nutqni mustaqil egallay olish imkoniyatini, ya’ni eshitish va nutqning o‘zaro tobeligini inobatga olish katta ahmiyatga ega. Bir tomondan, eshitishning buzilishi nutqning me’yorida rivojlanishiga to‘sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan eshitishning me’yordagi faoliyati bolaning nutqiy rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Bolaning nutqiy darajasi qancha yuqori bo‘lsa, eshitish qoldig‘idan foydalanish imkoni shuncha yuqori bo‘ladi. Til, uning lug‘at zaxirasi va grammatik tuzumini inson qancha yaxshi egallagan bo‘lsa, uning eshitishdan foydalanish tajribasi shunday darajada ko‘p bo‘ladi. Nutqiy muloqot tajribasiga ega bo‘lgan bolalar tanish bo‘lgan so‘z va jumlalarni ma’nosiga ko‘ra tushuna olishlari sababli murojaat etilgan nutqni yaxshiroq idrok etish imkoniyatiga egalar. Nutqiy rivojlanishlari yaxshiroq bo‘lgan bolalar yaxshi eshituvchi sifatida taassurot qoldirishlari mumkin. O‘z navbatida, bolaning eshitish qoldig‘i qancha yaxshi saqlangan bo‘lsa, unda atrofdagilar nutqiga taqlid qilishi asosida mustaqil ravishda nutqni egallab borish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.
3. Eshitish qoldig‘idan nutqni egallash uchun foydalanish imkoniyati bolaning eshitish nuqsonini ham mezoni bilan hisoblanadi. Shuning uchun ham total (to‘liq) eshitishi yo‘qolgan bolalar bilan eshitishi qisman buzilgan bolalarni chegaralashda aynan eshitish va nutqiy rivojlanish omillari hisobga olinadi.
Eshitish muammolari holatidagi nutqning rivojlanish darajasi va 4 omilni ajratadi:
1. Eshitishning buzilish darajasi.
2. Eshitish muammosining kelib chiqishi va vaqti.
3. Eshitish muammosi yuzaga kelgandan so‘ng bola uchun yaratilgan pedagogic sharoit.
4. Bolaning individual (yakka) xususiyatlari.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqqan holda eshitish qoldiqlari bir xil bolalarning nutqiy rivojlanishlari turlicha ko‘rinishga ega bo‘lishi kuzatiladi. Ushbu mezonlarga tayangan holda R.M.Boskis har ikki guruhdagi eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘z navbatida yana ikkitadan guruhga bo‘ladi:
Karlar: Tug‘ma yoki erta kar bo‘lib, nutqi bo‘lmagan karlar. Kech kar bo‘lib, nutqi saqlangan karlar.
Zaif eshituvchilar: Nutqida qisman chetga chiqishlari (nutqning Grammatik tuzumida ba’zi chetga chiqishlari, ya’ni qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki tushurib qoldirish, ba’zan talaffuz muammolari) bo‘lgan zaif eshituvchilar. Chuqur nutqiy muammolari bo‘lgan, ya’ni lug‘at zaxirasi o‘ta chegaralangan (nutqi qisqa, noto‘liq so‘zlardan, Grammatik tuzumi so‘z-gapdan, bo‘g‘in-so‘zlar qatoridan iborat) zaif eshituvchilar.
Shunga ko‘ra, R.M.Boskis va S.A.Zikov eshitmaydiganlar ta’lim-tarbiyasi ularning nuqsonlariga moslab emas, balki ushbu nuqsonni yengish yoki zaiflashtirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilishini ta’kidlaydi.
Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiyasida nutqni shakllantirish jarayoni muhim o‘rin egallaydi. Tilning lug‘at zaxirasi, uning grammatik qonuniyatlarini egallash, tilni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirish ushbu toifa shaxslarining ijtimoiy hayotga uyg‘unlashuvlari va shaxsiy hayotlarida o‘z o‘rinlarini topishlaridagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Tashxis markazlariga bola maxsus surdologik tekshiruvdan o‘tkazilib, yakuniy xulosa bilan keladi. Tashxis marakazi xodimlari har bir bolaning surologik xulosasiga binoan tibbiy-pedagogik-psixologik komissiyaga yo‘llaydilar. TPPKda chuqur psixologik-pedagogik jihatdan o‘rganiladi va shundan so‘ng, yakuniy xulosa chiqarilib, eshitish imkoniyatiga baho beriladi hamda yakuniy tashxis qo‘yilib, ta’lim turi belgilanadi. Eshitish nuqsonini tashxis qilishda esa quyidagi omillarni oydinlashtirish lozim:
- oilada yoki qarindoshlarida eshitishida muammosi bo‘lgan shaxslarning bor-yo‘qligi.
- bolada eshitish psayishining taxminiy sabablari (tug‘ilish davriga qadar hamda tug‘ilish vaqtidagi noqulay omillar, og‘rigan kasalliklari).
- bolalar bog‘chasiga qatnagani yoki makatbda ta’lim olganligi hamda maxsus mashg‘ulotlarning davomiyligi haqida ma’lumotlar.
- agar mavjud bo‘lsa, so‘nggi audiogramma bo‘yicha eshitishning holati.
- o‘tkir yiringli yallig‘lanishlar, onaning homiladorlik davridagi kasalliklar.



tải về 82.57 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương