O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Moliyaviy hisobot auditining uslubiy asoslari



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang14/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2.1-rasm. Moliyaviy hisobot auditining uslubiy asoslari
14
 
Bu borada bizning qarashimiz A.D.Sheremet va V.I.Podolskiy nuqtai-
nazariga mos keladi. Moliyaviy hisobot auditining usullari asosini auditorlik 
dasturi va umumiy rejasida belgilangan vazifalar, auditorlik testlari va dalillarni 
to’plash amallari, auditorlik tanlash va boshqa tahliliy amallar tashkil etadi. 
Fikrimizcha, bugungi kunda moliyaviy hisobot auditining uslubiy muammolaridan 
biri – bu amaldagi auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy 
hujjatlar va o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda auditorlik faoliyatini ilmiy tadqiq etish 
va amalga oshirish usullarining etarlicha yoritilmaganligidir. Bu holat ayniqsa, 
amaliyotda auditorlarni tekshiruv usullari mazmuni, ahamiyati va qo’llash tartibini 
etarlicha tushunmasliklari oqibatida tekshiruvlarni sifatsiz yoki samarasiz 
o’tkazilishiga sabab bo’lmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 
sentyabrdagi PQ-3946son Qarori bilan auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari qabul qilindi. Xususan, moliyaviy hisobot auditini o’tkazishga doir 
yangi talablar belgilanib, 2020 yil 1 yanvardan majburiy auditorlik tekshiruvidan 
14
Muallif tomonidan tuzilgan 
MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINING 
USLUBIY ELEMENTLARI 
Auditorlik 
tekshiruvini tashkil 
etish shakllari 
Auditorlik 
dalillarni to’plash 
amallari 
Auditning 
umumilmiy va 
maxsus usullari
Auditorlik tahliliy amallari 


37 
o’tishi lozim bo’lgan tashkilotlar soni ortishi kuzatilishi aniq. Shu munosabat bilan 
«Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunning yangi tahriri loyihasi va amaldagi 
ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeks kabi normativ hujjatlarga majburiy 
auditorlik tekshiruvini o’tkazishdan bosh tortganlik holatlari uchun javobgarlik 
yuzasidan tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishni maqsadga muvofiq,deb 
hisoblaymiz. 
Moliyaviy hisobot auditini o’tkazish usullari - audit tekshiruvini bajaruvchi 
tashkilot mutaxassislari tomonidan olib boriladi va ularning tijorat mahfiyligi, 
tashkilotning yangilik siri (“nou-xou”)ni tashkil etadi. Moliyaviy hisoboti auditi 
jarayonida 
iqtisodiyotimizga 
xos 
bo’lgan 
xalqaro 
amaliyotda 
keng 
foydalaniladigan usullar qo’llaniladi. Auditor audit usullarini mustaqil ravishda 
belgilaydi va qo’llaydi. Mazkur usullardan qay birini qo’llash o’tkazilayotgan 
auditning maqsadi va vazifalari hamda auditorning bilimi va malakasiga bevosita 
bog’liqdir.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương