O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-jadval  Moliyaviy hisobot auditining fan sifatidagi tavsifi



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang13/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2.2-jadval 
Moliyaviy hisobot auditining fan sifatidagi tavsifi 
(V.I.Podolskiy yondashuvlari)
13
 
Tarkibiy qism 
Tavsifi 
Moliyaviy hisobot 
auditining fan sifatidagi 
predmeti 
Boshqaruvning 
asosiy 
funktsiyalaridan 
biri 
sifatida, 
foydalanuvchilarni tekshiruvdan o’tkazilgan sub’ektning ishonchli 
moliyaviy hisobot axborotlari bilan ta’minlash va bu axborotlarga 
asosan qaror qabul qilish imkonini ta’minlovchi ijtimoy faoliyat 
turidir 
Moliyaviy hisobot 
auditining usullari 
Tadqiqotning umumiy yondashuvi sifatida dialektikaga, ya’ni 
rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga asoslangan, auditning 
uslubiyati va uni qo’llash yo’llarini belgilab beradigan tahlil va 
sintezning birligi, ko’rsatkichlarni o’zaro bog’liqlikda rivojlanishini 
o’rganish va boshqalar bilan tavsiflanadi 
Moliyaviy hisobot auditi 
uslubiyati 
Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotlar haqqoniyligi to’g’risidagi fikr-
mulohazalarni asoslash uchun qo’llaniladigan maxsus usullar, ya’ni 
aniq jarayonlar, hisob-kitoblar, matematik modellar va taqqoslashlar 
majmuidir 
Bizning fikrimizcha, A.D.Sheremet va V.I.Podolskiylarning yuqorida 
keltirilgan tavsiflarida Moliyaviy hisobot auditining fan sifatidagi rivojlanishini 
boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’liklikda va uning iqtisodiyot fani 
13
Подольский В.И. Аудит.Учебник.4-е изд. - М.: 2010. — 744с. 


35 
tizimidagi o’rnidan kelib chiqqan holda tadqiq etish lozimligini ko’rsatadi. 
Yuqoridagi tahlillardan xulosa qilib, biz audit faniga quyidagicha tavsif berishni 
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz: 
Moliyaviy hisobot auditi fani - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni samarali 
boshqarish va rivojlantirish, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni to’g’ri 
qarorlar qabul qilishi uchun ularni ishonchli axborot bilan ta’minlash maqsadida 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarfaoliyatining qonuniyligi va moliyaviy hisobotining 
ishonchliligini baholashga oid bilimlarni mujassamlashtiruvchi va hosil qiluvchi 
fandir. 
Auditorlik faoliyatiga oid o’zaro munosabatlarda sub’ekt sifatida davlat, 
auditorlik tashkilotlari, auditorlar, korxona menejerlari va mulkdorlari, 
buxgalteriya (moliyaviy) hisobotidan foydalanuvchilar, auditorlarning professional 
jamoat tashkilotlari qatnashadi. Moliyaviy hisobot auditi fan sifatida auditorlik 
faoliyati sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlarni o’rganib, amaliy faoliyat sohasi 
sifatida esa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining qonuniyligi hamda 
moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligiga oid tekshiruv natijalarini 
tasdiqlangan rasmiy shakl va mazmundagi auditorlik hujjatlarida umumlashtiradi 
va sub’ekt rahbariyatiga taqdim etadi.
Moliyaviy hisobot auditi usulini fan sifatida ta’riflaganda, u foydalanadigan 
umumiy tadqiqot usullarini dialektika, rasmiy mantiq va tizimli yondashuv kabi 
usullarga ajratish mumkin. Moliyaviy hisobot auditi tadqiqot ob’ektlariga nisbatan 
professional qarorni shakllantirish maqsadida umumiy usullarning barchasidan 
auditorlik dalillarini to’plash va ma’lumotlarni tahlil qilish jarayonida 
foydalaniladi. Shuningdek, moliyaviy hisobot auditining alohida va aniq 
ob’ektlarni tekshirishda qo’llaniladigan xususiy yoki maxsus usullari ham mavjud. 
Bu esa, auditorlik faoliyatining uslubiy asoslari quyidagi elementlardan tashkil 
topadi (2.1-rasm).
O’z navbatida, yuqoridagi 2.1.-rasmda keltirilgan moliyaviy hisobot auditini 
tashkil etish shakllarining me’yoriy-huquqiy asosi O’zbekiston Respublikasi 
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonuni hisoblansa, auditorlik dalillarni to’plash 


36 
amallarining me’yoriy asosi 500-son “Auditorlik dalillar” nomli XAS, auditning 
umumilmiy va maxsus usullarining me’yoriy asosi MHXS, XASlar va auditga oid 
o’quv adabiyotlari, auditorlik tahliliy amallarining me’yoriy-huquqiy asosi esa 
520-son “Tahliliy amallar” nomli XAS kabi hujjatlarda (mazkur usullarning 
mazmuni va qo’llash tartibi) yoritilgan. 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương