O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang11/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

Takrorlash uchun savollar 
1. Moliyaviy hisobot auditi fanining predmetini tushuntirib bering? 
2. Moliyaviy hisobot auditi fanining ob’ektlarini tushuntirib bering? 
3. Moliyaviy hisobotlarni tekshirishning ahamiyati va vazifalarining 
mazmunini tushuntirib bering? 
4. Moliyaviy hisobotlarni tekshirish maqsadlari mazmunini izohlab bering?. 
5. Moliyaviy hisobotni baholash mezonlarini tavsiflab bering? 
6. Jamlangan moliyaviy xisobotning ahamiyati va uni auditorlik 
tekshiruvidan o’tkazish maqsadini tushuntirib bering? 
7. Moliyaviy hisobotda nomuofiqlik aniqlanganda auditorning bajaradigan 
amallari mazmunini tushuntirib bering? 
 
Tayanch tushunchalar: 
1. Moliyaviy hisobot;
2. Moliyaviy hisobot shakllari;
3. Moliyaviy hisobot auditi;


31 
4. Moliyaviy hisobotni baholash mezonlari;
5. Mavjudlik mezoni; 
6. Yuzaga kelish mezoni;
7. Huquq va majburiyatlar mezoni;
8. To’liqlik mezoni;
9. Aniqlik mezoni; 
10. Moliyaviy hisobotda buzib ko’rsatishlar; 
11. Fanning ob’ekt va sub’ektlari. 


32 
2-MAVZU. MOLIYAVIY HISOBOT AUDITINI O’TKAZISH 
USULLARI 
2.1. Moliyaviy hisobot auditi fanining usullari mazmuni va ularni 
qo’llashga yondashuvlar 
Bugungi kunda audit jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida sinalgan iqtisodiy 
amaliyot sifatida yuzaga kelgan. Auditning rivojlanish tarixi nafaqat qoidalar va 
tamoyillar bilan mustahkamlangan auditning xalqaro standartlari asosidagi amaliy 
tavsiyalarni, balki uning amaliy faoliyati va rivojlanish istiqbollarini tushuntirib 
beruvchi muhim mustaqil axamiyatga ega ilmiy tushunchalarni ham ishlab chiqdi. 
Shu bilan birga auditni mustaqil fan sifatida tan olish masalasi hozirgi kunga qadar 
munozarali bo’lib kelmoqda. Ta’kidlash joizki, keyingi vaqtlarda Rossiyalik 
iqtisodchi olimlar tadqiqotlarida moliyaviy hisobot auditini mustaqil fan sifatida 
tan olish, uning predmeti, ob’ektini aniqlash va yangi yo’nalishlarni shakllantirish 
masalalari dolzarb deb qaralmoqda. Moliyaviy hisobot auditini uslubiyatidagi 
asosiy yondashuvlar sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: 

buxgalteriya yondashuvi; 

yuridik yondashuvda;

maxsus yondashuv;

tarmoq yondashuvi uslubiyoti;
Buxgalteriya yondashuvi. Unda buxgalteriya hisobining turli qismlarini 
tekshirish uslubiyoti ishlab chiqishiga asoslanadi. Masalan: kassa muomalalarini 
auditi, ish haqqi auditi, hisobdor shaxslar bilan hisoblashishlar auditi va xokozo. 
Auditorlik tekshiruvida buxgalteriya schyotlari bo’yicha tekshirish uslubiyoti bir 
element bo’lib hisoblanadi. Auditorlik standartlarida ushbu yondashuv 
buxgalteriya hisobi schyotlarining oborot va qoldiqlarini tekshirish uslubiyoti deb 
nomlanadi.
Yuridik yondashuvda turli xil savollarni yuridik nuqtai nazardan tekshirish 
uslubiyotini ishlab chiqishga qaratilgan. Unda xo’jalik munosabatlari voqealari 
huquqiy tomonlari chuqurroq o’rganishga qaratilgan. Masalan: ustav kapitali 
auditi, mehnat kodeksi ijrosi va boshqalar. Xalqaro audit standartlarida ushbu 


33 
yondashuv nazorat vositalarini tekshirish uslubiyoti deb nomlanadi.
Maxsus yondashuv. Maxsus xususiyatlariga ega bo’lgan xo’jalik 
sub’ektlarining tekshirish uslubiyotlarini o’z ichiga oladi. (boshqarish tizimi, 
kapital tarkibi, ishchi xodimlar tarkibi, tashkiliy huquqiy shakli, soliq tizimi va 
boshqalar). Masalan: chet el sarmoyasi asosidan korxonalar audit o’tkazish 
uslubiyoti, kichik tadbirkorlik sub’ektlari. Shu bilan birga alohida soliqqa tortish 
tartibi belgilangan korxonalarni tekshirish uslibiyoti (yagona soliq kontsignatsiya 
shartnoma va boshqalar).
Tarmoq yondashuvi uslubiyoti, bunda iqtisodiyot sub’ektlarining faoliyat 
turi va tarmoq xususiyati hisobga olib tekshirish uslibiyoti. Bunga (qishloq 
xo’jaligi, qurilish bank, sug’urta, investitsiya fondlar).Ushbu uslibiyotda har bir 
sub’ektli harajatlariga tekshirish uslibyoti yotadi. 
Auditorlik faoliyat standartlari mazmunida keltirilgan amallar(usullar) 
– Auditorlik dalillarni to’plash va baholash («Auditorlik dalillar»); 
– Tanlash natijalarini baholash va olingan natijalarni butun tekshirilayotgan 
jamlanmaga ekstrapolyatsiyalash, ya’ni tatbiq qilish («Auditorlik tanlash»); 
– Moliyaviy xisobotdagi no anannaviy farqlanishlarni o’rganishi («Tahliliy 
amallar»); 
– Ekspert xulosalarini olish va ko’rib chiqish («Ekspert ishidan foydalanish»); 
– Auditorlik amallarni bajarilishini va ular natijalarini aks ettirish («Auditni 
hujjatlashtirish»); 
– Muhimlik darajasini baholash va aniq auditorlik amallarni bajarilishida 
auditorlik tavakkalchiligini baholash («Muhimlik va auditorlik tavakkalchiligi»);
Moliyaviy hisobot auditi fani mazmunini tushunish bo’yicha iqtisodchi olim 
A.D.Sheremetning tavsiflari quyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan. 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương