O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Moliyaviy hisobotda nomuvofiqlik topilganda auditorlik



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang10/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

1.4. Moliyaviy hisobotda nomuvofiqlik topilganda auditorlik 
tashkilotining harakatlari 
Auditorlik 
tashkiloti 
auditorlik 
tekshiruvini 
rejalashtirayotganida 
tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotda buzib 
ko’rsatishlarning mavjudligi ehtimolini hisobga olish va undan kelib chiqqan holda 
auditorlik tamoyillarini ishlab chiqishi kerak. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi tamoyillarini shunday tarzda 
tashkil qilishi kerakki, uning natijasida auditorlik tekshiruvi davomida moliyaviy 
hisobotdagi mavjud barcha muhim buzib ko’rsatishlarni aniqlash mumkin bo’lsin. 
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvini o’tkazishda moliyaviy hisobotda 
buzib ko’rsatishlarning mavjudligi ehtimolini ko’rsatuvchi bir qator omillar 
borligini hisobga olishi kerak. Ushbu omillar o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
a) xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini samarali 
boshqarishni tashkil qilish masalalarida rahbariyatning salohiyatiga shubha qilish; 
b) auditor tomonidan berilgan savollarga to’liq asoslanmagan javoblar berish 
yoki to’g’ri javob berishdan o’zini olib qochish; 
v) xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan bajarilayotgan muomalalarni uning 
faoliyat turiga yoki tashkiliy tuzilmasiga mos kelmaslgi; 
g) hisob siyosatini tez-tez va asoslanmagan holda o’zgartirish; 
d) buxgalteriyada ishlovchi xodimlar tarkibi tez-tez o’zgarib turishi 
(xodimlar qo’nimsizligini yuqoriligi); 
e) zarur auditorlik isbotlarni olishdagi yuzaga keladigan muammolar; 
j) birlamchi hujjatlar va boshqa hisob registrlaridagi (kompyuterdagi 
ma’lumotlar) ma’lumotlari bir-biriga mos kelmaslgi; 
z) hisob registrlaridagi (kompyuterdagi ma’lumotlar) ma’lumotlar va 


28 
moliyaviy hisob ma’lumotlarining bir-biriga mos kelmasligi. 
Auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish holati 
aniqlansa, u holda aniqlangan buzib ko’rsatish tekshirilayotgan hisobotning 
ishonchligiga qay darajada ta’sir ko’rsatishni baholash kerak. Agarda, auditorlik 
tashkiloti buzib ko’rsatish dalillari moliyaviy hisobotning ishonchligiga sezilarli 
darajada ta’sir ko’rsatadi deb hisoblasa, u holda auditorlik tashkiloti o’z fikrini 
tasdiqlash maqsadida qo’shimcha tamoyillarni amalga oshiradi. Qo’shimcha 
tamoyillar auditorlik tashkiloti tomonidan o’rganilayotgan masalaning mohiyatidan 
kelib chiqqan va audtorning kasbiy vakolatlaridan tashqariga chiqmagan holda 
belgilanadi. Agar qo’shimcha tamoyillar moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish 
holatini tasdiqlasa, u holda auditorlik tashkiloti tegishli auditorlik xulosasini 
tayyorlash mavjud buzib ko’rsatishlarning ta’sir ko’rsatish ehtimolini har 
tomonlama tahlil qilib chiqishi kerak bo’ladi. 
Moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatishning sezilarli darajadagi dalillari 
aniqlanganda, auditorlik tashkiloti ushbu buzib ko’rsatishlarga olib keluvchi 
xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatida turli xil xatoliklarni oldini oluvchi 
amaldagi ichki nazorat tizimining qanchalik samaradorligini baholashi kerak. 
Agar, auditorlik tashkiloti ichki nazorat tizimi moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish 
hollarini yuzaga kelishiga tegishli darajada to’sqinlik qila olmaydi degan xulosaga 
kelsa, auditorlik tashkiloti tomonidan tuzilgan auditorlik hisobotda ichki nazoratda 
aniqlangan kamchiliklarni aks ettirish bilan bir qatorda, uni takomillashtirish 
bo’yicha tavsiyalar beradi. 
Auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish aniqlashda dalillar 
to’g’risida iloji boricha tez fursatda xo’jalik yurituvchi sub’ektning rahbariga 
ma’lum qilish kerak, agarda: 
- buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi mavjud aktivlarni saqlash 
sharoitlarini tashkil qilishga va moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatishga barham 
berishga qodir emasligi aniqlansa; 
- aniqlangan dalillar xo’jalik yurituvchi sub’ektning xodimlari tomonidan 
zarar etkazilganligi to’g’risida aniq guvohlik bersa. 


29 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan moliyaviy hisobotda buzib 
ko’rsatish dalillari va ularni bartaraf qilish bo’yicha berilgan tavsiyalar auditorlik 
tashkiloti tomonidan tuzilgan auditorlik hisobotida aks ettirilishi kerak. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt auditorlik tekshiruvchi davomida aniqlangan 
moliyaviy hisobotni buzib ko’rsatish dalillari o’z vaqtida bartaraf etilmagani uchun 
qonunchilik bilan belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. Agar tuzitilmagan xatolar 
birlashmasi (jami) jiddiylik darajasiga yaqinlashsa, auditor topilganlari bilan birga 
topilmagan (aniqlanmagan) xato ham bor – yo’qligini, tuzatilmagan xatolar 
belgilangan jiddiylik darajasidan oshib ketish ehtimolini aniqlash zarur. Bundan 
tashqari tuzatilmagan xatolar jami jiddiylik darajasiga yaqinlashishiga qarab, 
auditor qo’shimcha auditorlik amallari vositasida auditorlik riskini pasaytirish 
haqidagi masalani ko’rib chiqadi yoki aniqlangan xatolarni hisobga olgan holda 
moliyaviy hisobotga tuzatish kiritishni talab qilishi mumkin. 
Auditorlik tekshiruvi jarayonida buxgalteriya hisobotida aniqlangan hamma 
xatolar va ma’lumotlarni auditor o’zining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan 
ishchi xujjatlarida batafsil aks ettiradi. Auditorlik tashkiloti auditorlik xulosasining 
analitik qismida buxgalteriya hisobotlaridagi aniqlangan xatolar haqida 
ma’lumotlar kiritishi kerak. Auditor u tomonidan olingan boshqa ma’lumotlar 
firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatish risklarini ko’rsatishini ko’rib 
chiqishi lozim. 
Auditor amalga oshirilgan boshqa riskni baholash tartib-tamoillari va 
tegishli faoliyatlardan olingan ma’lumotlar bir yoki bir necha firibgarlik riski 
omillari mavjudligini ko’rsatishini baholashi lozim. Firibgarlik riski omillari 
firibgarlik mavjud bo’lishini ko’rsatishi shart bo’lmasada, ular firibgarliklar sodir 
bo’lgan holatlarda tez-tez mavjud bo’lgan va shu tufayli firibgarlik oqibatidagi 
muhim buzib ko’rsatish risklarini ko’rsatishi mumkin. Auditorlik amaliyotida 315-
son xalqaro audit standartiga muvofiq, auditor operatsiyalar turlari, schyotlar 
qoldiqlari va ochib berishlar uchun moliyaviy hisobot darajasida va tasdiqlash 
darajasida firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatish risklarini aniqlashi va 
baholashi lozim. 


30 
Firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatish risklarini aniqlash va baholash 
paytida, auditor, daromadni tan olishda firibgarlik risklari mavjud degan farazga 
asoslangan holda, daromadning, daromad operatsiyalarining yoki tasdiqlashlarning 
qaysi turlari bunday risklarni yuzaga keltirishini baholashi lozim. 47-band auditor 
kelishuv holatlarida farazni qo’llash mumkin bo’lmasligi to’g’risida xulosa 
qiladigan, va shu tufayli, daromadni tan olishni firibgarlik oqibatidagi muhim 
buzib ko’rsatish riski sifatida ajratib ko’rsatmagan, paytda talab etilgan 
hujjatlashtirishni belgilaydi.
Auditor firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatishning baholangan 
risklarini ahamiyatli risklar sifatida inobatga olishi lozim va shu tufayli, agar oldin 
amalga oshirilmagan bo’lsa, auditor tadbirkorlik sub’ektining bunday risklarda 
o’rinli bo’lgan tegishli nazorat tartib-tamoillari, jumladan nazorat faoliyatlari, 
to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi lozim.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương