Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berishning o ‘ziga xos xususiyatlari


ASOSIY QISM ( MATERIALS AND METHODS)



tải về 22.88 Kb.
trang3/6
Chuyển đổi dữ liệu20.03.2024
Kích22.88 Kb.
#56901
1   2   3   4   5   6
5323-Article Text-13191-1-10-20220315
10. Vallar va oʼqlar

ASOSIY QISM ( MATERIALS AND METHODS)


Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya — bolalar huquqi to‘g‘risidagi xalqaro huquq normalari kuchiga ega bo‘lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‘la va birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda bir ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959 yilda qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi. Deklaratsiya „Insoniyat o‘zida mavjud bo‘lgan eng yaxshi narsalarning hammasini bolalarga berishga majbur“ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy maqsadi bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iborat. U muqaddima, 3 qism, 54 moddadan iborat. Konvensiyaga asosan agar milliy qonunlarda balog‘at yoshi bir muncha erta belgilangan bo‘lmasa, 18 yoshga to‘lmagan har qanday shaxs bola hisoblanadi. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya insonning fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlari yig‘indisidan iborat. U bolalar o‘zining axloqiy, aqliy va ruhiy qobiliyatlarini erkin rivojlantirishi uchun boshqa narsalardan tashqari sog‘lig‘i va atrof muhitning xavfsizligi, tibbiy yordamga ega bo‘lish va ovqatlanish, kiyim-kechak, turarjoy xususidagi minimal normalar bilan taʼminlanishi zarurligini talab etadi. Konvensiyaga ko’ra, bola o‘zining kamol topishida o‘zi faol ishtirok etish, o‘z fikrini bayon qilish huquqiga ega, bu esa uning hayotiga oid masalalarni hal etishda hisobga olinishini taʼminlaydi. Konvensiya bolaning yashash va sog‘lom rivojlanish huquqiga, farzandlikka olish bilan bogliq huquqqa, noraso bolalar va qochoq bolalar, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan bolalarning huquqlariga oid qoidalarni oʻz ichiga oladi, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va ularni himoya qilishda oila va ota onaning birinchi darajali ro’li, bolalarga yordam koʻrsatish borasidagi majburiyatini tan oladi. Bolalarni kamsitmaslik — Konvensiyaning muhim tamoyillaridan hisoblanadi. Bolalar irqi, tanasining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, sogʻligʻining ahvoli ota onasi yoki qonuniy vasiysi yoxud qandaydir boshqa holatlardan qatiy nazar,
biron bir kamsitishlarsiz oʻz huquqlaridan foydalanishi kerak. Bola huquqlari toʻgʻrisida konvensiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Unga Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda qoʻshilgan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan davlatlar uni bajarish yuzasidan tadbirlar boʻyicha Bola huquqlari qoʻmitasiga muntazam ravishda milliy maʼruzalar yuborib turadi. Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Konvensiyani bajarish boʻyicha birinchi milliy maʼruza 1997 yilda tayyorlangan. Konvensiya moddalari bolaning yashash, farovon yashash sharoitlari, taʼlim olish, ism, fuqarolik, oʻz individualligini saqlash huquqlarini, alohida yashaydigan ota-onalari bilan muloqot qilish, oʻz qarashlari va fikrlarini erkin ifoda etish imkoniyatlarini tartibga soladi. Konvensiya bolalarga shafqatsizlarcha munosabatda boʻlish, ularni ekspluatatsiya qilish va kamsitishni taqiqlaydi. Bolalarning huquq va erkinliklariga rioya etish boʻyicha davlat va ota-onalar zimmasiga masʼuliyatli burch yuklangan. Konvensiyaga muvofiq, bolalarga nisbatan qoʻllaniladigan barcha xatti-harakatlar bola manfaatlarini aʼlo darajada taʼminlash mezoniga koʻra belgilanishi lozim. Mazkur mezon, shuningdek, ota onalarning oʻz farzandlariga nisbatan munosabatiga ham taalluqlidir. Ushbu konvensiya bola huquqlarining butunjahon konstitutsiyasi deb ham ataladi. Chunki u insoniyat tarixidagi bola huquqlari boʻyicha ilk yuridik majburiy xalqaro huquqiy shartnoma hisoblanadi. Undagi nizomlar deklarativ xususiyatdan xoli. Oʻzbekiston Respublikasi 1992-yilda BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilgan holda undagi nizomlarga rioya qilish va ularning ijrosi boʻyicha xalqaro majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi. Mamlakatimizda yuzdan ziyod qonunlar bolaning u yoki bu huquq va erkinliklarini tartibga solishiga qaramay, 2008-yil 7-yanvardan “Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun kuchga kirdi. Mazkur sana munosabati bilan joriy yil 17-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiya qabul qilinganligining 30 yilligini nishonlashga bagʻishlangan Tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, bolalar huquqlari bilan shugʻullanadigan davlat va nodavlat tuzilmalarining huquq va majburiyatlari, bola huquqlari buzilganda, ularni himoya qilish uslublari va shakllarini tushuntirishga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Aholi orasida bola huquqlariga oid konvensiya qoidalari, xalqaro standartlar targʻib etilmoqda, joylarda bolalar manfaatlari boʻyicha faoliyat yurituvchi tegishli davlat va jamoat tuzilmalari toʻgʻrisida maʼlumot berilmoqda. Nafaqat konvensiya matni, balki bolani ijtimoiy va madaniy rivojlantirish boʻyicha taʼlim darajasini oshirishga xizmat qiladigan maxsus adabiyotlar, plakatlar va materiallarning oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilishi alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekistonda Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyaning bajarilishini tashkil etish masalalari bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash yig’ilishi Toshkentda bo’lib o’tdi. Davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar mutaxassislari ushbu sohadagi ustivor masalalarni muhokama qildilar. Shuningdek, bu yil Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya (BHK) qabul qilinganligining 30 yilligi nishonlanadi. BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasi dunyoda eng ko’p davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan BMT bitimi bo’lib, u butun jahondagi bolalarning hayotini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda bola huquqlarini ta’minlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida
qaror qabul qildi. Yig’ilish ishtirokchilari BMT Bola huquqlari bo’yicha qo’mitasi tavsiyalarini tadbiq etish borasida O’zbekiston hukumati tomonidan ko’rsatilayotgan siyosiy irodani va izchillilkni alohida ta’kidlab o’tdilar. Shu bilan birga ular bola huquqlari monitoringi hamda bolalarning o’zi hamda ularning nomidan taqdim etilayotgan shikoyatlar bilan ishlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish zarurligiga urg’u berdilar. Boshqa masalalar bilan bir qatorda, kengash a’zolari ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan besh yillik harakat rejasini ishlab chiqish jarayonini muhokama qildilar. “Hukumat ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalar uchun oiladagidek muqobil sharoitlarni yaratish bo’yicha rejalar ishlab chiqayotganligi quvonarli holatdir. Oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish uchun ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning deinstitutsializatsiyasi hamda ular uchun oila ko’rinishidagi muqobil sharoitlarni yaratish bo’yicha harakat rejasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun bolalarni katta muassasalarga joylash amaliyotini o’zgartirishga, uning o’rniga bolalarni o’z oilalaridan ajratishning oldini olishga qaratilgan mahalliy hamjamiyat tashabbuslariga e’tibor qartish lozim,” – dedi UNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. Ijtimoiy jihatdan zaif bo’lgan bolalarning ehtiyojlarini ta’minlash borasidagi yana bir muhim tavsiya bolalar ijtimoiy himoyasiga yo’naltirilayotgan moliyalashtirish qamrovini kengaytirishdir. Kam daromadli oilalarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy islohotlar davom etayotgan pallada muhim ahamiyat kasb etadi. Yig’ilish ishtirokchilari bolalarning ijtimoiy himoyasi ustivor masalalar qatoridan o’rin olishi lozimligini ta’kidladilar.



tải về 22.88 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương