Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berishning o ‘ziga xos xususiyatlari



tải về 22.88 Kb.
trang2/6
Chuyển đổi dữ liệu20.03.2024
Kích22.88 Kb.
#56901
1   2   3   4   5   6
5323-Article Text-13191-1-10-20220315
10. Vallar va oʼqlar

KIRISH (INTRODUCTION)


Yosh avlodni erkin, demokratik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni komil inson ruhida o‘stirish va ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta’minlab borish fuqarolik jamiyatiga asoslangan demokratik, huquqiy davlatni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan har bir jamiyat uchun juda ham muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Barcha demokratik davlatlar kabi, mazkur masala, ya’ni yosh avlodni tarbiyalash, aholida esa bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatni shakllantirish masalasi, O‘zbekiston uchun ham muhim va dolzarb masala hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlar masalasi, ularning o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega inson sifatida tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarni, qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish sifatida katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Mustaqilligimiz endi e’lon qilingan paytlari, ya’ni 1991-yilning 20-noyabrida, “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi maxsus qonuni qabul qilinganligi bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Mazkur Qonunda yoshlarga oid siyosatning maqsadi, O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunlarning mazmun-mohiyati qanday bo‘lishi lozimligi, bu boradagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari normalarining ustuvorligi tamoyili ko‘rsatib o‘tilgan. Bu esa, yoshlar siyosati masalasi 1992-yilgi mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasida o‘z aksini topishiga, shu yili O‘zbekistonning BMTning asosiy hujjatlaridan biri hisoblanmish “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyaga qo‘shilishiga va mazkur hujjatlar asosida o‘tgan davr mobaynida bolalar va yoshlar masalalariga dahldor 100 dan ortiq qonunlarni qabul qilinishi hamda 2008-yilda, bu sohadagi maxsus qonun hisoblangan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunini qabul qilinishiga asos bo‘ldi 2008-yil 7-yanvar kuni kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 18 yoshgacha bo‘lgan subyektlar hisoblanmish, bolalarning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola
huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, Qonun normalarining yarmidan ko‘pi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bag‘ishlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, o‘tgan davr mobaynida, mamlakatda bolalarning huquqiy jihatdan himoyalashning xalqaro va milliy huquqiy asoslari yaratildi va ular hayotga jalb etilib borilmoqda. Mazkur huquqiy hujjatlarda bolalar, shuningdek, aholining boshqa barcha qatlami vakillarining ham bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgan. Bu yo‘nalishda huquqiy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi tegishli xalqaro hujjatlar, parlamentning qonun va qarorlari, mamlakat Prezidentining g‘oyalari, tegishli farmon va farmoyishlarining ijrosining samarasi o‘laroq, bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, oliy o‘quv yurtlari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda huquqiy ta’lim tizimi yaratildi.Bola huquqlari o‘rganish masalasi mazkur tizimning tarkibiy qismiga aylandi.



tải về 22.88 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương