Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berishning o ‘ziga xos xususiyatlari


NATIJALAR VA MUHOKAMALAR (RESULTS AND DISCUSSIONS)



tải về 22.88 Kb.
trang4/6
Chuyển đổi dữ liệu20.03.2024
Kích22.88 Kb.
#56901
1   2   3   4   5   6
5323-Article Text-13191-1-10-20220315
10. Vallar va oʼqlar

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR (RESULTS AND DISCUSSIONS)


Bola huquqlari va manfaatlarining kafolati Xalqimiz azaldan yosh avlodga hayotimiz davomchilari sifatida alohida eʼtibor qaratib kelgan. Buyuk allomalarimiz Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Kaykovus, Sohibqiron Amir Temur, Alisher Navoiy qarashlarining asosida ham yosh avlod tarbiyasi yotganini koʻrish mumkin. Shu bilan birga, muqaddas hadislarimizda oiladagi munosabatlar, ota-onalar va farzandlar burchi, tarbiyaning bola ongiga taʼsiri, ota-ona masʼuliyati, masalalariga eʼtibor qaratilgan. Buyuk bobomiz Abu Ali Ibn Sino bolaning xulq-atvorini kuzatish va unga yaxshi odatlarni singdirish juda muhimligini, bolaga oʻz vaqtida xat-savod, hunar oʻrgatish va sanʼat asoslari bilan tanishtirib borish zarurligini taʼkidlagan. Allomaning fikricha, ota bolasiga yaxshi ism qoʻyishi, bola emizikli yoshdan oʻtganda ota unga gʻamxoʻrlik qilishiga, yomon taʼsirlardan asrashi, u olti yoshga toʻlganda bolaga ehtiyotkorlik bilan murakkab boʻlmagan masalalarni yechishni oʻrgatishi kerak deydi. Darhaqiqat, yosh avlod tarbiyasi hech qachon oʻz dolzarbligini yoʻqotmaydi. Bu ezgu anʼana istiqlol yillarida yanada keng quloch yoydi va davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Natijada bugun yurtimizda bola huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlash, ularning hayoti va sogʻligʻi haqida qaygʻurish, kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, huquq va imkoniyatlari tengligini kafolatlashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda. Har bir bolaning jismoniy, intellektual hamda maʼnaviy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish, ularni vatanparvarlik, bagʻrikenglik va tinchliksevarlik ruhida tarbiyalash, milliy anʼana hamda qadriyatlarimiz, jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish, ilmiy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish, bu borada davlat hamda nodavlat tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va
huquqbuzarliklar kamayishiga erishish ham mazkur yoʻnalishdagi ishlar koʻlami nechogʻli keng ekanidan darak berib turibdi. Bularni muvaffaqiyatli bajarishda sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu bois oʻtgan yillar davomida yurtimizda yoshlarning mukammal bilim olishi, oʻz isteʼdodini yuzaga chiqarishi uchun sharoit yaratish barobarida, bola huquqlarini xalqaro meʼyorlar darajasida kafolatlaydigan milliy qonunchilik asosini yaratish choralari koʻrildi. Avvalo, Konstitutsiyamizda bola huquqlari toʻliq kafolatlanganini aytish zarur. Shu asosda oʻtgan davrda beshta xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi va oʻndan ortiq qonunlar qabul qilindi. Xususan, BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan bolalarning huquq va manfaatlari toʻliq taʼminlanmoqda. “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, vasiylik hamda homiylikka muhtoj shaxslar, xususan, ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalarga har tomonlama gʻamxoʻrlik koʻrsatilayotir. Ayni paytda voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi izchil amalga oshirilib, sudlar hamda boshqa muassasalarda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarining mustahkam himoyasi taʼminlanmoqda. Shuningdek, Oʻzbekiston ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh toʻgʻrisidagi (Jeneva, 1973 yil 26 iyun) hamda Bolalar mehnatining ogʻir shakllarini taqiqlash va yoʻq qilishga doir shoshilinch choralar toʻgʻrisidagi konvensiyalarga (Jeneva, 1999 yil 17 iyun) qoʻshilgan boʻlib, bu borada oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarib kelmoqda. Oʻrni kelganda aytish kerakki, xorijlik ekspertlar yurtimizda bolalarga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikni ijobiy baholamoqda. BMTning bola huquqlari boʻyicha xalqaro eksperti, sudya Renate Vinter: “Oʻzbekistonda BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi amaliyotga toʻla tatbiq etib kelinmoqda va sohada mustahkam huquqiy baza yaratilgan. Mamlakatda bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish hamda xalqaro hamkorlikka alohida urgʻu berilayotgani ham eʼtiborga molik” — deya eʼtirof etdi. “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda ilk marotaba bolalar, yetim bola, ijtimoiy himoyaga muxtoj bola, nogiron bola kabi tushunchalarning mazmun mohiyati ochib berildi. Unda bola huquqlarini taʼminlash va ularni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratish, bu borada davlat organlari hamda jamoat birlashmalari vakolatlari mustahkamlab qoʻyilgan. Bola huquqlariga doir xalqaro va milliy hujjatlarni oʻziga singdirgan “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi bir qator Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. Shu oʻrinda “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida Oʻzbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasida katta gʻamxoʻrlik koʻrsatayotgan eng ilgʻor yetakchi oʻnta mamlakat qatoriga kiritilganini alohida eʼtirof etsak arziydi. Bolalarning huquq va manfaatlari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sharoitini yanada yaxshilash, har tomonlama barkamol avlod sifatida kelajagimizning hal qiluvchi kuchiga aylanishi uchun bor imkoniyatlarni ishga solinmoqda. Bu esa ertangi kunimizga boʻlgan ishonchni yanada mustahkamlaydi.



tải về 22.88 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương