Kirish Mavzuning dolzarbligi


-mashq: “Qiyinini eslab qol”



tải về 42.35 Kb.
trang6/7
Chuyển đổi dữ liệu22.04.2024
Kích42.35 Kb.
#57325
1   2   3   4   5   6   7
XOTIRA
Shaxs haqida tushuncha
1-mashq: “Qiyinini eslab qol”
O’qituvchi o’quvchilarga 25-30 soniyada 10 ta qiyin yoziladigan so’zlarni ko’rsatadi va yashiradi. So’ngra o’qituvchi aytib turadi, o’quvchilar qog’ozga o’sha so’zlarni yozadi.Ko’rish xotirasi eshitish xotirasiga yordam beradi. Hamma so’zni to’g’ri yozgan yutib chiqadi.
2-mashq “Adashgan hikoyachi”.
Qatnashchilar aylana qurib o’tirishadi. Boshlovchi suhbat mavzusini tanlaydi. Qatnashchilardan biri uni rivojlantiradi. So’ngra tasodifiy fikrlar ortidan borib, suhbatni boshqa tarafga buradi. U bir mavzudan boshqa mavzuga o’tadi va iloji boricha ko’proq chalkashtirishga harakat qiladi. So’ngra gapirayotgan imo bilan keyingi qatnashchiga so’z navbatini beradi. So’z xohlagan odamga uzatilishi mumkin. Buni hamma davomini kuzatadi. Kimga qaralgan bo’lsa u barcha fikriy chalkashtirishlarni teskari yo’nalishda davom ettirib, ilk mavzuga qaytib kelishi zarur. So’ngra o’zi ham “ilk” mavzuni chalkashtirishga harakat qiladi va x.k.
3-mashq: “Assotsiatsiyalar yugurishi”
Qatnashchilar aylana qurib o’tirishadi. Boshlovchi ikkita tasodifiy so’zni aytadi. Qatnashchilardan biri ovozini chiqarib birinchi va ikkinchi so’zlarni bog’laydigan obrazni aytadi. So’ng o’sha qatnashchiga o’z so’zini o’zidan chap tomonda o’tirgan qatnashchiga aytadi. U bu uchinchi so’zni boshlovchining ikkinchi so’zi bilan bog’laydi va o’zining so’zini uchinchi qatnashchiga uzatadi. O’yin aylana bo’ylab davom etadi va xar bir aylana tugaganda boshlovchi sekundomer bo‘yicha so’zni aylanib kelishiga ketgan vaqtni e’lon qiladi. Yaxshi tayyorlangan qatnashchilar bir nechta aylana bo‘yicha harakat qilishi mumkin. Boshlovchi to’satdan o’yinni to’xtatishi va qatnashchilardan birortasidan barcha so’zlarni aytib berishini so’rashi mumkin. Agar qatnashchi faqat o’z so’zlaranigina eslab qolgan bo’lsa, demak u o’yinda qatnashmagan hisoblanadi.
4-mashq: “Razvedkachi”
Qatnashchilardan biri “razvedkachi” bo’lib saylanadi. Boshlovchi: “Qotib qoldik” deydi va butun guruh qotib qoladi. Har kim o’zinnng xolatini eslab qoladi. “Razvedkachi” esa ularni eslab qolishga harakat qiladi. Qatnashchilar holat va tashqi ko’rinishini diqqat bilan o’rgangach, “razvedkachi” ko’zini yumadi (yoki xonadan chiqadi), Bu vaqt ichida qatnashchilar o’z kiyimlari, holatlari, ko’rinishlarida o’zgarishlar yasaydi, so’ngra “razvedkachi” ko’zini ochib, barcha o’zgarishlarni aytib berishi kerak bo’ladi.
Yuqoridagi mashqlarni mahorat bilan o’quvchilarda qo’llash ulardagi xotirani rivojlantiradi.



tải về 42.35 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương