Kirish Mavzuning dolzarbligi



tải về 42.35 Kb.
trang1/7
Chuyển đổi dữ liệu22.04.2024
Kích42.35 Kb.
#57325
  1   2   3   4   5   6   7
XOTIRA
Shaxs haqida tushuncha

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston yoshlar mamlakatiga aylandi. Davlatimiz siyosati ham har tomonlama yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotganini barchamiz guvohi bo‘lmoqdamiz. Yurtboshimiz tomonidan yoshlarni kelajagimiz egalari sifatida ko‘rib, bugun ular uchun barcha sharoitlarni yaratib berilmoqda. Hattoki, 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinishi ham fikrimizga yaqqol dalildir.
“Yoshlar kelajagimiz bunyodkori!” deya yoshlarga katta ishonch bildirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yoshlarimizdan berilayotgan imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda, kerakli bilim-ko‘nikmalarni shiddat bilan samarali o‘zlashtirishni talab qiladi.
Bilim ko‘nikmalarni egallashda bilish jarayonlarining o‘rni katta. Ma’lumotlarni tashqi muhitdan olaversak ammo, u xotiramizdan tez chiqib ketsa, o‘qish faoliyatida hech qanday samaradorlikka erisha olmaymiz. Chunki, xotira ta’limning asosiy shartidir shu bilan birga xotiraning o‘zi ham, asosan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘sib boradi. Shu qatorda xotiraning eng yaxshisi mantiqiy xotiradir.
Mantiqiy xotiraning o‘sishida qanday psixologik omillar sababchi bo‘ladi?
Birinchidan, kishining psixik hayoti ijtimoiy hayotning qaysi yo‘nalishiga qarab shakllanganligiga, ya’ni nimalar bilan qiziqqanligiga bog‘liq. Mantiqiy xotiraning psixologik xususiyati shundaki, bunda odam hamma narsani birdek esda qoldirmay, bali uning uchun muhum, kerakli va maroqli bo‘lgan narsalarinigina esda saqlab qoladi.
Ikkinchidan, ma’no xotirasining o‘sishi kishining bilim saviyasiga bog‘liqdir. Bilimi ko‘p va har tomonlama bo‘lgan odam esida qoldirish lozim bo‘lgan yangi material uchun bir qancha har xil ma’no bog‘lanishlari topa oladi, fikr qila oladigan odam esida olib qolmoqchi bo‘lgan materialni yaxshi va chuqur tushunadi.
Uchinchidan, esda qoldirishda saramjonlik xotirani o‘sdirishdagimuhim shartlaridan hisoblanadi. Faktlarni ancha to‘plashga emas, bilimlar sistemasini hosil qilishga erishishi kerak. Xotiradagi saramjonlik deganda, esda qoldirilishi kerak bo‘lgan materialni bir ma’no beradigan tartibga solib, reja bilan bilib olishga odatlanish nazarda tutiladi[1].
Xotiraning ta’rifiga alohida toxtalib o‘tadigan bo‘lsak:
Xotira – deb individning o‘z tajribalarini esda olib qolishi, esda saqlashi va keynchalik uni esga tushirishiga aytiladi. Xotirada esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi asosiy jarayonlar alohida ajralib turadi[2].
Ilk o‘smirlik davri 5-sinf ya’ni o‘qish jarayonidagi ma’lumotlar abstraktlashganligi sabab ularda o‘zlashtirish jarayonida information stresslar bo‘ladi bu esa o‘smirlar xotirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari o‘smirlar bu davrda emotsional avtonomiyaga intilishadi. Ya’ni o‘z xayolotlariga, orzu umidlariga berilib ko‘prpq xayolot olamida yurishni afzal ko‘rishadi. Dars jarayonlarida yoki boshqa bir vaqtlarda ham diqqat ichkariga yo‘naltirilganligi bois xotira susayishi o‘smirlik davrida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki o‘smirlik davri og‘ir murakkab davr hisoblanib psixologik, fiziologik, ijtimoiy omillar bilan bog‘liq.
Xotira samaradorligini oshirish uchun:
1. Maqsadning aniqliligi – chunki maqsad qat’iy bo‘lsa, iroda kuchi to‘planadi va kerakli ma’lumotlar xotirangizda saqlanadi.
2. Kerakli ma’lumotlarni ma’nosini chunib olsak xotiramizda chuqurroq iz qoldiradi.
3. Doimo o‘rganayotgan narsa xodisalarni umuman olganda bilim olayotganda bizga berilayotgan ma’lumotlarga qiziqish bilan diqqatimizni qaratishimiz kerak va albatta o‘tayotgan vaqt qadriga yetishni o‘rganish kerak.
4. Takrorlash- bilimning asosidir, deyilganidek takrorlash ham xotirani rivojlantiradi.
Xulosa qilib aytganda, xotirasi sust insonlar bo‘lmaydi. Chunki inson xotirasi huddi odam muskulidek uni ishlatib, mashq qildirmaguningizgacha u yaxshi ishlamaydi.

Xotira materialni yodlash, saqlash va koʻpaytirish funksiyalarini bajaradigan psixik jarayon hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalik -bu bolaga atrofdagi haqiqat bilan tanishish imkoniyatini beradigan barcha aqliy jarayonlarning jadal rivojlanish davri.Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotiraning barcha qobiliyatlari yuqori darajada namoyon bôladi va bu yoshdagi bolalarda rivojlanish tezligi bilan xotira boshqa qobiliyatlardan ustun turadi.


Bolalarda tabiiy xotiraning jadal rivojlanayotganini ularning she'r yodlashlari, topishmoqlarni sanashlari, eshitgan ertaklaridan esda qolgan voqealarni gapirishlari biror rasmni kôrib unda ôziga ğayrioddiy tuyilgan narsa haqida mulohaza yuritishidan bilsa bôladi. Bolalar yorqin,diqqatni jalb qiladigan chiroyli va ğayrioddiy narsalarni beixtiyor eslab qoladilar va keyinchalik beixtiyor eslaydilar. Bolalarning aqliy rivojlanishini kuzatishlar va tadqiqotlar shuni kôrsatdiki,xotira bolaning yoshiga qarab rivojlanadi va hajmi ,sifati jihatidan ôzgarib boradi. Xotiraning hajmi deganda bolalar katta bôlgan sari ularning xotirasida juda kôplab narsalarni eslab qola oladi va hatto murakkab hodisalarni ham.
Xotiraning sifati esa qancha foydali narsalarni xotirasida saqlashi bilan bogʻliq keyinchalik bu bilimlar bolaning shaxsiy tajribasiga aylanadi. Biz bilamizki, xotiraning koʻproq faoliyatida koʻrinadigan psixik aktivlik xarakteriga koʻra 4 turi mavjud: harakat,emotsional( hissiy) obrazli va sôzmantiqiy .Yana faoliyat maqsadi xarakteriga kôra esa:ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo'ladi.Bulardan maktabgacha yoshdagi bolalarda obrazli xotirani rivojlantirish muhim va foydali hisoblanadi.Shuning uchun bolalarda obrazli xotirani rivojlantirishda barcha mas'uliyat tarbiyachi bilan birga ota-onaning zimmasiga yuklatiladi. Nimaga aynan obrazli xotira? Chunki bu yoshdagi ba'zi bolalarda she'r yodlash ertak shu kabi narsalarni eslab qolish qiyin boʻladi. Chunki bular bolalarga majburiy xotira orqali eslab qoldiriladi. Ammo ular oilasida yoki kôchada tasodifan guvoh boʻlgan voqealarni kattalarga nisbatan barcha mayda tafsilotlarigacha eslab qoladilar.
Chunki bunga ular ôz kôzlari bilan guvoh boʻlgan .Bundan koʻrinadiki, ularga har bir narsani obrazlar ,turli xil harakatlar orqali oʻrgatish yuqori samara koʻrsatadi. Obrazli xotira tasavvurlar tabiat va hayot manzaralari shuning bilan birga tovushlar ,hidlar ,ta'mlar bilan bogʻliq xotiradir. Obraz xotirasi orqali materiallar birinchi signallar tarzida ya'ni koʻrish,eshitish,harakat,tuyush va boshqa sezgilari orqali his qilib tasavvur qiladi. Bolalar yodlashi kerak boʻlgan yoki eslab qolishi kerak boʻlgan narsalar haqida ota -onalar yoki tarbiyachilar bolalarda tasavvur hosil qildirish kerak. Turli xil oʻyinlar va mashqlar (rasmli, raqamli ,matnli) maktabgacha yoshdagi bolalarning xotirasini rivojlantirishda samarali usullar hisoblanadi.
Chunki bolalarda xotiraning yuqori darajada rivojlanishi keyingi aqliy rivojlanishi uchun poydevor boʻladi. Xotirasi toʻliq rivojlangan bolalarda boshqa qobiliyatlar ham rivojlanadi. Ular maktabga borgandan keyin yangi, katta hajmli ma'lumotlarni ham oson eslab qola oladilar. Yangi bilimlarni oʻzlashtirishida hech qanday muammo boʻlmaydi.



tải về 42.35 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
  1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương