Kirish Mavzuning dolzarbligi



tải về 42.35 Kb.
trang4/7
Chuyển đổi dữ liệu22.04.2024
Kích42.35 Kb.
#57325
1   2   3   4   5   6   7
XOTIRA
Shaxs haqida tushuncha
3-mashq “Korrektura”.
O’yinni o’tkazuvchi oq qog’ozga bir nechta gaplar yozadi. Bu gaplarda ba’zi hariflari tushirilib qoldirilgan va almashtirilgan bo’ladi. O’quvchi bir marta mazkur gaplarni o’qiydi va rangli qalam bilan qolgan hatolarni ham to’g’rilaydi. Ehtimol o’yinni juftlikda musobaqa ko’rinishda o’tkazsa ham bo’ladi.
4- mashq:”Barmoqlar”
Qatnashchilar aylana qilib stullarda joylashib o’tirib olishadi. Tizzaga qo’yilgan qo’llarining barmoqlarini bir-biriga bog’langan holda o’tiriladi. Faqat bosh barmoqlar erkin qoladi. “Boshladik” degan buyruqdan so’ng bosh barmoqlarini birining orqasidan ikkinchisini bir xil tezlik bilan bir xil yo’nalishda, eng muhimi bir-biriga tekkizmasdan aylantiriladi. Diqqatni mana shu harakatga qaratish zarur. “To’xta” degan buyruq bilan mashqni to’xtatadi. Mashq 5-15 daqiqa davom etadi. Ba’zi qatnashchilar kutilmagan sezgilarni tuyushadi: barmoqlarni kattalashganini yoki begonalashganini, ularni harakatlari yo’nalishi o’zgarganligini, kimdir kuchli qo’zg’alishni yoki nohushlikni xis qiladi. Bular diqqat qaratilayotgan ob’ektning o’ziga xosligi sababli kuzatiladi.
5- mashq: “Chivin”
Bu mashq uchun 3x3 sm dan qilib o’nta bo’lakka bo’linib chizilgan doska hamda bir bo’lak plastilin talab qilinadi. Plastilin bu yerda ko’rsatilgan chivin rolini bajaradi. Doska vertikal xolda qo’yiladi. O’yinni olib boruvchi qatnashchilarga tushuntiriladiki, “chivinning” bir katakdan ikkinchi katakka o’tishi buyruq ostida amalga oshiriladi. Bu buyruqni “chivin” to’liq bajarishi zarur. To’rtta mumkin bo’lgan buyruqlardan (“yuqoriga ”, “pastga”, “o’nga ”, “chapga ”) chivin mazkur komandaga mos ravishda harakat qiladi. “Chivinning” ilk xolati o’yin maydonining markaziy katagi, buyruqlar qatnashchilar tomonidan navbat bilan beriladi. O’yinchilar chivinning tashqariga chiqib ketmasligiga yo’l qo’ymasligi kerak.
Mana shularni tushuntirgandan so’ng o’yin boshlandi. U hayoliy maydonda amalga oshiriladi, uni xar bir qatnashchi tasavvur qila bilmog’i zarur. Agar kimdir o’yinni ipini yo’qotib qo’ysa yoki “chivin” madondan chiqib ketayotganini “ko’rsa” “to’xta” buyrug’i beriladi va “chivin” markaziy katakka olib kelinib, o’yin boshidan boshlanadi. “Chivin”o’yinchilardan domiy e’tiborni talab qiladi, biroq mashq yaxshilab o’zlashtirilib olingach uni murakkablashtirish mumkin.

tải về 42.35 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương