Kirish Mavzuning dolzarbligi



tải về 42.35 Kb.
trang5/7
Chuyển đổi dữ liệu22.04.2024
Kích42.35 Kb.
#57325
1   2   3   4   5   6   7
XOTIRA
Shaxs haqida tushuncha
6- mashq: “Selektor”
Mashq uchun o’yinchilardan biri “qabul qilinuvchi ” sifatida tanlab olinadi. “Uzatuvchilar” deb atalib qolgan guruhlarning xar biri xar xil sonlarni har xil yo’nalishlarda aytadi. “Qabul qiluvchi” esa qo’lida xassa ushlagancha jim turib tinglaydi. U navbat bilan har bir “Uzatuvchi”ga moslashishi zarur. U yoki bu “Uzatuvchi”ni tinglash o’ta qiyin bo’lib qolsa, u buyruq ishorasi bilan ularni qattiqroq gapirishga majbur qiladi, agar unga tinglash o’ta oson bo’lsa, tovushni pasaytirishi mumkin. “Qabul qiluvchi” ancha ishlagach, xassani boshqa qo’shnisiga uzatadi. O’zi “uzatuvchi” bo’ladi. O’yin davomida xassa butun aylana bo’ylab uzatilib chiqadi.
7- mashq: “Yuqori diqqat”
Qatnashchilar 2 guruhga bo’linadi: “xalaqit beruvchilar” va “e’tibor beruvchilar”ga. “E’tibor beruvchilar” o’yinni olib boruvchi tomonidan zalga nisbatan perimetr bo’ylab joylashtiriladi va farqlanuvchi belgilar oladi (qo’lga bog’lanadigan lattalar galstuklar va x.k.) Har bir qatnashchiga instruktsiya beriladi: sizni vazifangiz - xuddi aktyorga o’xshab tasvirlash kerak, o’ynash lozim. Biror ish bilan qattiq mashg’ul bo’lgan va xech narsani sezmayotgan odamning roliga kirishi lozim. Siz bu rolga kirishingiz darkor. Sizga bu rolni ijro etish oson bo’lishligi uchun siz o’zingizcha o’zingizni xuddi kinofilьm ko’rayotganday yoki xavfli sayohatga qatnashayotganday tasavvur qiling. O’z rolingizni tartib bilan bajaring. “To’xta” buyrug’i bilan mashqni tugatdingiz, sizdan so’rashadilar. Siz esa o’zgalarni siz xaqiqatdan ham o’z o’ylaringizga g’arq bo’lib o’tirganingizni, ko’rganingizni uqdiring, tasdiqlang. Tushunarlimi? “Xalaqit beruvchilar” mashq paytida topshiriq oladilar. Tayyormisiz? Boshladik! Mashq 5-15 daqiqa davom etadi. Bu vaqt ichida boshlovchi “xalaqit ” beruvchilar bilan provokazittsiya harakatlarini tashkillashtiradi ular shiorlar, chaqiriqlar bilan to’s-to’polon ko’tarishadi, sahna ko’rinishi uyushtiriladi, darsni tugaganligini ijro etishadi va zaldan chiqib ketadi, hayvonlarni tasvirlashadilar va h.k. Shu bilan birgalikda boshlovchi “xalaqit beruvchilar” o’ta samarali harakat qilmasliklariga intiladi. U “etibor beruvchilarga” teginmasliklarini so’raydi va muhim daqiqalarda “Xalaqit beruvchilar ” o’z rollarida qolishligiga yordam beradi. So’ngra “to’xta” degan buyruq bo’ladi va muxokama boshlanadi. Shu muxokamada kim nimalarga e’tiborini qaratganligi aytiladi.
Xotirani rivojlantiruvchi usullar

tải về 42.35 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương