Kirish Mavzuning dolzarbligi


Bolalarda xotirani rivojlantirish usullari



tải về 42.35 Kb.
trang3/7
Chuyển đổi dữ liệu22.04.2024
Kích42.35 Kb.
#57325
1   2   3   4   5   6   7
XOTIRA
Shaxs haqida tushuncha
Bolalarda xotirani rivojlantirish usullari
Bolalarda diqqatni rivojlantirish
Diqqat- sub’ekt faoliyatini ma’lum vaqt davomida qandaydir real yoki ideal ob’ektga jamlamoqdir. Bolalarda diqqatni ikki ko’rinishini ham (ihtiyoriy va ihtiyorsiz diqqat) rivojlantirish tarbiyachi va pedagoglar oldidida turgan muhim vazifalardan biridir. Bolalarda diqqatni rivojlantiruvchi maxsus usullar ishlab chiqigan bo’lib, biz quyida mazkur psixologik o’yinlar ko’rinishidagi usullarni ko’rib chiqamiz.
Diqqatni rivojlantiruvchi usullar.
1-mashq: “Kim tez?”

  1. O’quvchidan istalgan matndagi ko’p uchiraydigan harf masalan, “O” va “E” harflarini iloji boricha tezlik va aniqlik bilan o’chirish talab qilinadi. Topshiriqni bajarilishi uning bajarish vaqti va qo’yilgan xatolar miqdori bilan baholanadi: mazkur ko’rsatkichlar qanchalik kam bo’lsa topshiriq shunchalik soz bajarilgan bo’ladi. Shu bilan birga o’yin davomida muvaffaqiyatni rag’batlantirib borish va o’yinga qiziqishini oshirish kerak.

  2. Diqqatni bog’lash va taqsimlashni rivojlantirish uchun topshiriqning shartini biroz o’zgartirish mumkin bitta harfni (masalan “O” ni )vertikal ko’rinishda, bittasini esa (“E”)gorizontal ko’rinishda ustidan chizib chiqiladi. Yoki signal bo’yicha harflarni navbat bilan ustidan chizish talab qilinadi. Vaqt o’tishi bilan topshiriqni yanada murakkablashtirish mumkin uchta harfni tanlab birini o’chirib tashlash ikkinchisini tagiga chizish uchinchisini aylanaga olish talab qilinadi.

Bu mashqlardan maqsad-diqqatning bir vaqtning o’zida bir nechta ob’ektga taqsimlashni rivojlantirishdir. Topshiriqni bajarish yonga qarab o’zgaradi, kichik maktab yoshidagilar uchun -15 daqiqa o’smirlar uchun 30-daqiqa.
2- mashq: “Kuzatuvchanlik”
Bolalar xar kuni yuz martalab ko’radigan maktab hovlisini mufassal ta’riflab berishi kerak bo’ladi. Bunday ta’rifni kichik maktab yoshidagi bir o’quvchi aytadi. Sinfdoshlar esa aytilmay qolgan detallarni to’ldiradilar. O’smirlar esa o’z ta’riflarini yozma ravishda qilishi mumkin, keyinchalik esa real voqelik bilan qiyoslashadi. Bu o’yinda diqqat bilan ko’rish xotirasi o’rtasidagi aloqa rivojlantiriladi.

tải về 42.35 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương