O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Xo’jalik sub’ektlarining qayta tuzilishi va yopilish jarayonidagi



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang26/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
3.2. Xo’jalik sub’ektlarining qayta tuzilishi va yopilish jarayonidagi 
hisoboti auditi 
Mamlakatimizda
tadbirkorlikni 
rivojlantirishga katta 
e’tibor berilib, 
byurokratik to’siqlar olib tashlanmoqda, sohadagi kamchiliklarga echim 
topilmoqda. Yaratilgan sharoitlar tufayli hozir tadbirkorlik sub’ektini tashkil qilish 
uchun bir necha soat kifoya qilmoqda, xolos. Ammo amaliyotda tadbirkorlik 
sub’ektlari orasida davlat ro’yxatidan o’tgach, o’z faoliyatini davom 
ettirmaydiganlari ham bor. Bunday sub’ektlar na o’ziga, na davlatga foyda 
keltiradi. 
Faoliyatini tugatish esa oson ish emas. Boshqacha aytganda, qonunchilikda 
tadbirkorlik sub’ektlarini tuzishga imkoniyat mavjud, biroq uni tugatish 
mexanizmlari nihoyatda murakkab, qiyin va juda ko’p vaqt talab qiladigan 
jarayondir. Shu sababli tadbirkorlikka qo’l urishga qaror qilgan minglab fuqarolar 
ro’yxatdan o’tmay faoliyat yuritishni afzal ko’rmoqda. 
43
Крупина Т. Международные стандарты банковской жизни. http://www. klerk.ru/bank/articles/25802.


69 
“Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan 
O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va 
qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonundagi normalar tadbirkorlik sub’ektlari 
faoliyatini tugatish jarayonlarining tartib-taomillarini yanada soddalashtirishga va 
uning shaffofligini oshirishga qaratilgan. Mazkur qonunga ko’ra, tadbirkorlik 
sub’ektlarini tugatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga moliya-
xo’jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan deb hisoblash uchun asos bo’ladigan 
muddat to’qqiz oyni tashkil etish belgilangan. Ya’ni, endilikda tadbirkorlik 
sub’ekti shuncha muddat faoliyat yuritmasa, bu uni tugatish uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi. Ilgari bu muddat uch oydan olti oygacha etib belgilangan edi.
Auditor tekshiruvi jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy 
hisobotidagi ko’rsatkichlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilishi uchun auditorlik 
amallarining ketma-ketliklariga rioya qilingan holda tekshirishi zarur (3.2-rasm).

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương