O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang29/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 


85 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Moliyaviy hisobot tuzish va uning auditini o’tkazish bo’yicha asosiy 
me’yoriy hujjatlarga izoh bering? 
2. Xo’jalik sub’ektlari faoliyatining tugatilishi jarayoni auditining 
xususiyatlarini tushuntirib bering? 
3. Xo’jalik sub’ektlarining qayta tuzilishi va yopilish jarayonida 
bajariladigan auditorlik amallari mazmunini izohlab bering? 
4. Kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoboti auditining xususiyatlarini 
tushuntirib bering? 
5. Xo’jalik sub’ektlari hisobotida jiddiy qoidabuzilishlar aniqlanganda 
auditor harakatini tushuntirib bering? 
6. Xo’jalik sub’ektlari 
faoliyatining tugatilishi jarayoni auditida 
to’planadigan auditorlik dalillari mazmunini tushuntirib bering? 
 
Tayanch tushunchalar: 
1. Audit o’tkazilayotgan ob’ektlar; 
2. Auditda firibgarlik va xato; 
3. Firibgarlik yoki xato darajasi; 
4. Tugatuvchi;
5. Moliyaviy hisobotdagi jiddiy xatolar; 
6. Tugatish balansi; 
7. Debitor va kreditorlar; 
8. Firibgarlik xatari; 
9. Tugatish komissiyasi; 
10. Davlat soliq xizmati organlari; 
11. Faoliyatni majburiy to’xtatish. 


86 
4-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI MODDALARI VA 
BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI MOSLIGINING NAZORATI 
4.1. Moliyaviy hisobot va balansning o’zaro bog’liqligi hamda uning alohida 
moddalar bo’yicha baholanishi 
Mamlakatimizda amal qilinayotgan buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonunga 
muvofiq ma’lumotlar jamlanma holida va pul ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lum 
sanaga taqdim etilishi kerak. Ushbu ma’lumotlardan xo’jalik yurituvchi subekt 
mablag’lari tarkibi va ularning manbasi o’rganish uchun ma’lum iqtisodiy ma’noda 
guruhlash zarur. Bu jarayon buxalteriya balansini tuzish deb ataladi. 
Balans so’zi ikkita lotin so’zlaridan iborat bo’lib, “bis”-ikki karra (marta) va 
“banx”-tarozi pallasi so’zlaridan tarkib topgan bo’lib, tom ma’noda “ikki palla” 
degan ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi. 
Buxgalteriya balansi – xo’jalik mablag’larini ularning turlari va tashkil topish 
manbalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda ifodalanib, umumlashtirib aks 
ettirish va iqtisodiy guruhlash usulidir. U buxgalteriya hisobi uslubiyatining asosiy 
usullaridan biri hisobladi. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning asosiy 
tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. 
Mablag’lar 
turlari 
va 
ularning 
manbalarini 
ajratib 
ko’rsatish 
maqsadidaO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 
140-sonli buyrug’i bilan qabul qilingan buxgalteriya balansi ikki qismdan iborat 
bo’lgan jadval shaklida tuzilgan. Buxgalteriya balansi xo’jalik yurituvchi 
subektning xo’jalik mablag’larini ma’lum bir sanaga tavsiflab, uning o’tgan 
davrdagi barcha faoliyat natijasini qanday holatga olib kelganligini ko’rsatadi. 
Shunday qilib, balans xo’jalik yurituvchi subekt mablag’larining turlari va ularning 
manbalari haqidagi muhim axborotga ega bo’lgan xo’jalik yuritish subektlari 
ishining yakunlari to’g’risidagi hisobotdir. 
Buxgalteriya balansi, ma’lum sanaga tuziladi va xo’jalik yurituvchi subekt 
faoliyatining ma’lum davrdagi holatini o’zida mujasamlashtiradi. Uning chap 
tomonida mablag’lar turlari va ularning joylanishi keltiriladi va u aktiv qism deb 
nomlanadi, passiv qism deb nomlanadigan o’ng tomonida mablag’lar manbalari va 


87 
ularning qanday maqsadlarga atalganligi ko’rsatiladi. 
Aktiv qism – asosiy va aylanma mablag’larning holatini ko’rsatib, moliyaviy 
xo’jalik jarayonini yuritish vazifasini bajarishda bu mulklardan foydalanadi. 
Xo’jalik yurituvchi subekt balansi aktiv qismi ikki bo’limdan iborat bo’lib, ular 
quyidagilardir: 
I bo’lim - “Uzoq muddatli aktivlar”; 
II bo’lim. “Joriy aktivlar”. 
Balansning aktiv qismida hech qanday noaniqliklar mavjud emas va ularning 
tarkibi juda aniq tasniflangan ya’ni aktiv qismni tashkil qiluvchi uzoq muddatli va 
joriy aktivlarni bir biridan farqlash qiyinchilik tug’dirmaydi. Quyidagi 4.1-jadvalda 
buxgalteriya balansi aktiv moddalari shartli manbalarga asosan tasniflangan: 

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương