O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang28/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

3.3. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotida xatolar aniqlanganda 
auditorlik tashkilotining harakatlari 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektda qonunchilik talablari buzilganligi aniqlanganda, 
auditorning harakatlari mavjud me’yoriy hujjatlar, masalan, “Auditorlik faoliyati 
to’g’risida”gi qonunga mos holda tartibga solinadi va unda quyidagilar 
ko’rsatiladi: 
1.Auditorlik 
hisobotlarida 
moliya-xo’jalik 
muomalalari qonunchiligi 
buzilganligi faktlari va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar aks ettiriladi; 
2. Mansabdor shaxslar va boshqa ishchi-xodimlar tomonidan xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga zarar etkazilganligiga aniq guvohlik beruvchi faktlar 
aniqlanganda, bu haqda xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga (mulk egasiga) xabar 
qiladi va auditorlik hisoboti bu haqda mos keluvchi yozuvlar kiritadi. Zarurat 
tug’ilganda, auditorlik tekshiruvi natijalarini ma’lum qilish uchun qonunchilikda 
ko’zda tutilgan tartibda aktsionerlarning umumiy yig’ilishini chaqirishni talab 
qiladi. Auditorlik tashkiloti qonunchilikka mos holda boshqa majburiyatlarni ham 
bajarishi mumkin.
Ko’pincha auditorlik amallar auditorlik tashkiloti tomonidan o’rganilayotgan 
masalaning jiddiyligidan kelib chiqib, belgilanadi va auditning kasbidan tashqari 


82 
vakolati bois bo’lishi mumkin emas. Agar qo’shimcha amallar moliyaviy 
hisobotda qo’pol xatolar borligi faktini tasdiqlasa, auditorlik tashkiloti xatolik 
faktining mos keluvchi auditorlik xulosasini tayyorlashga ehtimoliy ta’sirini har 
tomonlama tahlil qilishi lozim. Moliyaviy hisobotlarda jiddiy kamchiliklar 
aniqlanganda, auditorlik tashkiloti amaldagi ichki nazorat tizimi xo’jalik yurituvchi 
sub’ektda moliyaviy hisobotda xatoliklar paydo bo’lishiga olib keluvchi turli xil 
qoida buzarliklarga qanchalik samarali to’sqinlik qilishivi baholash kerak. 
Auditorlik tashkiloti ichki nazorat tizimi moliyaviy hisobotlarda xatolar paydo 
bo’lishiga to’sqinlik qilish qobiliyati pastligi haqida xulosa chiqargan taqdirda 
ushbu tashkilot o’z auditorlik xulosasida ichki nazorat tizimidagi kamchmliklar 
bilan bir qatorda uni mukammallashtirish bo’yicha tavsiyalar ham aks ettiriladi.
Auditorlik tashkiloti xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatigi moliyaviy 
hisobotlarda topilgan xatolar mazmuni agar: 
- buxgalteriya hisoboti va ichki nazorat tizimlari aktivlar yaxlitligini saqlash va 
moliyaviy hisobotlarda xatoliklar bo’lishiga qarshilik qilolmasligini aniqlagan 
bo’lsa; 
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishchi-xodimlariga zarar etkazilmasligi haqida 
aniq faktlar topilsa, zudlik bilan ma’lum qilishi zarur.
Moliyaviy hisobotlardagi buzib ko’rsatishlar firibgarlik yoki xato natijasida 
yuzaga kelishi mumkin. Firibgarlik bilan xato o’rtasidagi farqlovchi omil 
moliyaviy hisobotlarning buzib ko’rsatishiga olib keladigan asosiy harakat qasddan 
qilinganligi yoki qasddan qilinmaganligi hisoblanadi.
Firibgarlik keng yuridik tushuncha bo’lishiga qaramasdan, Auditning xalqaro 
standartlari maqsadlari uchun, auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib 
ko’rsatishlarga sabab bo’ladigan firibgarlik bilan shug’ullanadi. Qasddan qilingan 
buzib ko’rsatishlarning ikki turi auditor uchun o’rinli – yolg’on moliyaviy hisobot 
berishdan kelib chiqadigan buzib ko’rsatishlar va aktivlarni noqonuniy 
o’zlashtirishdan kelib chiqadigan buzib ko’rsatishlar. Auditor firibgarlik sodir 
bo’lganligini shubha qilishi yoki, kam holatlarda, aniqlashi mumkinligiga 
qaramasdan, auditor firibgarlik haqiqatda sodir bo’lganligini yuridik jihatdan 


83 
aniqlamaydi.
Firibgarlikni oldini olish va aniqlashning asosiy majburiyati tadbirkorlik 
sub’ektining boshqaruv yuklatilgan shaxslari va rahbariyatiga yuklanadi. 
Rahbariyat, boshqaruv yuklatilgan shaxslarning kuzatuvi bilan birga, firibgarlikni 
oldini olishga kuchli e’tibor qaratishi muhim hisoblanib, u firibgarlik sodir bo’lishi 
imkoniyatini kamaytiradi va firibgarlikdan saqlanishga olib keladi, va o’z 
navbatida, bunday holat fosh etilish va jazolanish ehtimoli tufayli shaxslarni 
firibgarlik sodir etmaslikka ishontirishi mumkin. Bu vijdonlilik va ahloqiy fe’l-
atvor madaniyatini yaratish mas’uliyatini o’z ichiga oladi, qaysiki boshqaruv 
yuklatilgan shaxslar tomonidan faol kuzatuv orqali mustahkamlanadi. Boshqaruv 
yuklatilgan shaxslar tomonidan kuzatuv me’yorlarni chetlab o’tish yoki boshqa 
moliyaviy hisobot berish jarayoniga noo’rin ta’sir o’tkazish ehtimolini ko’rib 
chiqishni o’z ichiga oladi, masalan, tadbirkorlik sub’ekti faoliyatiga va 
foydaliligiga nisbatan tahlilchilar bilimlariga ta’sir ko’rsatish uchun foydani 
boshqarish bo’yicha rahbariyat intilishlari kabi holatlarni ta’kidlash muumkin.
Auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditni amalga oshirayotgan auditor 
moliyaviy hisobotlar butun holatda firibgarliik yoki xato sabab bo’lishi mumkin 
bo’lgan muhim buzib ko’rsatishdan holi ekanligi bo’yicha oqilona ishonch 
bildirishga ega bo’lishga javobgardir. Auditning o’ziga xos cheklovlari tufayli, 
hattoki auditning xalqaro standartlariga muvofiq to’g’ri rejalashtirilgan va amalga 
oshirilgan bo’lsa ham, moliyaviy hisobotlarning ba’zi muhim buzib ko’rsatishlari 
fosh etilmasligi mumkinligining muqarrar riski mavjud.
45
“Mustaqil auditorning 
umumiy maqsadlari va auditni auditning xalqaro standartlariga muvofiq o’tkazish” 
nomli 200-son xalqaro audit standartida izohlanganidek, o’ziga xos cheklovlarning 
potentsial oqibatlari ayniqsa firibgarlikdan yuzaga keladigan buzib ko’rsatish 
holatida ahamiyatlidir. Firibgarlikdan yuzaga keladigan muhim buzib ko’rsatishni 
fosh etolmaslik riski xatodan yuzaga keladigan muhim buzib ko’rsatishni fosh 
etolmaslik riskidan yuqoriroqdir. Buning sababi shundaki, firibgarlik firibgarlikni 
45
200-son AXS, Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni auditning xalqaro standartlariga muvofiq 
o’tkazish, A51–A52-bandlari 


84 
yashirishga mo’ljallangan murakkab va ehtiyotkorona tashkillashtirilgan rejalarni 
o’z ichiga olishi mumkin, masalan, soxtalashtirish, operatsiyalarni qasddan aks 
ettirmaslik, yoki auditorga tayyorlangan qasddan noto’g’ri taqdimotlar. Yashirish 
bo’yicha bunday harakatlar til biriktirish bilan birga amalga oshirilganda fosh 
etilishi yanada qiyinroq bo’lishi mumkin. Til biriktirish auditor uchun auditorlik 
dalili, qachonki u aslida noto’g’ri bo’lganda, ishonarli deb ishonishiga sabab 
bo’lishi mumkin.
Auditorning firibgarlikni fosh etish qobiliyati qonunbuzarning mahorati, 
firibning davriyligi va ko’lami, til biriktirishning darajasi, firib qo’llangan alohida 
miqdorlarning nisbiy hajmi va firibgarlikda qatnashgan shaxslarning yoshi kabi 
omillarga bog’liq bo’ladi. Auditor sodir etiladigan firibgarlik uchun potentsial 
imkoniyatlarni aniqlashi mumkin, ammo auditor hisoblab chiqilgan baholari kabi 
mulohaza qilish sohasidagi buzib ko’rsatishlarga firibgarlik yoki xato sabab 
bo’lishini aniqlashi qiyindir. Bundan tashqari, auditorning rahbariyat 
firibgarligidan yuzaga keladigan muhim buzib ko’rsatishni fosh etolmaslik riski 
xodimlar firibgarligidan yirikroq, chunki rahbariyat bevosita yoki bilvosita jurnal 
yozuvlarini o’zgartirish, firibgarlikka asoslangan moliyaviy ma’lumotlarni taqdim 
etish, yoki boshqa xodimlar sodir etadigan o’xshash firibgarliklarni oldini olishga 
mo’ljallangan nazorat tartib-tamoillarini chetlab o’tish vaziyatida tez-tez bo’lib 
turadi.
Oqilona ishonch bildirishga ega bo’lish paytida auditor, rahbariyatning nazorat 
tartib-tamoillarini chetlab o’tish imkoniyatlarini ko’rib chiqqan holda hamda 
xatoni fosh etishda samarali bo’lgan auditorlik tartib-tamoillari firibgarlikni fosh 
etishda samarali bo’lmaslik mumkinligini tan olgan holda, audit mobaynida 
professional skeptitsizmni saqlashga javobgardir. Mazkur AXSdagi talablar 
auditorga firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatish risklarini aniqlash va 
baholashda va bunday buzib ko’rsatishni fosh etish tartib-tamoillarini ishlab 
chiqishda ko’mak berishga mo’ljallangandir.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương