O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


-rasm. Moliyaviy hisobot transformatsiya bosqichlari



tải về 2.74 Mb.
Chế độ xem pdf
trang22/110
Chuyển đổi dữ liệu02.02.2024
Kích2.74 Mb.
#56520
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

2.4-rasm. Moliyaviy hisobot transformatsiya bosqichlari
34
 
Ikkinchi yo’li, milliy hisob tizimi bilan yonma-yon MHXSlariga muvofiq 
parallel hisob tizimini yuritish (2.4-rasm). Ikkala yo’lda ham bitta talab mavjud. 
BHMSlari va MHXSlarini chuqur bilish, ularni qo’llay olishda amaliy 
kompitentsiyaga ega bo’lish. Birinchi yo’l eng ko’p qo’llaniladigan, kam chiqim 
va nisbatan murakkablik darajasi baland emas. Shuni ta’kidlash lozimki, moliyaviy 
hisobot transformatsiyasining tartib va qoidalarini belgilaydigan MHXSlari mavjud 
emas. Shu bois, har bir korxona o’zining hisob siyosatida transformatsiya 
asoslarini mustaqil ishlab chiqishi lozim. Lekin, bugungi kunda mamlakat 
miqyosida transformatsiyaning metodologik masalalariga umumiy yondashuvning 
ishlab chiqilmaganligi buxgalter va auditorlar oldida qiyinchiliklar va ayrim 
chetlanishlarga va xatolarga yo’l qo’yilishiga olib kelmoqda. Ushbu holatlarga 
barham berish maqsadida transformatsiyaning umumiy yondashuvlarini ishlab 
34
Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobot: atamalar tavsifi va talqini. Monografiya. Samarqand. “Matbaa nashriyoti”: 
2018 y. 239 b. 42 b. 
MHXS bo’yicha transformatsiyasini amalga oshirishi uchun tayyorgarlik 
ishlari, MHXS bo’yicha hisob siyosati 
MHXS va BHMS bo’yicha farqlar, ko’shimcha hisob ob’ektlarini aniqlash, 
professional mushohada qilish 
Reklassifikatsiya,qayta baholash, to’g’irlovchi provodkalar, transformatsion 
model, transformatsion jadval, MHXS bo’yicha hisobotlarning boshlang’ich 
variantlari 
BHMS bo’yicha moliyaviy hisobot 
MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot va uning taqdimoti 


54 
chiqish, to’plangan tajribalarni umumlashtirish maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz. 
Transformatsiya jarayonining asosiy muhim qoidalari: 
- MHXSlari bo’yicha hisob yuritish har bir kompaniyaning mustaqil hal 
qiladigan ishi, uning zarurligini va unga o’tishni mustaqil belgilaydi; 
- MHXSlari majburiy emas, ushbu hujjat faqat harakat qilishga turtki beradi;
- MHXSlarida bo’yicha hisob yuritishda iqtisodiy mazmunning shakldan 
ustunligi amal qiladi;
- MHXSlari adolatli baholashga ustuvor ahamiyatni qaratadi; 
- MHXSlari bo’yicha hisob yuritish usulini (transformatsiya yoki parallel 
hisob yuritish) tanlash kompaniyaning ichki ishi; 
- transformatsiyaning yagona algoritmi va ketma-ketligi yo’q; 
- transformatsiyaga har bir holatda individual yondashiladi; 
- transformatsiya murakkab jarayon, professional yondashuvni talab qiladi;
- transformatsiyaning metodikasi va bosqichlari mustaqil belgilanadi; 
- reklassifikatsiya, 
qayta 
baholash, 
korrektirovka 
provodkalari 
transformatsiyaning asosiy usullaridir; MHXSlariga o’tishda transformatsiya 
usulni qo’llash birdan 100 %lik natijani va xatolardan xoli bo’lgan moliyaviy 
hisobotni bermaydi. Chunki, MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot juda ko’plab 
omillar hisobidan shakllanadi. Ularni birinchi urinishdayoq to’liq qamrab olish 
juda qiyin jarayon. Faqat birinchi tranformatsiyada yirik xatolar bo’lishiga yo’l 
qo’yilmasligi kerak. Transformatsiya bo’yicha tajriba bosqichma-bosqich 
shakllanib boradi va natijada yildan-yilga transformatsiyalanadigan moliyaviy 
hisobotning ishonchliligi oshib boradi. Shu bois, O’zbekistondagi kompaniyalar 
ertaga yaxshi natija olishi uchun MHXS asosida moliyaviy hisobot 
transformatsiyasini bugundan boshlashi kerak. Agarda kompaniyalar bugun 
MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzishga zarurat his qilmasa, ertaga zarurat 
his qilishi albatta tayin. Shu bois, ertangi zaruratni qondirish uchun bugun 
transformatsiyani boshlashi kerak. Bizda kadr yo’q, imkoniyat yo’q, resurs yo’q va 
shu bois zarurat ham yo’q deb o’ylagan kompaniya katta xato qiladi.


55 
Transformatsiya jarayonining quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, milliy standartlar bo’yicha tayyorlangan moliyaviy hisobot 
komponentlari, shuningdek balans, foyda va zararlar va boshqa hisobot 
moddalarining kengaytmalari aks ettirilgan analitik hisob ma’lumotlari, kerak 
bo’lsa boshlang’ich hujjatlarni tayyorlash lozim. 
Ikkinchidan, aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapital elementlarini qayta 
klassifikatsiyalash, qaytadan baholash o’tkazish. Foyda va zararlar to’g’risidagi 
hisobotda ham har bir tegishli moddani xalqaro standartlarga mos holda qayta 
klassifikatsiya qilish va baholash. Xuddi shuningdek, boshqa hisobot moddalarini 
ham birma-bir xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish choralarini ishlab 
chiqish kerak.
Uchinchidan, MHXSlari darajasiga etkazish uchun tegishli to’g’irlashlar 
kiritish, qo’shimcha provodkalar jadvalini ishlab chiqish kerak.
To’rtinchidan, tegishli to’g’irlashlar buxgalteriya provodkalari yordamida 
kiritilgandan keyin MHXSlari talablariga muvofiq keladigan hisobotni tuzish. 
Beshinchidan, MHXSlariga o’tishda atamalardan to’g’ri foydalanish muhim 
rol o’ynaydi. Milliy standartlar asosida tuzilgan hisobotlardagi atamalar
ko’rsatkichlarning nomlanishi, ularning qisqarmasini xalqaro standartlarga mos 
keladigan atamalarga o’tkazish lozim. Agarda ko’rsatkich qayta guruhlanish, 
baholash asosida qiymati xalqaro standartlarga muvofiq kelsada uning nomlanishi 
muvofiq bo’lmasa, uni o’qish qiyinlashadi, chalkashliklarga olib keladi. Shu bois, 
atamalar tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish lozim bo’ladi. 
Milliy standartlar asosida tuzilgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar 
asosida tuzilgan moliyaviy hisobotga transformatsiya qilishning yagona 
metodologiyasi mavjud emas. Har bir korxona o’zining moliyaviyxo’jalik faoliyati 
xususiyati, resursi va xodimlarining professional darajasidan kelib chiqib 
transformatsiya jarayoni metodologiyasini ishlab chiqishi maqsadga muvofiq.
Fikrimizcha, har bir korxona moliyaviy hisobot transformatsiyasi bo’yicha 
hisob siyosatini ishlab chiqishi shart. Shu bois, kompaniyada moliyaviy hisobot 


56 
transformatsiyasini amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud 
bo’lishi kerak:
- Kompaniyada MHXSlar bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisobotga zaruriyat 
bo’lishi kerak. Kompaniyaning ichki va tashqi axborot foydalanuvchilarida MHXS 
bo’yicha tuzilgan moliyaviy hisobotdan foydalanish va uning asosida qarorlar 
qabul qilishiga muhit yuzaga kelishi shart;
- milliy standartlar asosida tayyorlangan moliyaviy hisobot ob’ektiv, 
ishonchli, uyg’un va buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun va O’zbekiston 
Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlariga to’liq muvofiq kelishi 
kerak. Auditorlik xulosasi olinishi maqsadga muvofiq. Farqlanishlar va 
qalbakilashtirish hamda milliy standartlar talablaridan chetlanishlar katta bo’lgan 
hollarda transformatsiya kutilgan natijani bermaydi. Chunki, BHMSlari asosida 
tayyorlangan moliyaviy hisobot MHXSlari bo’yicha tuziladigan moliyaviy 
hisobotga xomashyo hisoblanadi.
- korxonaning zamonaviy menejment tizimi, xususan moliyaviy departament 
boshqaruv tizimi, uning tarkibida moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti 
bo’limi mavjud bo’lishi kerak.
- kompaniya barqaror moliyaviy holatga ega bo’lishi kerak. Barqaror 
bo’lmagan, surunkali zarar bilan ishlaydigan kompaniyalar moliyaviy hisobotini 
transformatsiyasi etarli shaffof bo’lmaydi va kutilgan natijani bermaydi.
- kompaniyada MHXSlarni biladigan, buxgalteriya hisobi va moliyaviy 
hisobot sohasida chuqur professional tayyorgarlikka ega bo’lgan, iqtisodiy 
matematikani qo’llay oladigan mutaxassislarga ega bo’lishi kerak. Chunki, 
transformatsiya qiyin, murakkab va professional yondashuvni talab qiladigan 
jarayon hisoblanadi.

tải về 2.74 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   110




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương