Direktorvamutaxassislariniqaytatayyorlashvaularningmalakasinioshirishinstituti


Kursni tugatish ishining predmeti



tải về 5.49 Mb.
trang3/7
Chuyển đổi dữ liệu27.09.2023
Kích5.49 Mb.
#55200
1   2   3   4   5   6   7
Duysenova Jadira Tulegenovna kurs ishi tt

Kursni tugatish ishining predmeti. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda millatlararo totuvlik tushunchalarini shakllantirishning muhim jihatlarini yoritish.
Kursni tugatish ishining maqsadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda millatlararo totuvlik tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va maktabgacha katta yoshdagi bolalarda fuqarolik tarbiyasining ahamiyatini yoritish.
Kursni tugatish ishining vazifalari:

  1. Mavzuga oid nazariy ma’lumotlar yeg’ish, yangiliklar bilan tanishish;

  2. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmunini yoritish;

  3. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishini taxlil etish;

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy tarbiya asosida ma’naviy axloqiy sifatlarini shakllantirish ahamiyatini ko’rib chiqish;



I-BOB. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda millatlararo totuvlik tushunchalarini shakllantirish
1.1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmuni

Millat (arabcha – xalq) tushunchasi – muayyan hududda istiqomat qiladigan, umumiy til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi etnoijtimoiy birlikni anglatadi. Millat — til, ma’naviyat, milliy o`zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog`langan mustaqil sub’ekt sifatida o`ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir. Millat ma’lum hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat yagonaligi asosida shakllanadi. U faqatgina “kapitalistik jamiyattning muqarrar mahsuli” emas, balki insoniyatning dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir. Millatning shakllanishi va rivojlanishida moddiy omillar muhim ahamiyatga ega bo`ladi, ammo ular millat abadiyligini ta’minlashning birdan-bir imkoniyati emas. Ular millat taraqqiyoti uchun faqat zaruriy shartlardan birigina hisoblanadi.


Millatning abadiyligi, uning barqarorligini ta’minlashning asosiy omili uning ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir. Millatlarning ichki-ruhiy salohiyati, yaratuvchilik qobiliyati, matonati, tinimsiz mehnati, tadbirkorligi va o`ziga xosligini rivojlantirish asosida hozirgi zamon sivilizatsiyasi yuzaga kelgan. Mutaxassislarning fikricha, er yuzida uch minga yaqin millat bo`lib, insoniyatning o`rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Qolgan 4 foiz elat va qabilalardir. Har bir millat aholisi bir necha o`n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bo`linadi: 1. Buyuk millatlar - aholi soni milliard va 100 milliondan ortiq, xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar. 2. Katta millatlar — aholi soni 50-100 million oralig`ida — inglizlar, fransuzlar, ispanlar, olmonlar, turklar, arablar va b.3. Yirik millatlar — aholi soni 10-50 milliongacha — o`zbeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va b. 4.O`rta millatlar — 1-10 million oralig`ida, qirg`izlar tojiklar, turkmanlar.5. Kichik millatlar - bir necha 10 mingdan 1 milliongacha, chechenlar, ingushlar, cherkaslar .Jahondagi 27 millat er yuzi aholisining qariyb 75 foizini tashkil qiladi.
Falsafa qomusiy lug`atida millat tuShunchasiga zamonaviy ta’rif beriladi. Jumladan, unda «millat - bu til, ma’naviyat, milliy o`zlikni anglash, ruhiyat, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog`langan mustaqil sub’ekt sifatida o`ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir»1, - deyilgan. Professor S.Otamurotov fikricha, “Millat deb yagona til, madaniyat (keng ma’noda) milliy o`zlikni anglash ruhiyati (psixologiyasi va hissiyoti), urf-odatlari va an’analariyagonaligi asosida ma’lum hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog`langan, o`z davlatiga ega bo`lgan mustaqil sub’ekt sifatida o`ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi hamda yaratuvchi kishilarning etnik birligiga aytiladi”.
“Etnos” tushunchasi yunon tilidan olingan bo`lib, uning etimologik ma’nosi xalq, qabila, to`da, kishilar guruhi degan ma’nolarni anglatadi. Siyosatshunoslik fanlari doktori N.Mamanazarov yozganidek, bu termin (ya’ni “demos”-O.M.) kishilar guruhining muayyan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardaaktiv qatnaShuviqismini anglatsa, “etnos”termini muayyan joy, ya’ni hududda yashovchi xalqning lokal guruhini anglatadi. Hozirgi paytda “etnos” termini faqatgina ilmiy doira va ilmiy adabiyotlardagina qo`llansa, “xalq” termini esa, kundalikhayotning barcha ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy va ma’naviy jabhalarida aktiv qo`llaniladi. Shujihatdan ham “etnos” va “xalq”tuShunchalari ma’lum ma’nodabir-biriga yaqin bo`lsa-da, ammo mazmun va mohiyat jixatidan bir-biridanfarqqiladi.Etnos, xalq ijtimoiy borliqqa munosabatlarini huquqlari orqali ifoda etadi. Demokratik davlatlarda aynan Konstitutsiya (Asosiy Qonun) va unga tayanib ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan qonunlar etnosning ijtimoiy borliqdagi o‘rnini, huquq va burchlarini belgilab beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir”. (7- modda); “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi”; “Davlat organlari vamansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida ma’suldirlar”. (2-modda). “Jamiyat va davlat siyosatining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo`yiladi.” (9-modda). “O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.” (12-modda).2 Mazkur moddalardaO`zbekiston xalqi va fuqarolarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquqlari, ushbu munosabatlarning asosiy prinsiplari belgilab berilgan. Mazkur huquqlar etnosning, millatning uzoq ijtimoiy-madaniy rivojlanish jarayonida erishgan yutuqlari kvintessensiyasidir.
Elatdegan tushuncha arabchadan tilimizga kirib kelgan.Elat deganda bir tilda so`zla shuvchi, o`ziga xos madaniyati mavjud bo`lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o`z tuzilmasiga ega bo`lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat— kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi. Elatga ko`p jihatdan bir-biriga yaqin qabilalar birlashadi. Qadimda kishilarning elat bo`lib, bir hududda yashashlari ular orasida umumiy manfaatdorlik, qon-qarindoshlik his-tuyg`ularini kuchaytirgan. Elatlar, kuchli qabilalarning kuchsiz qabilalarni o`ziga bo`ysundirishi va ular b-n aralashib ketishi natijasida ham shakllangan. Elat o`z qiyofasini saqlab qolishi, rivojlanib, millat darajasiga ko`tarilishi uchun o`z davlatiga ega bo`lishi kerak. Elat bilan yaqin ma’noda diaspora tuShunchasi ham qo`llaniladi. Diaspora yunoncha diaspora -tarqalish ma’nosida bo`lib, ma’lum bir davlat hududida yashovchi, ammo boshqa bir davlatda o`z davlat tuzilmasiga ega, ma’lum bir xalq millat vakillarining yig`indisi (masalan O`zbekistonda yashovchi rus, ukrain millatining diasporasi). Konstitutsiyaviy huquqda «diaspora» tuShunchasidan o`z vatandoshlariga nisbatan davlat siyosatini yuritishda foydalaniladi.
Millatlararo munosabatlar.Vatanparvarlik, kosmopolitizm, millatchilik. Millatlararo munosabatlar birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o`rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tuShunchadir. Ma’lumki, bugun jahonda mavjud 200dan ziyod mamlakatda ikki mingga yaqin millat, elat va qabila yashaydi. Ular 5 yarim mingdan ortiq tilda so`zlashadi. Bu tillarning 100 dan ko`prog`igina o`z yozuviga ega. Millatlararo jarayonlarning eng xarakterli tomoni Shundaki, insoniyat aql-zakovati yuksalgani sayin millatlar o`zaro assimilyasiyalashish tomon emas, balki o`zlarining “men”ini namoyish qilish, tasdiqlash sari jadal sur’atlar bilan harakat qilmoqda. Hali jahonda mavjud birorta millat, yoki elat ixtiyoriy ravishda boshqa millatlar bilan qo`shilib ketgan emas, aksincha ayrim millatlar qashshoqlikning og`ir kulfatlariniboshidan kechirishga majbur bo`lsalar-da ozodlik, erkinlik kabi qadriyatlardan voz kechmaganlar.
Millatlararo munosabatlar masalalarining eng maqbul yechimi etnik jihatdan turli tuman bo`lgan istalgan jamiyatda har doim hukumat kun tartibining markazida bo`lishi shubha uyg`otmaydi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda qaysi boshqaruv tizimini samarali deb hisoblash mumkinligi haqida ko`plab tortishuvlar ham o`z o`rnini topmoqda. Bunda ikkita eng muhim maqsadlarning muvofiqlikligi – siyosiy barqarorlik hamda etnik guruhlararo va konfessiyalararo masalalar echimini topishga harakat qilmoqda. Chunki, har doim ham ushbu maqsadlarda eng maqbul keliShuvlarga erishib bo`lmaydi. Ayniqsa bu holat siyosiy yangilanish, modernizatsiya va liberallaShuv davrini boshidan kechirayotgan mamlakatlar haqida gap borganda o`rinlidir.
Jamiyat rivojlangani sari katta ahamiyat kasb etadigan ma’naviy qadriyatlardan biri-vatanparvarlik tuyg`usidir. Vatanparvarlik – Vatanining ozodligi va obodligi, uning sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi yo`lida fidoyilik ko`rsatib yashash, ona xalqining or-nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-g`ayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh etishdek dunyodagi eng muqaddas va olijanob faoliyatni anglatadigan insoniy his-tuyg`udir. Vatanparvarlik - ona-yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo`lida fidoiylik namunalarini ko`rsatishga qodir bo`lgan shaxslarga xos fazilat. Vatanga, xalqga bo`lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg`usi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur o`rin oladi, faoliyatiga ta’sir etadi. Vatanparvarlik-yurtimizda mavjud bo`lgan saloxiyat va boyliklarni ishga solish, ulardan oqilona foydalanish, o`z kuch imkoniyatimizga, ota-onalarimizdan qolgan bebaho meros, milliy urf-odat va an’analariga suyanish, qadriyatlarni tiklash, bir-birimizga elkadosh bo`lish extiyojini har tomonlama tuShunib etish demakdir.
Vatanparvarlik kishilarda asosan uch bosqichda namoyon bo`ladi:
1) bilish – Vatan tushunchasiga xos qadriyatlarni egallash;
2) e’tiqod – mazkur qadriyatlar to`g`risida olgan bilimlarini e’tiqodga aylantirish;
3) harakat – bu e’tiqodni amaliy ishlar orqali namoyon etish.
Umuman olganda, millatchilik bir tomondan, boshqa millatlar bilan turli sohalardagi o`zaro foydali munosabatlardan mahrum qilib, millatning ma’naviy qashshoqlashuviga sabab bo`lsa, ikkinchi tomondan, jiddiy kelishmovchiliklarga zamin yaratadi. Millatchilik tuyg`ulari butun millatni qamrab olgan va davlat tuzilmalari tomonidan qo`llab-quvvatlangan hollarda esa u millatlararo munosabatlarning tarang holatda saqlanishiga, o`zaro ishonchsizlik tuyg`ularining ildiz otishiga, mavjud muammolarni hal etishning cho`zilib ketishiga va doimiy beqarorlik holatining saqlanib qolishiga sabab bo`ladi. Millatchilik — shaxs yoki etnos ongining o`ziga xos holati va ijtimoiy-ruhiy jihatdan yo`naltirilgan oqim. Ana shu omillar zaminida millatchilik nazariyasi, mafkurasi va amaliyoti vujudga keladi. Shuning uchun har bir muayyan holatda millatchilik to`g`risida so`z yuritilar ekan, gap maishiy turmushdagi millatchilik yoki millatchilik mafkurasi to`g`risida borayotganini farqlash lozim. Maishiy turmushdagi millatchilik millat paydo bo`lganidan buyon Sharqda ham, G`arbda ham mavjud. Millatchilik mafkurasining mohiyatini o`z millatining boshqa millatlardan ustunligini e’tirof etish va targ`ib qilish tashkil etadi. Shuning uchun bosqinchilar millatchiligi bilan mazlumlar millatchiligini farqlash lozim. Mustamlakachilar va bosqinchilar millatchiligi boshqa xalqlarni asoratga solish uchun xizmat qilsa, mazlum xalqlar millatchiligi ularni ozodlikka olib chiqish uchun yo`naltiriladi. Millatchilik ekspansionizm, izolyasionizm, shovinizm, natsizm ko`rinishlarida namoyon bo`lishi mumkin. Millatchilik bir mamlakat doirasida turli qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi, xalqaro miqyosda esa, turli mamlakatlar xalqlari o`rtasiga nifoq soladi. Xalqaro qonunchilikka ko`ra, millatchilik inson huquqlarini cheklash va siyosiy jinoyat sifatida baholanadi.
Hozirgi global o`zgarishlar sharoitida dunyoning qaysi bir nuqtasiga nazar tashlamaylik, iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning milliy va millatlararo munosabatlarga bog`liqligi va aloqadorligini ko`ramiz. Shu boisdan bugungi kunda respublikamizdagi mavjud millatlararo totuvlikni saqlab qolish va yanada rivojlantirish, mazkur jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etishga doir amaliy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish hamda takomillashtirib borish zaruriyati ortib bormoqda3. Bunda respublikamizdagi etnik guruhlarning samarali faoliyatiga keng imkoniyatlar yaratish bilan bir qatorda, mazkur jarayonga globallaShuvning ta’sirini ham e’tibordan soqit qilmaslik lozim.Zero, bugungi kunda nafaqat global tarmoqlarda balki xorijiy OAVda ham Markaziy Osiyo mintaqasidagi millatlararo munosabatlarni o`zgacha talqin qilish holatlari ham uchrab turibdi.Bu axborot xurujining asosan tashqi siyosiy kuchlarning buyurtmasi bilan amalga oshirilayotgani hamda mintaqadagi millatlararo munosabatlarni keskinlashtirishga yo`naltirilayotgani mazkur masalaga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi. Chunki Markaziy Osiyo mintaqasida yashab kelayotgan xalqlar o`rtasida hech qachon o`zlariga tegishli hududning jo`g`rofiy o`rni borasida norozilik kayfiyati tug`ilmagan. Mahalliy xalqlarning asosiy qismini tarixan o`zlariga tegishli hududlarda yashab kelgan bo`lsa, ularning ma’lum qismi chegaralash natijasida tarixiy vatanlarining ma’muriy chegarasidan tashqarida qolib ketgan. O`zbekiston atrofidagi deyarli barcha chegara xududlarida turli millatga mansub mahalliy xalqlar birgalikda istiqomat qilib kelmoqda.
Millatlararo munosabatlar fuqarolik jamiyatini harakatga keltiradigan, unda inson huquq va erkinliklari amal qilishini ta’minlaydigan institutlar faoliyati bilan chambarchas bog`liq. Har bir institut faoliyati yoki hukumat qabul qiladigan qarorlar o`zidan-o`zi reallikka aylanmaydi. Agar jamiyat polietnik xususiyatlarga ega bo`lsa, undagi institutlar faoliyati qabul qilinadigan qarorlar millatlar va elatlar vakillarining diqqatini tortmay qolmaydi. Demokratik jamiyat - bu, eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni-shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg`unlashtirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi. Fuqarolik jamiyati shakllanib borayotgan O`zbekistonda millatlararo totuvlik va bag`rikenglikni ta’minlash va rivojlantirishda quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim.
O`zbekistonda milliy davlatchilikni rivojlantirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish borasida chuqur ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Qisqa vaqt ichida mamlakatda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, milliy o`zlikni anglashni rivojlantirish uchun sog`lom siyosiy muhit shakllandi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ko`p millatli demokratik jamiyatda ko`pincha millatlararo munosabatlar davlat siyosatining asosiy komponenti sifatida namoyon bo`ladi. Milliy etnik jarayonlarning qulay rivoji jamiyat taraqqiyotining asosini tashkil etar ekan, har qanday mavjud tizimdagi rasmiy siyosat etnik barqarorlikning ta’minlanishi uchun yo`naltirilgan bo`lishi lozim. Chunki etnik barqarorlik siyosiy muvozanatning saqlanishida muhim o`rin tutsa, siyosiy barqarorlik esa iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma’naviy taraqqiyotning kafolatidir.
I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda, «Ko`p millatli va ko`p tilli mamlakatlarda o`z davlatlariga nom bergan asosiy millat bilan bu mamlakatlarda istiqomat qiluvchi etnik ozchilik o`rtasidagi o`zaro munosabatlar ichki siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikning hal qiluvchi shartlaridan biri bo`lib qolmoqda».Inson huquqlari va uning qadr-qimmati etakchi o`rinda turgan demokratik davlatda millatlararo munosabatlar barqaror rivojlanadi. Millatlararo munosabatlar negizida esa har bir millatning o`zaro aloqalari jamiyatning etnik rivojini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlar rivojini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: Birinchidan, millatlararo munosabatlar jamiyatning siyosiy-huquqiy barqarorligiga ko`p jihatdan bog`liq bo`lib, u o`z navbatida etnik muvozanatni va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydi. Ikkinchidan, jamiyatda har bir millatning urf-odat, an’ana, qadriyatlari singari o`ziga xos xususiyatlari mavjudki, bu narsalar boshqalardan hurmat va e’tiborni talab etadi. Uchinchidan, jamiyatda ma’aviy dunyoqarashning pastligi ya’ni boshqa millatga nisbatan o`z millatini ustun qo`yish, o`zga urf-odat, madaniyat va an’analarni mensimastlik ham millatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir ko`rsatadi. To`rtinchidan, fuqarolik jamiyatining istiqbolini ta’minlash uchun milliy madaniy markazlar va milliy tipdagi tashkilotlar faoliyatini umumdavlat va umumxalq manfaatlariga muvofiqlashtirish hamda ularni milliy biqiqlikdan umumtaraqqiyot tomon yo`naltirish lozim. Beshinchidan, demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlarda muvozanatni ta’minlashda har bir millatga xos etnopsixologiyani inobatga olish talab etiladi4.
Millatlararo totuvlik – milliy bosh g`oyamizning asosiy tamoyili. Millatlararo totuvlik g`oyasi-milliy istiqlol mafkurasining asosiy g`oyalaridan biri bo`lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o`zbek millati va Shu bilan birga o`zlarining o`rtasida ko`p yillarga mo`ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do`stonalik, yakdillik, qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi. Bu g`oya jamiyatimizda to`la-to`kis amal qilishi uchun, u zarur bo`lgan huquqiy qonunlar bilan ta’minlangan. Markaziy Osiyo hududida qadimdan beri yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning tarixi mufassal ko`rib chiqilsagina, millatlararo totuvlik g`oyasining naqadar chuqur va baquvvat tomirlari mavjudligiga amin bo`lishimiz mumkin bo`ladi. Vaqti kelib, bu tomirlar to`g`risida ko`plab ilmiy tadqiqotlar olib boriladi va qanchadan-qancha badiiy asarlar yoziladi. Millatlararo totuvlik g`oyasining mazmun-mohiyati, uning jamiyatimiz hayotida tutgan o`rni va ahamiyatini to`g`ri anglash uchun, Markaziy Osiyo xalqlarining kamida uch ming yillik madaniy va ma’naviy tarixini yaxshi bilishimiz talab qilinadi. Shuni yaxshi anglashimiz kerakki, hozir bu g`oya jamiyatimizning barcha jabha va sohalarida uzul-kesil amal qilib kelishi tasodifiy bir hol emas, balki u zaruriy hodisa sifatida xalqimizning ongi va qalbida etishib, shakllanib, uning hayotida ming bor marta sinovlardan o`tib, duri-gavhardek baholanib va ma’qullanib kelgan.


tải về 5.49 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương