Direktorvamutaxassislariniqaytatayyorlashvaularningmalakasinioshirishinstituti


II-BOB. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda millatlararo totuvlik tushunchalarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari



tải về 5.49 Mb.
trang5/7
Chuyển đổi dữ liệu27.09.2023
Kích5.49 Mb.
#55200
1   2   3   4   5   6   7
Duysenova Jadira Tulegenovna kurs ishi tt

II-BOB. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda millatlararo totuvlik tushunchalarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari
2.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy tarbiya asosida ma’naviyaxloqiy sifatlarini shakllantirish
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur»ning asosiy maqsadli vazifalari va yo’nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan. Qarorga ko'ra, maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o'rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo'yicha komissiya tashkil etilgan hamda uning asosiy vazifalari qatorida quyidagilar belgilangan:

  • maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg'un rivojlantirish sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishda davlat talablarini qayta ko’rib chiqish;

  • mavjud amaliyot va ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash7.

Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim, kasb-hunarlarni egallashi, ma’nan-axloqan, jismonan yetuk insonlar bo`lib ulg`ayishi, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, fidoyilik tuyg`ularini yuksaltirish borasida O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasida “Jismonan sog`lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash” ustuvor vazifa etib belgilangan. Mana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizda maktabgacha ta’limni yanada rivojlantirish, uning samarali faoliyat ko`rsatishini ta’minlashga qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilind. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolaning ongiga singdirilgan bilim va ma’naviy qadriyatlar uning kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli o`zaro va oiladagi munosabatlar, yaqin kishilarga g`amxo`rlik qilish, bolalar tarbiyasida milliy tarbiya usullari va zamonaviy pedagoglarning ilg`or yutuqlaridan samarali foydalanish, uyg`un rivojlangan bola shaxsini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, «Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor san’atida mujassam topgani hammamizga yaxshi ma’lum. Folklor san’ati, ta’bir joiz bo`lsa, bu – insoniyatning bolalik qo`shig`idir». Yosh maktabgacha ta’lim davri bolalariga beriladigan ma’naviyaxloqiy tarbiya bevositaM.Koshg`ariy, U.Kaykovus, A.N.Forobiy, alXorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, A.Navoiy kabi sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida keltirilgan alla, ertak, maqol, topishmoqlarga va xalq tilidan yozib olingan xalq og`zaki ijodi namunalari orqali singdiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsining «Ilk qadam» Davlat o`quv dasturida belgilanganidek, o`quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. Mazkur hujjatda maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim 4ta kompetensiyasi aks ettirilgan:

  • kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish;

  • o`yin kompetensiyasi – bolaning o`yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba,

  • bilim va ko`nikmalardan ijodiy foydalanish, u o`quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi;

  • ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o`zini tutish;

  • bilish kompetensiyasi – atrof olamni ongli idrok qilish va olingan bilim, ko`nikma, malaka va qadriyatlardan o`quv va amaliy vazifalarni bajarish uchun foydalanish.

Bog`cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko`ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin: - birinchi davr - bu 3-4 yosh oraligida bo`lib, bola emotsional jihatdan o`z– o`zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog`liqdir; - ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni tashkil qilib ahloqiy o`z–o`zini boshqarish; - uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi8. Maktabgacha davrda ahloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. Ahloqiy tushunchalar manbai sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo`lishi mumkin. Ahloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida o`tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga erishishga 67 bo`lgan harakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kattadir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni integral tarzda ma’naviy axloqiy tarbiyasini tashkil etish aniq maqsadga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayon bo`lib, ushbu jarayonda quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi: Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ma’naviy-axloqiy me’yorlar hamda axloqiy munosabatlar mohiyati va ularning ijtimoiy jamiyat hayotidagi ahamiyati to`g`risida ma’lumot beriladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ma’naviy-axloqiy tushunchalarni egallashga bo`lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, ma’naviyaxloqiy ongni qaror toptirish.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ijobiy mazmundagi ma’naviy-axloqiy sifatlar (vatanparvarlik, mehnatsevarlik, go`zallikni xis qilish, go`zallik yaratishga intilish, rostgo`ylik, ozodalik, orastalik, o`zaro do`stlik, axillik, shirinso`zlik, saxiylik, jasurlik va hokozolarni) qaror toptirish.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ma’naviy-axloqiy mazmundagi xulqatvor, xarakter va irodani shakllantirish. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirish. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim muasssalaridagi ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy muammolar, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni integratsiyalashgan mashg`ulotlarda ma’naviyaxloqiy tarbiyalash tizimiga xizmat qiluvchi ijobiy omillar bilan birga undagi pedagogik muammolarni ham aniqlashga imkon beradi. Xulosa qilib aytganda bog`cha yoshidagi davrining o`ziga xos xususiyati shundaki, bu davrda bolalarda xarakter hislatlarining namunalari shakllanib ahloqiy xarakterning asoslari vujudga keladi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang`ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog`lom va rivojlangan shaxs bo`lib shakllanishini ta’minlab, o`qishga bo`lgan ishtiyoqini uyg`otadi, tizimli o`qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo`lib shakllanishida muhim o`rin tutadi.


tải về 5.49 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương