Direktorvamutaxassislariniqaytatayyorlashvaularningmalakasinioshirishinstituti


Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi



tải về 5.49 Mb.
trang4/7
Chuyển đổi dữ liệu27.09.2023
Kích5.49 Mb.
#55200
1   2   3   4   5   6   7
Duysenova Jadira Tulegenovna kurs ishi tt

1.2. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi
O`zbekiston polietnik davlatlar qatoriga kiradi. Asrlar davomida bu erda o`zbeklar bilan yonma-yon tojiklar, qoraqalpoqlar, qozoqlar, qirg`izlar, turkmanlar, uyg`urlar va boshqa ko`pgina xalqlarning vakillari ahil va inoq yashab kelishgan. Shuni aytish mumkinki, mamlakatimizning ko`pmillatliligiga xalqimizning ochiqko`ngilligi va mehmondo`stligi ham sabab bo`lgan. Bu mintaqadan o`tgan Buyuk Ipak yo`li esa iqtisodiy, madaniy va ma’naviy aloqalarning kengayishiga xizmat qilgan. Shu o`rinda ayrim dalillarga murojaat qilamiz:
1897 yilda respublikamizning hozirgi hududida 70 millat vakili yashagan. 1927 yilga kelib 90 millat va elat vakili istiqomat qilgan. 1959 yilda 113 millat vakili ro`yxatga olingan. Bugun esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari bor.
Hozirgi kunda yurtimizda 140 dan ziyod milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda5. Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika “Baynalmilal madaniyatlar markazi” tashkil etilgan. U jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ`ib qilishga baholi qudrat o`z hissasini qo`shib kelmoqda. Tashkil etilayotgan ko`plab tadbirlar, konsert dasturlari, kechalar, festivallar, ko`rik-tanlovlar, konferensiyalar Shular jumlasidandir. Masalan, “O`zbekiston — umumiy uyimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” kabi shiorlar ostidagi festivallar ko`p millatli aholimizning chinakam do`stlik bayramiga aylanib ulgurgan, desak, mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Har yili milliy ayyomlarimiz ham markazimiz boshchiligida milliy madaniy markazlar bilan birgalikda munosib nishonlanmoqda.
Ta’kidlab o`tish o`rinliki, bugun O`zbekiston televidenie va radiosida 10 tilda (o`zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg`iz, tojik, turkman, tatar, uyg`ur, ozarbayjon) ko`rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o`zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg`iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o`zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg`iz, tojik, turkman) bosiladi.O`rta va oliy ta’lim 7 tilda: o`zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg`iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi. Millatlararo totuvilik - umumbashariy qadriyat. Er yuzidagi 1600 dan ortiq millatdan bor-yo`g`i 200 ga yaqini o`z davlatchiligiga ega, xolos. Bunday sharoitda butun dunyoda millatlararo totuvlikni ta’minlash uchun ularning manfaatlari, ruhiyati, intilishlarini muntazam o`rganib borish, siyosiy-ijtimoiy hayotda buni doimo e’tiborga olish zarur.
Jamiyatda millatlararo totuvlik barqaror bo`lishini ta’minlash yo`lidagi amaliy ishlar ma’naviy-ruhiy jarayonlarda ham o`z ifodasini topmoqda. Ushbu jarayonga xos xususiyatlarga to`xtalishdan oldin metodologik ahamiyatga ega bir masalaga diqqatni qaratish lozim. Ma’lumki, ommaviy axborot vositalarida ham, ilmiy adabiyotlarda ham boshqa mamlakatlarda yashovchi turli millat va elat vakillarining o`z milliy davlatlariga bo`lgan munosabatlarini ifodalash uchun aksariyat hollarda «etnik vatan» yoki «tarixiy va­tan» tushunchalari ishlatib kelinmoqda. Bu tushunchalarning to`g`riligini inkor etmagan holda, ularni o`rinsiz qo`llash hollari ham mavjudligini ta’kidlash zarur. Masalan, yurtimizda istiqomat qiluvchi tojiklar uchun Tojikiston, qirgizlar uchun Qirgiziston, qozoqlar uchun Qozog`iston, turkmanlar uchun Turkmaniston hech qachon etnik yoki tarixiy Vatan bo`la olmaydi. Bizningcha, «etnik vatan» va «ta­rixiy Vatan» tuShunchalari deyarli bir xil mazmunga ega bo`lib, xalqning tarixan et­nik birlik sifatida shakllangan hududini anglatadi. Nomlari zikr qilingan millatlarning bir qismi esa tarixan hozirgi O`zbekiston hududida yashab kelgan va bugungi kunda qo`shni davlatlarga nom berib siyosiy jihatdan uyushgan qismi bi­lan bog`liq holda yagona etnos sifatida rivoj topgan. Demak, ular tarixan Shu hududda yashab, etnosning bir kismi si­fatida shakllanganlar. Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa, etnik(tarixiy) Vatani qaerda bo`lishidan qat’i nazar, fuqarolarimizda «O`zbekiston – yagona Vatan» degan tuyg`u qaror topganini bugungi kunda kechayotgan ma’naviy-ruhiy jarayonlarning asosiy xususiyati sifatida qayd etish lozim.
Diniy bag`rikenglik bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o`zini ifodalash va inson alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish va to`g`ri tuShunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hurfikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bobur va Boburiylar ham Hindistonda vijdon erkinligini amalda namoyon qildilar va Shu siyosatni yurgizdilar. Diniy e’tiqod tufayli fuqarolar o`rtasida janjallar chiqishi mumkin emasligi, bu barcha dinlarning muqaddas kitoblari mazmun-mohiyatidan kelib chiqishini mafkuraning asosiy yo`nalishlaridan biri etib belgiladilar. O`zbekiston Konstitutsiyasining 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega.Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi” deyilgan.Demak, fuqarolar o`z vijdoni amr qilgan xohlagan dinga e’tiqod qilishi yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmasliklari mumkin. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risidagi qonunga binoan, hozir O`zbekistonda 16 ta diniy konfessiya, jumladan islom, xristian, yahudiylik va boshqa dinlar vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab, o`zlarining diniy e’tiqod amallarini erkin ado etib kelmoqdalar. Respublikada 2250 dan ortiq diniy tashkilot, Shu jumladan, O`zbekiston musulmonlari idorasi, rus pravoslav cherkovi, Toshkent va O`rta Osiyo, Evangel xristian baptistlar cherkovlari ittifoqi, Rim katolik cherkovi, to`liq injil xristianlar markazi, O`zbekiston bibliya jamiyati, 2000 ga yaqin masjid, 163 ta xristian cherkovi, 7 ta yahudiylar jamoasi, 7 ta baxoiylar jamoasi, 2 ta krishnani anglash jamiyati va 13 diniy o`quv yurti, (1 ta islom ma’xadi, 10 madrasa va 1 provaslav va 1 ta to`liq injil xristian seminariyasi) davlat ro`yxatidan o`tgan.
O`zbekiston mustaqillik davrida jamiyat hayotining barcha sohalarida erishgan yutuqlarning xorijlik mutaxassislar tomonidan e’tirofiga doir misollarni ko`plab keltirish mumkin. Lekin buning uchun bitta kitob sahifasi etarli emas. 2007 yilda ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi xalqaro Aysesko tashkiloti tomonidan Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti, degan yuksak nomga sazovor bo`ldi. 2018 yil Toshkentda Islom tadqiqotlari xalqaro markazi, Samarqandda Imom Buxoriy tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Istiqlol yillarida respublikamizda Qur’on (uch marta), Qadimgi Ahdning 16 kitobi va Yangi Ahd to`laligicha o`zbek tiliga o`girilib, nashr etildi. 2018 yilda Qur’on oyatlari qiroati bo`yicha qorilar musobaqasi o`tkazildi.
Vijdon erkinligi –fuqarolarning istagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik huquqidir. Vijdon erkinligihuquqi BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 1981 yil 25 noyabrda qabul qilingan 36-55-son Rezolyusiyasida belgilangan insonning asosiy huquqlaridan biri hisoblanadi..Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo`l qo`yilmaydi”, deb qayd etilgan.Vijdon erkinligi demokratiyaning ajralmas tarkibiy qismidir; u fuqarolarning dinga munosabatlaridan qat’i nazar, teng huquqligi, barcha diniy konfessiyalarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan hech qanday majburiyat yo`qligi, diniy idora ishlariga davlatning aralashmasligi, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanish mumkin emasligini ifoda etadi. Vijdon erkinligi dindorlarning diniy his-tuyg`ularini haqoratlamagan holda diniy mutaassiblik, jaholatparastlik, da’vat va nizoga, ekstremizmga, qonuniy davlatga qarshi diniy partiya, jamoa, uyushma, harakat va jamg`armalar tuzilishiga qarshi tashviqot va targ`ibot ishlarini olib borish erkinligini ham kafolatlaydi. Mazkur qonunning 1- va 4-moddalari fuqarolar o`zlarining dinga bo`lgan munosabatini erkin belgilash, marosim va udumlarni bajarish hamda qonun oldida barchaning dinga bo`lgan munosabatlaridan qati nazar tengligiga kafolat beradi. Hozirgi paytda mamlakatimizda 16 ta diniy konfessiya – uyushma mavjud bo`lib, bularning eng yiriklari islom, pravoslav va yahudiylikdir. Ular ixtiyorida masjidlar,madrasalar, sinagogalar, cherkovlar, jurnal va gazetalar bor. Bugun O`zbekiston musulmonlaridanminglab fuqarolar haj ziyoratiga,umra safariga bemalol borib kelmoqdalar. Barcha fuqarolar uchun Vijdon erkinligi talablari va tamoyillarini amalga oshirish imkoni to`la ta’minlanib, u jamiyatimiz ma’naviy hayotining tarkibiy qismiga aylangan.
Diniy qadriyatlarni hurmatlash.Yer kurrasida eng ko`p tarqalgan, jahon xalqlarining asosiy qismi e’tiqod qiluvchi va jahon dinlari deb tan olingan dinlar: buddaviyliq xristianlik va islom dinidir. Din inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan ba’zi mu­rakkab ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalarni ham bajaradi. Xususan, u aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma’na­viy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilishga xizmat qiladi. Ayni paytda, har bir din turli urf-odat, marosim va bayramlar yordamida o`z qavmi turmushini tartibga solish, nazorat kilishga ham xizmat qiladi. Qadimdan diyorimizda buddaviyliq zardushtiyliq nasroniylik, yahudiylik, islom dinlari yonma-yon yashab kelgan, madaniyat markazlari hisoblangan shaharlarimizda masjid, cherkov, sinagogalar faoliyat ko`rsatgan. Ularda turli mil­lat, elat va dinga mansub xalqlar, qavmlar o`z diniy amallarini emin-erkin ado etgan. Vatanimiz tarixining eng murakkab, ziddiyatli, og`ir davrlarida ham yurtimizdagi mav­jud din vakillari orasida diniy asosda mojarolar bo`lgan emas. Bu yurtimiz xalqlarining diniy bag`rikenglik borasida katta tajribaga ega bo`lganidan dalolat beradi.
Butungi globallaShuv tendensiyalari turli sohalarda tobora avj olayotgan, natijada u yoki bu hududda etakchi mavqega ega bo`lish uchun goh yashirin va goh ochiqchasiga mafkuraviy, ayrim hududlarda geosiyosiy, geostrategik manfaatlar o`zaro to`qnashayotgan, bir-birlari bilan ziddiyatga kirishayotgan davrda diniy g`oyalardan foydalanish ham ba’zi siyosiy «o`yinchi»lar uchun asosiy omillardan biri deb qaralmoqda. Ayniqsa, ayrim mintaqalarda islom dinidan foydalanishga urinish keng avj olmoqda.Diniy bag`rikenglik demokratik davlat qurish uchun, demokratik ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun ham nihoyatda zarur. Diniy bag`rikenglik mazmun-mohiyatining o`zi fuqarolar o`rtasida o`zaro tenglik, hamkorlik va hamjihatlik munosabatlari bo`lishini taqozo etadi. Buni «diniy bag`rikenglik» atamasiga berilgan ta’rifdan ham bilsa bo`ladi. «Milliy g`oya: targ`ibot texnologiyalari va atamalar lug`ati»da «diniy bag`rikenglik»ka qo`yidagicha ta’rif berilgan: «xilma-xil diniy e’tiqodda bo`lgan kishilarning olijanob g`oya va niyatlar yo`lida hamkor va hamjihat bo`lib yashashi, kishilik jamiyati ravnaqi yo`lida xizmat qilishini anglatadi»6. Hozirda bu g`oya ezgulik yo`lida nafaqat dindorlar, balki jamiyatning barcha a’zolari hamkorligini nazarda tutadi. Diniy bag`rikenglik tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ozod va obod Vatan qurishning muhim shartidir.
Qisqa qilib aytganda, diniy ma’rifat va bag`rikenglikni rivojlantirish demokratik, ochiq jamiyatni shakllantirish uchun g`oyaviy asos bo`ladi, hech qandayekstremizm va terrorizmga o`rin qoldirmaydi. Chunki bunday sharoitda diniy ekstremizm va terrorizm uchun ma’naviy asos, baza yo`qoladi, jamiyatda sog`lom ma’naviy-g`oyaviy muhit qaror topadi. Bu borada mamlakatimizda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi qonunning katta ahamiyati bor.
Turli konfessiyalarning teng xuquqligi. O`zbekiston ko`pkonfessiyali mamlakat hisoblanadi. 130 dan ortiq millatga mansub 36 milliondan ziyod aholi 16 ta diniy konfessiyaga e’tiqod qiladi. Istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, respublikamizda e’tiqod erkinligi qonun an kafolatlandi, diniy an’ana va qadriyatlar rivojlanishi uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratila boshlandi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda 2200 dan ziyod diniy tashkilot rasman faoliyat yuritadi.Yildan-yilga aholi, jumladan, yoshlar o`rtasida milliy o`zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarga hurmat, ma’naviy kamolotga intilish hissi muntazam o`sib bormoqda. Odatda, jamiyatda tinchlik-osoyishtaliq barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlashda turli dinlarga mansub aholi o`rtasidagi totuvlik, hamjihatlik muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda respublikamiz ijtimoiy-siyosiy barqarorliq dinlararo va millatlararo totuvlik buyicha dunyodagi 230 ga yaqin mamlakat ichida yetakchi o`rinda turadi, desak hech mubolag`a bo`lmaydi.
Asosiy Qonunimizda boshqa millat vakillarining haq-huquqlari kafolatlangan, jumladan: “O`zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (4-modda).


tải về 5.49 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương