Sana: sinf: mavzu: alisher navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari



tải về 0.95 Mb.
trang3/4
Chuyển đổi dữ liệu08.04.2024
Kích0.95 Mb.
#57101
1   2   3   4
ALISHER NAVOIYNING dars ishlanma
1-50 феъллар, photo 2023-10-05 08-33-40
O’quvchilarning
taxminiy javobi: Navoiy ushbu misralarda so’z haqida fikr yuritmoqda.
Oqituvchi: Darsimizga shior tanlab olamiz. Inson muruvvatliligi, saxovatliligi bilan oliy maqomga erishadi. Shuning uchun bugungi darsimizda Alisher Navoiyning yaxshilik haqida aytgan quyidagi so’zlarni shior qilib olishni lozim deb topdim:
(Ushbu so’zlar yozilgan ko’rgazma osib qo`yilgan bo’ladi; bir o’quvchi o’qib eshittiradi.)
Bu gulshan ichra yo’qtur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshilik bila ot.

O`qituvchi: Barchaga ma’qulmi?
Endi bugungi darsimizga kutuvlar tuzamiz:

  1. Yangilik

  2. Fikr almashish

  3. O’zaro hurmat

  4. Hamkorlik


Qoidalar:

  1. O’zgalar fikrini hurmat qilish

  2. Baholashga shoshilmaslik

  3. Tartib - intizom

  4. Ozodalik



III. Yangi mavzuni o’tish:
O`qituvchi: O’quvchilar, siz g’azal mulkining sultoni, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodi bilan qisman tanishsiz. Siz bugungi darsda trening mashg’uloti asosida Navoiy haqida kengroq ma’lumotga ega bo’lasiz. Har bir guruhda mavzuga oid topshiriqlar bo’lib, berilgan vaqt ichida ishlarni taqsimlab, hamkorlikda bajarishingiz kerak.
O’quvchilarga “Klaster” usulida topshiriq bajartiriladi

Blis savollar


(Bu savollar “ha” yoki “yo‘q” tarzida to‘g‘ri ochiq, javoblarni berishni ko‘zda tutadi)

  1. A. Navoiy bolaligida Taft shahrida buyuk tarixchi olim Sharafiddin Ali Yazdiy bilan bilan uchrashadi.

  2. Alisher Navoiy Mavlono Lutfiyni “Ota masobasi” (darajasida) ko‘rgan. - (Said Hasan Ardasherni)

  3. Alisher Navoiy o‘z ijodidagi janrlarini sinflar deb atagan.

  4. Mumtoz she’riyatimizdagi “begona bayt” tushunchasi maqta’dan oldingi bayt hisoblanadi.

  5. Navoiyning “Kelmadi” radifli g‘azali hazaji musammani solim vaznida yozilgan. – (ramali musammani mahfuz)

  6. Navoiy “Munshaot” asarida hukmdorlarning biriga jo‘natilgan maktubda ikki narsani maslahat tariqasida qattiq shart qilib qo‘yadi:

1) Haq taolo amriga to’la itoatda bo‘lib, buyurilgan ishlarini so’zsiz bajarish 2). Tangri man etgan ishlarni qilmaslik)

  1. Turkiy she’riyat uchun eng an’anviy bo‘lgan vazn - ramali musammani mahzuf .

  2. A. Navoiyni Bobur “nizomi millati va din” (ya’ni “din va millatning nizomi”) deb ta’riflaydi. (nizom – tartib).

  3. M. Shayxzoda Alisher Navoiy g‘azallarini uchga bo‘lib o‘rganish mumkinligini aytgan: oshiqona, orifona, (donolarcha, bilimdonlik bilan), (rindona).

  4. “Deyin” g‘azalida radul matla (matla’ni takrorlash) badiiy san’atidan foydalanilgan.

“Zinama-zina” o’yini (nasriy asarlarga izoh) Har bir guruh o’zi tanlagan nasriy asarni tahlil qilib, izohlab beradi


Dam olish daqiqasida o’quvchilar “Yosh Navoiy va Mavlono Lutfiy” sahna ko’rinishini ijro etib beradilar

Klouz-test
“Navoiy zamondoshlari xotirasida”
Davlatshoh Samarqandiy “Haft Paykar” asarida
Bu mashhur va ___ darajali amirning buyuk otasi zamonasining ___kishilardan va ___ ulusining ulug‘laridan va sulton ___ Bobur bahodir hukmronligi davrida sultonning yaqin kishisi erdi.
Klouz-test
“Navoiy zamondoshlari xotirasida”
Mirxond “Ravzat us-safo” asarida
Amir Alisherning hol surati quyidagicha bo‘ladi: ul oftob dillik amirning ___va ___ bobosi avval zamon taqozosiga ko‘ra, ___ ___ ko‘ragonning o‘g‘li __________ bahodirning joy olib, e’tibor qalami uning bisot lavhiga ko‘kaltoshlik darajasini yozgan edi.
Tushunchalar tahlilida o’quvchilar birma-bir she’riy san’atlar haqida ma’lumot beradilar
Tashbex – baytda ma’no jihatdan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lgan (antonim) so‘zlarni qo‘llab, ta’sirchan badiiy timsollar lavhalar yaratish san’ati.
Mubolag‘a – tasvirlanayotgan narsa, shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo‘rttirib kuchaytirib tasvirlash usullari.
Irsoli masal – O‘z fikrini maqol, metal, ibora yoki hikmatli so‘z orqali quvvatlash.
Tajnis – shakli bir xil ammo ma’nosi har xil so‘zlar yoki so‘z turkumlarini qo‘llash.
Metonomiya – ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslanadigan o‘xshashsiz ko‘chim.
O‘xshatish – odamlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni jonsiz narsalar, tabiat hodisalari, hayvon, parranda qush kabilarga ko‘chirish orqali hosil qilin adigan tasvir usuli.
Istiora – Badiiy asarda so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda qo‘llash san’ati.
Portret – Adabiy asarda kishining tashqi qiyofasi siymosi, kiyim-kechagi, o‘zini tutishi kabi tasvirlar.
Sifatlash – narsa, voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning belgi-xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so‘zni qo‘llash.
Peyzaj – Badiiy asarda aks ettirilgan joy va tabiat tasviri.
O’qituvchi guruhlararo “G’azal ifodali o’qish” musobaqasini o’tkazadi. Bu topshiriqda o’quvchilar g’azalni ifodali o’qib, yana tahlil qilib beradilar vazni va bayti haqida aytib ta’riflaydilar.



tải về 0.95 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương