Samarqand davlat chet tillari instituti



tải về 476 Kb.
trang2/7
Chuyển đổi dữ liệu15.05.2024
Kích476 Kb.
#57623
1   2   3   4   5   6   7
Rushana

Mavzuning dolzarbligi: O‘rganilayotgan tilda adabiyotnig o‘rni juda katta. Ayniqsa she’riyat o‘sha tilning lugaviy boyligini ochib beradi va o‘rganuvchi tolibi ilmlarga so‘z boyligini oshirishda yordam beradi. Hamda arab adabiyotini o‘rganish, tarjima qilinmagan asarlarni tatbiq etish lozim. Bu esa albatta fanda qator yangiliklar olib keladi. Hozirgi kunda bir qator tarjima qilinmagan hamda o‘rganilmagan asarlar mavjud, chunki bu sohada kadrlarning kamligi hamda o‘rganish bo‘yicha manbaaning ozligi. Arab adabiyoti juda boy nafaqat so‘z boyligiga balki ma’no jihatdan ham barcha til adabiyotlaridan farq qilib turadi. o‘rganilayotgan til adabiyoti haqida ilmiy asarlar, desertatsiyalar yoki maqolalar o‘qish, tahlil qilish shu til haqida chuqurroq ma’lumotga ega bo‘lishni taminlab beradi. Ayniqsa so‘nggi 6 yil ichida yurtimizdagi ulkan islohotlar natijasi o‘laroq arab mamlakatlar bilan ham siyosiy ham savdo-sotiq aloqalari o‘rnatilmoqda va bu bugungi kunda shu tilning yetuk mutaxassislari va yosh kadrlarini yetishtirib chiqarishni talab etmoqda.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Arab ma’rifatparvarlik adabiyoti mumtoz davriga asosiy tushuncha berish, taraqqiyot qonunlarini tushunish, mumtoz arab she’riyati bilan tanishish, o‘rta va yangi davrda she’riyat tarixiga oid bilimlarning taraqqiyotini qiyosiy tahlil qilish. She’rlarning mohiyatini, shoirlarning hayotini hamda she’rlarning turlarini ya'ni hilma hilligini o‘rganish. Izlanish davomida ilmiyishlar olib borgan olimlarning ishlarini taqqoslash, yutuq va kamchiliklarini o‘rganish.
Kurs ishining obyekti va predmeti. Arab tilini o‘rni va rolini aniqlash, uni o‘rganishdagi muammolarni hal etishdagi amaliy ishlar tahlili.
Kurs ishining ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi tog‘risida”gi qarori, 2012- yil 10-dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashrirish chora-tadbirlari tog‘risida”gi 1875-sonli PQ qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu muayyan darajada xizmat qiladi. Hozirgi kunda boshqa tillar kabi arab tilida ham bir qator tarjima qilinmagan hamda o‘rganilmagan asarlar mavjud, chunki bu sohada kadrlarning kamligi hamda o‘rganish bo‘yicha manbaalarning ozligi bunga to‘siq bo‘lmoqda. Ish davomida bu borada bir qator ilmiy asoslangan yechimlarni ko‘rib chiqamiz.

tải về 476 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương