Samarqand davlat chet tillari instituti


O‘zbekistondagi mavjud arab tili o‘qitish metodlari



tải về 476 Kb.
trang5/7
Chuyển đổi dữ liệu15.05.2024
Kích476 Kb.
#57623
1   2   3   4   5   6   7
Rushana

3. O‘zbekistondagi mavjud arab tili o‘qitish metodlari
Bugungi kunimizda xorijiy tillarni bilish, o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir Avaz o‘tar ta’biri bilan aytganda, til vositayi robitayi olamiyondir. Zero, til bilish bilan birgalikda uni o‘rganish davomida ko‘plab yangi ilmlar va ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Xuddi shuningdek, zamonaviy tillarni “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘rganishda yangi metod va uslublarni qo‘llash, o‘sha tilni o‘zlashtirishda yaxshi samara beradi. Kundan-kunga chet tillarini tezroq, samaraliroq va qiyinchiliksiz o‘rganish va o‘rgatish maqsadida yangi til o‘qitish metodlari ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, Yevropa mamlakatlari xorijiy tillardan o‘rganuvchining til o‘zlashtirishdagi ilmiy salohiyatini baholash maqsadida Common European Framework of Reference (CEFR) – Umum Yevropa Til Ko‘nikmasi Qolipi tizimi Yevropa kengashi tomonidan “Language Learning for European Citizenship” loyihasi doirasida 1989-1996-yillarda ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi – umumiy Yevropa tillari uchun qabul qilinadigan baholash va o‘qitish uslubini taqdim etishdir. Keyinchalik bu uslub arab tiliga ham tatbiq etildi va bugungi kunda arab tilini o‘qitishda eng zamonaviy metodlardan biri bo‘lib turibdi. Ushbu uslub eski uslublardan farqli ravishda beshta til bilish kompetensiyalarini o‘z ichiga olib, اللغوية المهارات, ya’ni til bilish ko‘nikmalari deyiladi. Unda grammatik kompetensiya (النحو) bilan bir qatorda so‘zlashish (التكلم), tinglab tushunish (اإلستماع), o‘qib tushunish (القراءة) va yozish (الكتابة) kabi beshta ko‘nikmalari belgilangan daraja asosida o‘qitiladi. Hamda til o‘zlashtiruvchi o‘zi maqsad qilgan daraja asosida ta’lim olgach, o‘sha darajada belgilangan CEFR imtihonlarini topshiradi. Faqat bunda oldindan kerak bo‘lgan daraja topshiruvchi tomonidan belgilab olinishi zarur. Uning darajalari quyidagilardan iboratdir: A1 va A2 darajalar – tilni endi o‘rganayotgan, boshlang‘ich bosqichdagi foydalanuvchi; B1 va B2 darajalar – tildan erkin foydalana oladigan, o‘rtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi; C1 va C2 darajalar – tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilardir. Quvonarlisi ushbu uslub ko‘plab mamlakatlar qatori O‘zbekistonda ham o‘quv metodi sifatida qayta shakllantirilib, unga milliy sertifikat maqomi berildi. Ma’lumki, til o‘rganuvchilar ichida til bilishga qiziqadigan, lekin zehniy qobilyati uncha yaxshi bo‘lmagan, kitob varoqlash va so‘z yodlashga toqati bo‘lmagan yoki ko‘pchilik ichida gapirishga uyaladigan ko‘plab o‘rganuvchilarni ko‘rishimiz mumkin. Bu turdagi o‘rganuvchilar uchun TEDBOOK, BOOKNOMY.UZ, SMARTBOOK.UZ, Pimsleur Arabic Modern Standart kabi kompaniyalar innovatsion usulda yondashilgan elektron va elektron bo‘lmagan intensiv kitoblarni taqdim etmoqda. Bu kitoblarning deyarli barchasida audio darslar bo‘lib, ularni bir kunda 2-2,5 soat mobaynida tinglash tavsiya etiladi. Ushbu darsliklar o‘rganuvchilar tomonidan yuqori baholanmoqda. Bu kurslar olti oyga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘rganuvchilarning olti oydan so‘ng nutqi rivojlanishiga, o‘rganilayotgan tilda bemalol so‘zlasha olishlariga kafolat beradi. Jumladan, smartbook.uz kursi, kitob haqida quyidagicha taklif beradi: “Interaktiv arab tili metodikasi 6 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir oyda 4 haftalik darslar mavjud. Jami 24 ta darslik qiziqarli hikoyalar, iboralar va hayotda eng ko‘p uchraydigan so‘zlardan tashkil topgan. 4 ta oltin qoidaga amal qilib, har bir darslik uchun berilgan mashqlarni 7 kunlik darslikni tamomlagandan so‘ng, albatta bajaring: “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 1. Diqqat bilan eshiting va kitobdan kuzatib boring. 2. Har bir darslikni 7 kun mobaynida kuniga kamida 2 soat eshiting (tilni tez o‘rganishingiz ko‘proq diqqat bilan eshitishingizga bog‘liq). 3. Darslikdan sakrab o‘tmang (bir darsni qoldirib 2-darsga o‘tish taqiqlanadi). 4. Audio darslik eshitganingizda o‘zingizni arablar kabi his qiling.” “Ushbu interaktiv kurs bir necha yillar davomida tilshunoslar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ularning tadqiqotlari natijasida chet tillarni o‘rganishdagi eng samarali uslub hisoblanadi”- deydi, kitob muallifi”. Kitobda takrorlash sistemasi ham ishlab chiqilgan bo‘lib, mavzu o‘qilgach 2-3 marotaba takrorlab chiqish va 5 daqiqa dam olish, undan so‘ng dam olish oraliq vaqtlarini 10 yoki 20 daqiqa, 2-3 soat va 5-7 soat cho‘zib davom ettirish aytilgan. Pimsleur Modern Arabic Standart kitobi esa, darslarni arab tilini ingliz tili orqali o‘rganish yo‘nalishi bo‘yicha tuzib chiqqan. Ushbu dastur bir kunda arab tili bilan shug‘ullanish vaqti 30 daqiqa ekanligini ta’kidlaydi. Bunda arab tilidagi har bir so‘z dastlab bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz qilinib, so‘ngra so‘zlarga va butun bir gap holida takrorlash amaliyoti asnosida o‘rganiladi. Bunda miyaning bilimni qabul qilish koffesienti katta miqdorda ortadi. Booknomy kompaniyasining 2016-yildan buyon amalga oshirib kelayotgan tadqiqotlariga ko‘ra, intensiv kurslar ijobiy natija ko‘rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda kompaniya kitobi 2017-yilda 374 nafar o‘quvchilarda sinab ko‘rildi va 100% natijaga erishildi. Metod Amerika va Yevropa davlatlari ta’lim texnologiyasi, hamda A.G. Hoge, Dr. Paul Pimsleur va boshqa metodlar asosida ishlab chiqilib, o‘zbekiston mentalitetiga moslashtirildi. “Biz 2018-yildan buyon 50 000dan ziyod hamyurtlarimizga ingliz, rus va koreys tillarini o‘rganishga yordam berdik”-, deydi kompaniya ma’muriyati. Tedbook kompaniyasi esa, darslarni 10 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarga moslab ishlab chiqib, o‘rganish muddat davrini boshqa kompaniyalardan farqli ravishda 5 oy etib belgiladi. 3D audio kurslarini taklif etdi. Ushbu kompaniya obunachilari Gonkongda 197000, Tayvandda 245000, Xitoyda 4000 nafarni tashkil etmoqda. Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy uslublarni yanada shakllantirish maqsadida yangi uslub bo‘lgan meta-ta’lim asosida ishlab chiqilgan mnemonika darslari ham keng yoyilmoqda. Meta so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilinganda “yordamchi” degan ma’noni anglatadi. Ushbu so‘z yordamchi ta’lim deya nomlanadi. Meta-ta’lim o‘rganish jarayonini tezlashtirishga asoslangan. Hozirda meta-ta’lim texnologiyalari dunyodagi barcha ta’lim texnologiyalari ichida birinchi o‘rinni egallashi ta’kidlanmoqda. Meta-ta’lim hozirda Yevropaning eng rivojlangan davlatlarida (Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya) hamda AQShda keng rivojlangan va rivojlanib bormoqda. Meta-ta’limning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat bo‘lib: ta’lim tizimini eskilik sarqitidan zamonaviy holatga olib chiqish; ta’lim samaradorligini oshirish; ta’lim jarayonini tezlashtirishdir. Meta-ta’limning tarmog‘i bo‘lgan mnemonika so‘z yodlashda xotiradan imkon qadar to‘liq foydalangan holda, “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondoshuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman yodlanayotgan so‘zni tasavvur qilish va so‘zlarni hikoyada obrazlantirib yodlashni tavsiya etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir til o‘rganuvchi yiliga 1200-1500 miqdorda so‘z yodlar ekan. Mnemonika mashqlari kashfiyotchilari o‘rganuvchilarga bir oyda 5000 tagacha so‘z yodlash imkonini taqdim qilmoqdalar. Bu bo‘yicha maxsus kitob va darsliklar ishlab chiqilgan. Bugungi pandemiya sharoiti masofaviy ta’limni bir necha o‘n yillarga rivojlantirib yubordi desak xato qilmagan bo‘lamiz. Xuddi shuningdek, ushbu jarayon til o‘rganish va o‘qitish metodlarini ishlab chiqishda qulaylik va afzalliklar yaratdi. Jumladan, android va pc dasturlari uchun til o‘rgatuvchi dasturlar imkoniyatlari tahlil qilindi va video darslar orqali til o‘rganish amaliyoti ommalashdi. Shu bilan bir qatorda Busuu, Duolingo, Arabic va ko‘plab android dasturlari til o‘rganish va o‘qitishda o‘rganuvchilarga yordam berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu dasturlar tuzilish jihatidan ancha sodda va qulay, moliyaviy tarafdan uncha qimmat bo‘lmagan dasturlardir. Umumiy qilib aytganda bu dasrturlar ham til o‘qitish metodikasi hisoblanib, zamonaviy ta’limni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Pandemik vaziyatdan kelib chiqib ijtimoiy tarmoqlarda shu jumladan, messenjerlar: telegram, instagram, facebook va youtubeda til o‘qitish uslublari shakllantirildi. Biroq, telegram, instagram, facebookda bu uslublar biroz samarasiz ekanligi ma’lum bo‘ldi. Chunki ushbu messenjerlarda til o‘qitishga oid bo‘lmagan materiallarning ko‘pligi va bularning aksari foydalanuvchi uchun ijtimoiy hayotda aloqa vositasi sifatida ishlatillishi til o‘qitish yoki o‘rganishga halaqit berishi turgan gapdir. Lekin, ushbu tarmoqlarda tili o‘rganilayotgan mamlakat mahalliy aholi vakillari bilan do‘stlashib, ular bilan suhbatlar o‘tkazish katta foyda beradi. Shuningdek, youtube ijtimoiy tarmog‘i ham qolganlariga nisbatan ancha samaraliroq hisoblanadi. Chunki, ushbu dasturda o‘rganilayotgan tilga oid bo‘lgan video va audio materiallar tinglash, badiiy va hujjatli filmlar ko‘rish mumkin. Qolaversa, arab bo‘lgan yoki jahonning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar darslarini kuzatib borish imkoniyati mavjud. Yuqorida keltirilgan, til o‘qitishda amaliyotga joriy etilayotgan tadqiqot va shakllantirilgan o‘quv-uslubiy metodlardan xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda til o‘rganishda faqat qoida yodlash, grammatik kompetensiya asosida ta’lim olish, nafaqat grammatik kompetensiya asosida, balki birgina kitob bilan til o‘rgatish va o‘rganish uslubi ancha eskirdi. Shu nuqtayi nazardan eng yaxshi metod bu – o‘rganilayotgan tilni o‘rganuvchi butun hayotiga tatbiq etishidir. Imkon qadar shu tilda so‘zlashi, til o‘rganuvchi o‘qituvchisi va
do‘stlari bilan shu tilda bahs-munozaralar o‘tkazishi, ko‘proq audio va video materiallar tomosha qilishi, shu tilga doir bo‘lgan badiiy adabiyotlar o‘qishi va grammatikadan o‘zlashtirgan mavzularini nutqida namoyon eta olishga harakat qilishi samarali usul hisoblanadi.

tải về 476 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương