Samarqand davlat chet tillari instituti


O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish



tải về 476 Kb.
trang4/7
Chuyển đổi dữ liệu15.05.2024
Kích476 Kb.
#57623
1   2   3   4   5   6   7
Rushana

2. O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida arab tilini o‘qitish
Arab tili va yozuvining o‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni beqiyos ekani sir emas. o‘n uch asr davomida ushbu tilda ulkan ilmiy-ma’naviy meros yaratilgan. Xususan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy kabi uyg‘onish davrining buyuk allomalari arab tilida bebaho ilmiy asarlar, nodir risolalar yozib qoldirgan. Demak, dunyo ilm-u fani ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan bobolarimiz ilmiy merosini sahih manbalar orqali o‘rganish arab tilini puxta bilmoqni talab etadi.

Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiy. Foto: Xabar.uz
“O‘zbekistonda arab tilining o‘qitilish darajasini yuqori baholayman. Mamlakatingizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari, jumladan, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, o‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida arab tilidan saboqlar berilayotgani fikrimizni tasdiqlaydi”, – deydi Saudiya Arabistoni podshohligining yurtimizdagi elchisi Yusuf al-Utaybiy. Diplomat O‘zbekistonda Xalqaro arab tili kunini ilk bor tashkil etgani uchun O‘zDJTU rektori Ulug‘bek Azizov va arab mamlakatlari elchilariga minnatdorlik izhor etdi hamda ma’rifiy tadbir har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilishiga umid bildirdi. Arab tilining beshigi sanalgan mamlakat vakili O‘zbekiston bilan ta’lim, jumladan, arab tili tahsili bo‘yicha ham yangi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.

Anjuman kelgusi yil kengroq miqyosda tashkil etilishi kutilmoqda. Foto: O‘ZDJTU

“So‘nggi besh yilda Saudiya Arabistoni podshohligi hamda O‘zbekiston Respublikasi turli sohalarda ko‘zga ko‘rinarli yutuqlarga guvoh bo‘lib kelmoqda. Biz taraqqiyotga kamarbasta bo‘lish, hamkorlik, xususan, ta’lim hamda arab tilini o‘qitishni takomillashtirish yo‘lida faoliyat ko‘rsatishga tayyormiz. Bu borada ilm-fan hamda ta’limga doir bitimlarni alohida qayd etish joiz”, – deydi diplomat. Bugun yurtimiz butun dunyo, jumladan, Arab olami bilan siyosiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar robitalarni mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bu esa arab tilini mukammal o‘zlashtirgan kadrlarga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Ma’rifiy tadbir davomida mazkur tilni o‘qitishni yanada takomillashtirish yo‘llari muhokama etilgani ham ana shu hayotiy ehtiyoj bilan izohlanadi. Anjuman doirasida talabalar o‘rtasida arab tilida notiqlik mahorati, ifodali o‘qish va sahna ko‘rinishlari bo‘yicha bellashuv ham o‘tkazildi. Kitoblar taqdimoti, xattotlik namoyishi hamda arab milliy taomlari dasturxoni esa arab madaniyati va tili muhitini yaqindan his qilishga xizmat qildi. Soha mutaxassislariga ko‘ra, zamonaviy O‘zbekistonda arabshunoslikning ilg‘or maktabi shakllangan. Arab tili fani bo‘yicha darslik, qo‘llanma va dasturlar yozilgan. Mazkur til bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan peshqadam olimlar tarbiyalangan. Masalan, TDShU Arab filologiyasi kafedrasi mudiri, Saudiya Arabistonidagi universitetda ko‘p yillar professor lavozimida faoliyat yuritgan Shorustam Shomusarov Markaziy Osiyo mintaqasidan Butunjahon arab tili ittifoqi markaziy kengashi a’zoligiga saylangan.



Mezbon hamda mehmonlar. Foto: O‘ZDJTU
Yurtimizda o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim bosqichlarida arab tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur tilga ixtisoslashgan maktablar mavjud. Somiy tillar guruhining janubiy tarmog‘iga mansub arab tili Yaqin va O‘rta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirmadan ortiq mamlakatning davlat tili hisoblanadi. YUNESKO ma’lumotiga ko‘ra, sayyoramiz bo‘ylab 400 million kishi ushbu lisonda so‘zlashadi. Qolaversa, 1,5 milliard musulmon qavmi arab tilini Qur’on va hadis tili sifatida ayricha qadrlaydi. 18-dekabr – Xalqaro arab tili kuni BMT tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, 2012-yildan buyon dunyo bo‘ylab nishonlanmoqda. Gap shundaki, 1973-yilning ayni shu sanasida BMT Bosh assambleyasi arab tilini tashkilotning olti rasmiy tilidan biri deb e’lon qilgan edi.

tải về 476 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương