Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



tải về 7.45 Mb.
Chế độ xem pdf
trang22/185
Chuyển đổi dữ liệu04.06.2024
Kích7.45 Mb.
#57842
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   185
Boshlangich-talimda-pedagogika-innovatsiya-integratsiya

TUSHUNARLILIK PRINSIPI
0 ‘quvchilar m aterialni ongli ravishda o ‘zlashtirishi uchun doim o 
ularning bilim lari va aqliy qobiliyatlarini hisobga olib ish tutish, y a ’ni 
ularga m os m ateriallarni berish kerak. О ‘quvchilam ing har xil sinflarda 
aqliy qobiliyatlari ham turlicha b o ‘ladi. 0 ‘z-o 'zid an ayonki, o ‘qituvchi 
birinchi sinfga kirsa-yu, biror asarning badiiy xususiyatlari t o 'g ‘risida 
gapira boshlasa, bolalar hech narsani tushunm aydi, albatta.
«T a’lim tushunarli bo'lishi uchun, - deb uqtirgan edi A bu R ayhon 
Beruniy, - o ‘qituvchi, albatta, yaqindan uzoqroqqa, m a ’ lum dan n o m a’ lum ga 
qarab borishi lozim: ta ’lim doim iy ravishda bilim lam ing to ‘planishiga, 
aniqlashuviga va iloji boricha takom illashuviga yetaklashi, shu orqali 
haqiqatni izlovchilar va bilim larni sevadiganlarning ham m asiga yordam
berishi kerak».
T ushunarlilik 
prinsipi 
-
o ‘quv 
m aterialini 
bolalarning 
yosh 
xususiyatlariga, m uayyan bilim larni o ‘zlashtirish im koniyatlariga m uvofiq 
y o 'sin d a bayon qilishdir.
M aktabda k o ‘pincha duch kelinadigan ikki xil n o to ‘g ‘ri tushuncha 
bor. U larning birinchisi shuki, ayrim o ‘qituvchilar o ‘quvchilarni m utlaqo 
qiynam aslik uchun ularga ju d a oddiy, tushunarli, o ‘zlariga aynan 
m os m ateriallarni berish kerak, deb biladilar. O brazli qilib aytganda, 
m ateriallarni m anniy bo ‘tqasidek, hatto chaynam asdan yutadigan qilib, bir
54


qultum suv bilan berish lozim, deb hisoblaydilar. B unday o ‘qituvchilardan 
ta ’lim oladigan 
0‘quvchilar o ‘qishga oddiy va oson, hech qanday kuch 
talab qilm aydigan ish deb qaray boshlaydilar, ham m a narsani o ‘qituvchi 
tushuntirishiga, bir necha m arta tushuntirishiga odatlanadilar. N atijada fikr 
yuritishni, o ‘ylab k o ‘rishni o ‘rganmaydilar, qiyinchilikka duch kelsalar, uni 
bartaraf qilishga urinmaydilar.
M azkur noto‘g ‘ri fikrlarning ikkinchisi, 
0‘qituvchi o ‘quv predm etini 
yuksak saviyada, hatto, F anlar akadem iyasi darajasida o ‘qitish kerak, deb 
hisoblaydi va bolalarga dabdabali, jim jim ad or ifodalarni aytadi, bolalar esa 
ularning m a’nosini anglam agan holda yodlayveradilar.
M ana shu n o to ‘g ‘ri fikrlarning ikkalasi ham zararlidir.
X o ‘sh, tushunarlilik prinsipining o ‘zi nim a?
Bu prinsipga m uvofiq, o ‘quv m aterialini bolalarga shunday qiyinlik 
darajasida berish kerakki, ular ana shu m aterialni o ‘zlashtirish uchun faol 
fikrlashlari, o ‘zlarining barcha aqliy va jism on iy qobiliyatlarini ishga 
solishlari lozim.
B oshlang‘ich ta ’limning nazariy saviyasini oshirish, boshlang‘ich 
sinflardagi o ‘quvchilar o ‘zlashtirishi lozim b o 'lg an axborotlar hajm ini 
oshirish m aktab yoshidagi bolalarga beriladigan ta ’lim ning tushunarliligi 
m uam m osini keskinlashtirdi. M ana shu m uam m oni b ir x ily o ‘sinda hal qilish 
bolalarning bilish im koniyatlarini ortiqcha yoki yetarlicha baholam aslik 
kabi xavflidir.
B olalar psixologiyasi va yosh psixologiyasi sohalaridagi s o ‘nggi 
tadqiqotlardan m a’lum boMishicha, ta ’lim ning m azm uni va m etodlarini 
o ‘zlashtirish bilan bolalardagi ayrim psixik jaray o n lar va funksiyalarni 
rivojlantirishda ajoyib siljishlarga erishish m um kin; buning natijasida 
psixik jarayonlarning doim o kattaroq yoshli bolalarga xos deb hisoblangan 
xususiyatiari kichik bolalarda ham tarkib topishi (m asalan, kichik m aktab 
yoshidagi o 'quvch ilarda fikrlashning nazariy shakllari vujudga kelishi) 
m um kin. Lekin bunda har qalay bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga 
olish zarur.
Yuqorida ko‘rsatilgan dalillar go‘yoki yosh kamolotida umuman 
qandaydir chegaralar borligiga va unda qandaydir bosqichlar mavjudligiga 
shubha tug‘diradi. Lekin bu dalil bizga yosh tushunchasini yana-da kamroq 
o ‘zgartiradigandek tuyuladi, chunki ayrim xususiyatlaming shunchaki yig‘indisi 
ekanligi bilan emas, balki bola shaxsining yaxlit tuzilishidagi o 'zig a xoslik bilan 
xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, bola yoshining psixik tavsifi uning o ‘ziga 
xos ayrim psixologik xususiyatiari bilan emas, balki har bir yosh bosqichida 
uning shaxsi har xil tuzilishi - ehtiyoj lari sohasi, ongining tuzilishi va voqelikka 
munosabatining o ‘zgarishi bilan belgilanadi.
55


B o shlang'ich ta ’lim ning tushunarliligi m uam m osi faqat tegishli 
saviyadagi dastur va darsliklar yaratish bilan hal qilinm aydi, uning hal 
qilinishi butun o 'q u v jarayonining qo'yilishini takom illashtirish va o 'q u v
m ateriallarini tanlash ishlari bilan bog'liqdir.
O 'q u v m aterialining tushunarliligi belgilari sifatida quyidagilarni 
tavsiya qilish m um kin:
-
m aterial tanlashning y o 'n a lish i, 
avvalo tarbiyalovchi ta ’lim 
vazifalaridan kelib chiqadi: fanning asosiy m azm unidan tab iat v a jam iyat- 
ning eng um um iy qonunlari haqidagi t a ’lim otning to 'g 'rilig in i k o 'rsatadigan
qoida va dalillar tanlanadi, tafakkur, vatanparvarlik hissi, fuqarolik burchi 
va g 'o y a v iy e ’tiqodlilikni tarbiyalashda yordam beradi;
- o 'q u v m aterialining ko'rim liligi, uning m iqdori o 'q itish uchun 
tanlangan ilm iy bilim lar m ajm uasini tizim lashtirishga va yaxlit qam rashga 
to 'sq in lik qilm aydigan b o 'lish i bilan xarakterlanadi;
- o 'q u v m aterialining soddaligi ilmiy nazariyaning eng aham iyatliligi, 
m uhim kom ponentlarni va ilmiy bilim larni ifodalashning psixologik jihatdan
asoslangan shakllarini ajratish (ta ’riflarning soddalashtirilishi, tushuncha- 
larning tasavvurlar bilan alm ashtirilishi, m urakkab asoslashlarning tushirib 
qoldirilishi va hokazolar) bilan xarakterlanadi;
-
o 'q u v m aterialining norm alashtirilishi unda um um iy m ajburiy 
norm alarm ham da yaqqol ifodalangan, eslab qolish va q o 'lla sh uchun qulav 
qoidalarni ajratish bilan xarakterlanadi;
o 'q uv m aterialining taqsim langanligi aslida uni o 'q u v jaray on in ing
vazifalariga va o 'quvchilarning yosh im koniyatlariga m uvofiq y o 'sin d a
ta ’lim y o 'lla ri b o 'y ich a joylashtirishdir.
Ta’lim ning tushunarliligi belgilarining m ana shu tizim ini yagona 
va q a t'iy deb hisoblab bo'lm aydi. Lekin bu belgilarning k o 'p i m aktab 
am aliyotida tarkib topgan ishlarning haqiqiy ahvolini aniq va ishonarli aks 
ettiradi.
B osh lan g 'ich ta ’lim ning nazariy saviyasini yuksaltirish m unosabati 
bilan olim lar, m etodistlar va o'qituvch ilarning kam ol toptiruvchi ta ’lim 
prinsipini am alga oshirish m asalalariga diqqat-e’tibori kuchaydi.
K eyingi 
paytda 
o 'rganiladigan 
m aterialning 
m azm uni, 
hajm i, 
m urakkabligi bilan o 'q uvchilarning aqliy kam ol topishi s u r’atining o 'z aro
bog 'liq lig i 
yoritilgan 
m axsus 
psixologik-pedagogik 
tadqiqotlarning 
(L.V.Zankov, D .B .Elkonin, V.V.Davidov) m a’lum otlari ta ’sirida t a ’limni 
o 'quv chilardagi aqliy qobiliyat va bilish im koniyatlarining rivojlanishida 
erishgan darajaga aynan muvofiq holda emas, balki shu darajadan oldinroq 
y o 'sin d a, y a ’ni ularning kelgusidagi rivojlanishini m o 'ljallab y o 'lg a q o 'y ish
tavsiya etildi. Ta’lim kam ol toptiradigan bo'lishi uchun «eng y aqin kam olot
56


zonasidagi» bilish im koniyatlariga m o ‘ljallanishi kerak. Kamol toptiruvchi 
t a ’lim m asalasini am aliy hal qilishdagi k o ‘p xatolar kichik m aktab yoshidagi 
o ‘quvchilarning m avhum fikrlash qobiliyatlarini yetarli darajada baholam as- 
likdan kelib chiqadi. Shuning natijasida ayrim m aktablarda m alakalarni 
shakllantirish hozirga qadar «m ana bunday qil» degan prinsipda, y a ’ni 
o ‘zlashtirgan um um iy qonuniyatlarni va um um lashm alarni ongli ravishda 
q o ‘llash asosida emas, o ‘qituvchi bergan nam unalarga bevosita ergashish 
asosida am alga oshirilm oqda.
Shu sababli b a ’zi o ‘quvchilar yangi m aterialni o ‘rganishda, ta ’limiy va 
am aliy topshiriqlarni bajarishda ilgari o ‘zlashtirgan bilim va m alakalardan 
foydalana olmaydilar.
U m ar X ayyom ta ’lim olishda o ‘quvchilarning m ustaqil faoliyat 
k o ‘rsatishini yuqori baholagan va ularning har xil m ushohada yuritishlari, 
turli narsalarni isbotlashlari zarurligini ta ’kidlagan edi. Shuningdek, u 
o ‘quvchilarning fikrlash faoliyatlarini ularga « o 'y lab k o ‘r», «ozgina 
o ‘ylasang, tushunasan» va hokazolar deya m urojaat qilish orqali quvvatlab 
va y o ‘naitirib borish m aqsadga m uvofiqligini uqtirgan11.
K o ‘pincha o ‘quvchilarning kamol topishi haqida ularning turli 
narsalardan xabardorligiga qarab, har xil m anbalardan olib, asosan film lar 
va televideniye dasturlarini ko ‘rib, radioni va kattalarning hikoyalarini 
eshitib to ‘plagan qisqa m a’lumotlari va faktlarning k o ‘pligiga qarab xulosa 
chiqariladi. B a ’zan kichik m aktab yoshidagi o ‘quvchilar nutqida ilmiy 
iboralar k o ‘p uchrashiga qarab, ularni yuqori darajada kam ol topgan deb 
hisoblanadi. Lekin aslida m urakkab ilmiy iboralarni ustalik bilan ishlatadigan 
o ‘quvchilar m a’lum sabablarga ko ‘ra ularning m a’nosini tushunm aydilar va 
gram m atik tahliIda, yozishda xatolarga y o ‘l q o ‘yadilar.
Kamol topishni yuqoridagicha noto ‘g ‘ri tushunish am alda o ‘quvchilar- 
ning bilim larni o ‘zlashtirishga yuzaki qarashlarini vujudga keltiradi.
A qliy kam olot o 'zaro bog‘liq ham da bir-birini taqozo etadigan bilimlar, 
k o ‘nikm a va m alakalar tizim ini o ‘zlashtirishni talab qiladi. B unda esa, 
o ‘z navbatida faktlarni bilish, ularning m a’nosi va aham iyatini tushunish, 
ilgaridan tanish bilim larga tayanib tushuntira olish zarurati tu g ‘iladi.
0 ‘quvchilar yaxshi kam ol topganligining muhim k o ‘rsatkichi ularning 
o ‘quv ishlaridagi faolligi va m ustaqilligidir. M utlaqo ayonki, kichik m aktab 
yoshidagi o ‘quvchilar eng muhim m antiqiy operatsiyalarni o ‘zlashtirm ay 
turib m azkur o ‘quv ishlarini bajara olmaydilar.
Shu tariqa kichik maktab yoshidagi o ‘quvchilam ing aqliy kamol topishini 
o ‘quv jarayonining tegishli mazmuni va to ‘g ‘ri y o ‘lga q o ‘yilishi ta ’minlaydi.

tải về 7.45 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   185




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương