bilan maxsus sog‘lomlashtirish guruhlari tashkil etiladi.
Ularning turlariga qarab
maxsus mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullashtiriladi. Bunday paytlarda
“kim tez” mazmunida bo‘yin, yelka, qo‘l, gavda va oyoq bo‘g‘inlarni aylantirish,
burish, bukish va h.k harakatlar sanoq orqali yoki vaqtga qarab amalga oshiriladi.
Shuningdek, “Bo‘sh”, “Qopdan” kabi harakatli o‘yinlar shug‘ullanuvchilar uchun
qiziqarli bo‘lish mumkin.
Umumta’lim maktab o‘quvchilarning yozgi dam olish oromgoxlarida
sayohatlar, turli musobaqalar, kechki gulxan, oqar suvlarda cho‘milish kabi
sog‘lomlashtirish tarkibida harakatli o‘yinlar muhim o‘rin egallaydi.
Ayniqsa
maydon, keng o‘tloq va tabiat masharalariga boy bo‘lgan soya - salqin joylarda
harakatli o‘yinlar, estafetalarni o‘tkazish yaxshi samaralar beradi. Bunday
paytlarda “Yomg‘ir”, “Qopdan”, “Qarmoq”, “Xo‘rozlar jangi”, “Insiz quyon” kabi
milliy harakatli o‘yinlar va turli estafetali o‘yinlar maqsad va mazmun jihatdan
muxim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘yinlarni tushuntirish, tashkil qilish, o‘tkazish va yakunlashda tashkilotchi
ya’ni jismoniy tarbiya o‘qituvchisi pedagogik tamoyillarning barcha usullaridan
foydalanadi.
O‘quvchi yoshlar va talabalarning sog‘lomlashtirish - sport maskanlari
maktab o‘quvchilarining yozgi dam olish oromgohlari kabi tog‘li
joylar yoki
daryo sohillarida tashkil etiladi.
Ta’kidlash lozimki ko‘pchilik kasb - xunar kollejlari va oliy o‘quv
yurtlarining sog‘lomlashtirish sport maskanlari ilg‘or tajribalarga egadir. Ayniqsa
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (Xumson), O‘zDjti
(Kumushqon), Samarqand DU (Urgut), Farg‘ona DU (Xamzabod - Shohimardon)
kabilarning sport oromgoxlarida sportakiadalar, o‘rtoqlik uchrashuvlar, sport
turlari bo‘yicha birinchiliklar, ayniqsa bir kunlik va ko‘p kunlik (2-3)
piyoda
yurish sayohatlari, snaryadga chamalash (Mo‘ljallash) kam tadbirlar bilan bir
qatorda turli estafetalar, turli harakatli o‘yinlar bo‘yicha ham qiziqarli bahslar
tashkil qilinadi. Ular asosan; izlab top, arqonda tortilib chiqish, cho‘qqiga kim tez
chiqadi, poda to‘p, chillik kabi milliy va zamonaviy harakatli o‘yinlar g‘oyat
qiziqarli o‘tkazilib boriladi. Shu sababli shug‘ullanuvchilar va tomoshabinlarda
jismoniy sifatlar bilan bir qatorda estetik zavq olib ongi ustuvor bo‘ladi.
Mexnatkash va ziyolilarning dam olish uylari tog‘li
joylarda joylashib,
ularda sog‘lomlashtiruvchi milliy madaniyat tadbirlari rejali ravishda tashkil
qilinadi. Ularning mazmunida harakatli o‘yinlar ham o‘ziga xos darajada o‘rin
egallaydi. Ayniqsa guruh, jamoa bo‘lib turli o‘yinlar, estafetalar ko‘proq
qo‘llaniladi. Tennis, badminton, qo‘l voleyboli, voleybol to‘ri, tennis to‘ri ustidan
to‘pni tepib oshirish. Bosh bilan o‘tkazish kabi o‘yinlar qiziqarli ravishda tashkil
etiladi. Maydonlarda arg‘amchi bilan sakrash, chambaraklar orasidan o‘tib
yugurish, tayyoqlar, arqonlarni tortish, daraxt (turnik)
va boshqa tabiiy
moslamalarda (narvon) osilish, tortilish, qo‘llarda osilib o‘tish, otib tutish kabi
harakatli ham qo‘llaniladi. Eng qizig‘i esa, “Uchinchisi ortiqcha”, “Qarmoq”,
“Qopqon”, “To‘pni doirada aylantirish”, “Kartoshka ekish” kabi o‘yinlardan
maqsadli foydalaniladi.
Ma’lumki, tog‘li dam olish joylarda piyoda yurish sayoxati, oqar suvda
cho‘milish, suv sepib o‘ynash, ariq, jar, to‘siqlardan sakrab, osilib chiqish kabi
harakatli musobaqa shakilda o‘tkaziladi.
Dam olish yakunlarida gulxan yoqish, baxslar, aytishuvlar, topishmoqlar
mazmunida harakatli o‘yinlar joy oladi.
Sog‘lomlashtirish tadbirlaridan mamnun bo‘lgan
kattayu - kichik yoshdagi
kishilar o‘z tassurotlari bilan o‘rtoqlashib, harakatli o‘yinlar, sayoxatlarni yanada
mazmunli, qiziqarli ravishda tashkil etishi taklif qilishadilar.
Umuman olganda mehnatkashlarning sog‘lomlash turini va dam olish
o‘yinlaridagi jismoniy madaniyat tadbirlari, ayniqsa harakatli o‘yinlar, piyoda
yurish sayohatlari maqsad va mazmun jihatdan ancha ustuvor turadi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: