sport
ishlari vazirligi, Respublika prezidenti devonidagi mas’ul xodimlar,
Respublika xukumati tarkibidagi mas’ul vakillar,
deyarli barcha vazirliklar
qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo‘limlari kabi davlat yo‘li bilan
boshqaruvchilardir.
Jamiyat tashkilotchilari kasaba uyushmalari,
yoshlar ijtimoiy harakati
“Kamolot”, Xotin - qizlar qo‘mitasi, xayriya jamg‘armalari va kabilardan iboratdir.
O‘zbekistonni ifoda qiluvchi “Dinamo”, “Yoshlik”, “Talaba”,”Paxtakor”,
“Vatanparvar”, kasaba uyushmalari sport jamiyati, markaziy harbiy sport klubi
(MHSK) va bir qator davlat idoralari qoshidagi sport
klublar jismoniy madaniyat
va sport ishlarini olib boruchi maxsus tashkilotlardir. Ularning viloyatlar, shahar -
tuman tarmoqlari ham mavjud.
Mazkur sport tashkilotlari va uyushmalari o‘quvchi yoshlar (Yoshlik),
talabalar (Talaba), mehnatkashlar (kasaba uyushmasi sport klubi, “Paxtakor”),
harbiylari ko‘maklashuvchi (MHSK), ichki ishlar xodimlari (Oinamo) va shu kabi
ko‘p tarmoqli sohalarni o‘zlariga uyushtiradi. Ularning asosiy maqsad va vazifalari
asosan ommani jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish turli - tuman
musobaqalarini o‘tkazish, turli jamoalarni tashkil
qilib xalq aro sport
musobaqalarga tayo‘rlash hamda qatnashtirishdan iboratdir.
Shuningdek, ommaviy sog‘lomlashtirish sport tadbirlari, turli xil sport
baylarmlari hamda musobaqalari ko‘rgazmali sport tizimlarida
milliy harakatli
o‘yinlardan foydalanishni amalga oshiradi. Shu asosan har bir sport tashkilotlari va
uyushmalarining quyi tarmoqlarida ta’kidlangan tadbirlarni ommaviy ravishda
o‘tkazish asosiy o‘rinni egallaydi.
Masalan: Navro‘z, mustaqillik kuni, hosil bayramlari, kasb - xunar kunlarini
nishonlash, ko‘p bosqichli va jamoalardagi turli sport musobaqalarini tashkil
etadigan xarakatldi o‘yinlardan foydalanadilar.
Masalan:
Ko‘p bosqichli (“Umid nixollari”, “Barkamol avlod”,
“Universiada”)
sport musobaqalari, xalq milliy o‘yinlari Respublika
musobaqalarini tashkil qilishda barcha vazirliklar va jamoat tashkilotlari o‘zaro
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatadilar. Ularning ochilish va yopilish marasimlarida
turli harakatli o‘yinlar naoyish etiladi. Ayniqsa milliy kurashlarimizning qissalari
(element), ot o‘yinlari, arqon tortirish, bilak kuchini sinash
kabi milliy harakatli
o‘yinlar ko‘rsatma-namoyish mazmunida chuqur o‘rin egallaydi.
“Alpomish o‘yinlari”, “To‘maris o‘yinlari” kabi Respublika festivallarda
dasturning asosiy mazmunini harakatli o‘yinlar tashkil etadi.
Yana etiborli tomoni shundaki, “Paxtakor” sport klubining
quyi tarmoqlaridagi
xodimlar ishtirokida qishlaqlar, qo‘g‘onlardagi (posyolka) katta to‘ylarda xilma-xil
harakatli o‘yinlarni tashkil qilish an’anaga aylanmoqda. Buni “yelkadan oshirib
otish, bilak kuchini sinash, ko‘prik, tuya, xo‘kizlarni ko‘tarish. Otdan og‘darish,
poyga kabi qadimiy milliy o‘yinlar keng qo‘llanilmoqda.
Xulosa qilib aytilsa,
davlat va jamiyat tashkilotlari milliy harakatli o‘yinlarni ommalashtirish yo‘lida
mas’uliyat bilan ish olib bormoqda.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: