Futbol va boshqa o‘yin maydonlari, sport zallarga ega bo‘lgan yoki
saunalarga yaqin bo‘lgan sport inshoatlarida odatda ko‘pchilik kishilar futbol
(qoidasi ixchamlashgan), voleybol, basketbol, tennis,
badminton kabi sport
o‘yinlarining elementlari bo‘yicha bahs o‘tkazishadi. Qaysi birlari esa turli
estafetalar, bu osilish, tortilish, osilib tushish, bilak kuchini sinash kabi o‘yin -
mashqlar bo‘yicha bir-birini sinadilar.
Estafetalarda esa tana a’zolari, ayniqsa bo‘g‘inlar, mushaklarning kuchi,
chidamligini oshirish bo‘yicha mashq qilishadi. Oyoqlarning bo‘g‘in va
mushaklarini
mustaxkamlash
uchun
maxsus
moslamalarda
(velosiped,
aylanayotgan rezina - yo‘l va h.k.) vaqtga yugurishadi va kim ko‘p chidaydi
kabilarda bahslashadilar.
E’tiqod
etish lozimki, ko‘p qavatli uylarning bolaxonalari (balkon),
shuningdek hovlilarda turnik, hamda gantel, boks – kurash moslamalari, turli
to‘ldirilgan to‘plar. Arqoncha, gimnastika tayoqchalari, kabi sport buyumlari bilan
jihozlab ulardan uy sharoitida foydalanuvchilar ko‘paymoqda. Ba’zi
kishilar esa
trenajyorlar o‘rnatib, oilaviy ravishda ularda shug‘ullanishni odat qilib oladilar.
Xulosa shundaki. Maxsus sog‘lomlashtirish maskanlari va uy sharoitida
harakatli o‘yinlardan foydalanish jismonan baquvvat bo‘lishning omiliga aylanadi.
Bu esa sog‘lom turmush tarzini kechirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Davolash muassasalari deganda faqat shifoxonalar tushanilmaydi. Balki
poliklinikalar. Sanatoriyalar, shaxsiy davolovchi maskanlar ham bu yo‘lda o‘ziga
xos sog‘lomlashtiruvchi yo‘nalishlar bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday maskanlar tarkibini quyidagi turlarga ajratiladi, ya’ni:
1. Shifoxonalarda jismoniy mashqlar bilan davolash
2. Poliklinikalarda jismoniy tarbiya vositalari orqali davolash
3. Dam olish uylari va sanatoriyalarda jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar bilan
davolash
4. Doimiy (statsionar) maxsus davolash muassasalarida (shifoxona, sanatoriy va
h.k.) jismoniy mashq - o‘yinlarni qo‘llash.
Ta’kidlash zarurki mazkur muassasalardagi
jismoniy tarbiya vositalari
(harakatli o‘yinlar) bilan davolash ishlari asosan maxsus jismoniy tarbiya
mutaxasislari tomonidan olib boriladi.
O‘zini yaxshi his qilgan va ijobiy tomonga o‘zgarishlarni sezayotganlar
trenerlar ruxsati hamda tavsiyasi ostida mashq-o‘yinlarni mustaqil ravishda
boshqarishlari mumkin.
Shifoxonalarda jismoniy mashqlar-o‘yinlarni qo‘llash asosan shamollagan,
unga og‘ir dardga ega bo‘lmaganlar bilan guruh bo‘lib shug‘ullanishlar
amalga
oshiriladi. Qattiq lat etgan, singan, chiqqan suyaklar, mushaklar harakatini
yaxshilovchi mashq-o‘yinlar (bukish, yozish, aylantirish, tortish, itarish va h.k.)
o‘yin tarzida olib boriladi. Og‘ir jarrohlikdan (operatsiyalar)
keyin yaxshilanib
borayotgan bemorlar xam ma’lum darajadagi o‘yinlar, turli mashqlar qo‘llaniladi.
Poliklinika, dam olish uylari va sanatoriyalarda odamlarning jismoniy
jihatdan tayyorgarligiga qarab turli o‘yinlar o‘tkaziladi.
Trenajyorlardagi mashq – o‘yin qilish uqalash (massaj) qabul qilish, sovuq
suvlar (vanna va suv bosishgan napor) bilan davolash amalda bajariladi. Jismonan
tetik va sog‘lom bo‘lgan kishilarga oldin futbol, voleybol, tennis, badminton kabi
sport o‘yinlarining qismlari (elementlari), gimnastika, yengil atletika (chopish,
yugurish, sakrash, uloqtirish) suvda suzish kabi o‘yinlar
bilan musobaqada
shug‘ullanish tavsiya etiladi. Maxsus harakatli o‘yinlarni (quvlatish,
turtirish,”qopqon”, sakrash; “qarmoq”, ortiqcha;”, “ko‘z bog‘lash” kabilar) alohida
tashkil etilib, ommaviy ravishda ijro etilishini ko‘zda tutiladi va bunga erishiladi.
Natijada esa dam oluvchilar, qatnashchilarning zavqlanishi mazmunli xordiq
chiqarish va eng muhimi esa jismonan baquvat bo‘lishini ta’minlashga erishiladi.
Jismoniy tarbiya sohasidagi talabalar va o‘quvchi yoshlar o‘quv
jarayonlaridagi maxsus fanlar va jismoniy madaniyat – davolash (vrachebnaya
fizkultura) kabi fanlarni chuqurroq egallashlari lozim. O‘quv amaoliyotlari
jarayonlarida tegishli ko‘nikmalar hosil qilish va zarur amaliy malakalarni
egallashlari lozim. Chunki, o‘quv yurtlari va
mehnatkashlarning dam olish
hududlarida jismoniy tarbiya – o‘yinlari tashkil qilishda birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish va zarur bo‘lganda ommaviy ravishda turli xil sog‘lomlashtirish
tadbirlarida harakatli o‘yinlarni maqsadli tashkil qilishga to‘g‘ri keladi.
Xulosa qilib aytganda davolash muasasalaridagi jismoniy mashq –
o‘yinlardan foydalanish eng avvalo oyoqqa turg‘azish, mehnat va turmushdagi
qayta tiklashda xizmat qiladi.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: