O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq


Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngil olish bog‘larida harakatli



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang29/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko‘ngil olish bog‘larida harakatli 
o‘yinlarni tashkil qilish. 
Aholi istiqomat joylari deganda asosan shaharlar, qishloqlar tushuniladi. 
Qishloqlar ham qo‘rg‘onlar (posyolka), katta – kichik qishloqlardan iboratdir. 
Shaharlarda daha, mavze, mahallalar turli hil bo‘ladi. Katta qishloqlar, qo‘rg‘onlar, 
mavze(kvartal) va mahallalarda bolalar va katta yoshdagi kishilar uchun sport 
inshoatlari (futbol maydonlari, turli xil o‘yin joylari, ochiq va yopiq suv havzalari. 
Maxsus trenajyor va h.k.) qurilmoqda. 
Respublika prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmonlar, 
qarorlarda ta’kidlanishicha aholi istiqomat joylarida sog‘lomlashtirish jismoniy 
tarbiya va sport ishlarini kengaytirish, shart-sharoitlar yaratish, mutaxassis 
xodimlar bilan yaratish va faol tashkilotchilarni ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. 
Buning asosiy maqsadi aholining salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va 
ma’naviy barkamollikni rivojlantirishga qaratilishi bilan muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bunda turli sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish, 
milliy qadriyatlar mazmuni bo‘lgan harakatli o‘yinlar bo‘yicha nufuzli tadbirlarni 
o‘tkazishda keng jamoatchiligini jalb etish talab etiladi. Mustaqillikning sharofati 
tufayli qishloq va shaharlarda turli idoralar uchun koshonali binolar qurish, 
ommaviy – madaniy tadbirlari uchun o‘yin maydonlarini kengaytirish va ayniqsa 
ko‘p qavatli uy-joylar, qasrga o‘xshash hovlilar qurish ko‘paytirilmoqda. Bu o‘z 
navbatida odamlarning turli madaniyati yaxshilanib borishidan dalolatdir. 
Turmush madaniyatning o‘sishi sog‘lom turmush kechirishga da’vat etadi. 
Sog‘lom turmush tarzida esa sport o‘yinlari, harakatli o‘yinlar muhim o‘rin 
egallamoqda. 


Hovli va ko‘p qavatli uylar sharoitida oilaviy va mustaqil ravishda yakka 
tartibda jismoniy mashqlar – o‘yinlar orqali o‘z salomatligini yaxshilash maqsad 
qilib olayotgan kun sayin ko‘payib bormoqda. 
Keng maydonlar bolalarning o‘yin maydonlari, xiyobonlar kun bo‘yi, 
ayniqsa dam olish kunlari, ta’til joylari va bayramlarda turli o‘yinlar bilan band 
bo‘lganlar, ko‘payib bormoqda. Ularni tashkil qilishda ota-onalar, ba’zi faol 
jamoatchilar, mutaxassislar bevosita faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Qishloq joylaridagi katta to‘ylar, an’anaviy bayram kunlari va boshqa 
madaniy tadbirlar katta-kichik kishilar va bolalar o‘rtasida kurash, ot o‘yinlari, turli 
xil milliy harakatli o‘yinlar mazmuni jihatdan tashqari tashkil qilinmoqda. Ayniqsa 
qiz va o‘g‘il bolalarning “Quvlashmoq”, “Arqon tortish”, “Yelkada kurash”, 
“Piyoda ko‘pkari”, “To‘qqiz bosh”, “Bo‘ta soldi”, “Ko‘z bog‘lash”, “Kim qoldi” 
kabi milliy harakatli o‘yinlar ruschaga tarjima qilingan. Bolalar va o‘smirlarning 
qir – adirlarda eshak va otlarga minib qilichbozlik, otdan ag‘darish, tortishish 
o‘yinlari zavqli o‘tishi bilan bir qatorda ularning jismoniy kamolotini o‘stirishda 
xizmat qilmoqda. Xo‘roz urishtirish, qo‘chqor shoxlatish, it urishtirish, kaklik va 
bedanalarni sayratish (bahs), kampirlar va chollarning aytishuvlari, raqslari, turli 
harakatli o‘yinlari qadimiy milliy o‘yin sifatida namoyish qilish odati davom 
etmoqda. Ularning estetik zavq berishi va sog‘lom bo‘lib uzoq umr ko‘rishda 
kishilarga madaniy meros sifatida xizmat vazifasini o‘tamoqda. 
Toshkent, viloyatlarining markazlari, shahar tusini olgan tuman markazlari, 
katta qo‘rg‘onlarda (posyolka) ommaviy sog‘lomlashtirish tadbirlari keng 
ko‘lamda tashkil qilinadi. Ayniqsa, mahalla va ko‘pqavatli uy joy shaoitlarida 
estafetali o‘yinlar va milliy harakatli o‘yinlardan keng foydalanilmoqda. Bunda 
bolalar va o‘smirlarning guruh, jamoa bo‘lib musobaqalashishi, kichik yoshdagi 
(2-6 yoshli) bolalarning mustaqil ravishda quvlashib o‘ynashi. To‘plar orqasidan 
yugurish, futbol, xokkey kabi o‘yin qismlari (element) qiziqarli o‘tmoqda. 
Ota-onalar, aka-ukalar yordamida yosh bolalarning (1-6 yoshli) maxsus 
moslamalardan (narvonlar, g‘ildiraklar terib qo‘yilgan to‘siqlar, g‘orlar – teshik va 
h.k.) o‘ynashi harakatchanligini ta’minlash bilan bir qatorda ularning sho‘x, zavqli 


harakatlarini takomillashtirish, estetik hamda emotsional tarbiyasiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatmoqda. 
E’tiborli tomoni shundaki, ya’ni mahalla faollari, ayni xotin-qizlar yig‘ilishi, 
maktablardagi ota-onalar qo‘mitasi majlislarida ta’lim-tarbiya mazmunida turli 
harakatli o‘yinlarni bolalar bilan maqsadli tashkil qilish ishlari tez-tez muhokama 
qilinmoqda. Buning boisi shundaki, madaniyatli, sog‘lom oilalarning farzandlari 
o‘qimishli, madaniyatli, sog‘lom bo‘lib, ular el-yurt oldida namuna bo‘lmoqda. 
Qaysi birlariga pedagoglik va san’at, yana birlari sanoat, tijorat, qurilish, texnika 
harbiy xizmat va boshqa sohalarda istedodga ega bo‘lmoqda. Demak yashash 
joylari, ayniqsa oilada milliy harakatli o‘yinlarning xosiyatlari cheksiz bo‘ladi. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương