Ulug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar va turli milliy udumlarda harakatli
o‘yinlardan foydalanish.
Mustaqillikning ulug‘ sanalari. O‘zbekistonning mustaqilligi tufayli ulug‘
sanalarni belgilash va ularni tantanalar ravishda o‘tkazishda tub burilishlar bo‘ldi.
Sho‘rolar zamonadagi 1 – may, 7 – nayabr, 5 – dekabr va h.k. sanalarda
o‘tkaziladigan bayramlar to‘xtatildi va yoshlar ongidan chiqib bormoqda.
Mamlakatimizda ulug‘ sanalar g‘oyat ko‘p. Ular orasida Mustaqillik kuni
(31 avgust – 1 sentabr) eng ulug‘, ustuvor sanadir. Shuningdek buyuk sarkarda,
sohibqiron Amir Temur, sharq she’riyatining sultoni hazrati Alisher Navoiy, Ibn
Sino, Bobur, shuningdek Oybek, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Xamid Olimjon
kabi mutaffakirlar, yaqin o‘tmishimizning adiblari, san’at, madaniyat, davlatni
idora etish va boshqa ko‘p jabhalarda o‘z mehnatlari bilan nom qozongan
kishilarning tavalludlariga bag‘ishlab katta tantanalar o‘tkazilmoqda.
1991 yildan boshlab Mustaqillik kuniga bag‘ishlab katta bayram tomoshani
zo‘r tantana va quvonch bilan o‘tkazib kelinmoqda. Uning dasturidagi
san’atkorlarning qo‘shiq va raqslarga ko‘proq o‘rin egallaydi. Shunday bo‘lsada
jismoniy madaniyat va sport, ayniqsa halq milliy o‘yinlari chetda qolib ketgani
yo‘q. Ular quyidagi ko‘rinishda o‘z ifodasini topmoqda.
1. Kurashchilar, bokschilar, badiiy gimnastikachi qizlari, chavandozlarning
namoyish – ko‘rgazmali chiqishlari.
2. Raqqosalar va o‘yinchi yigitlarning jozibali o‘yinlarida ot choptirish, otdan
ag‘darish, otda qilichlashish, yelkada kurash, tortishish kabi milliy harakatli
o‘yinlarning ramziy ijrolari.
3. Balet raqslarida yigit va qizlarning quvlashib o‘ynashlari, suvda suzishlari,
kurash va boshqa turlarning ifodalanishi.
4. Bog‘cha bolalari va maktab o‘quvchilarining sahnaviy o‘yin – raqslari va jam
bo‘lib hamda yakka tartibdagi qo‘shiqlarda “Alpomish”, “Barchinoy”, “To‘maris”
Jaloliddin Manguberdi kabi afsonaviy va halq qahramonlari timsollarini namoyish
etish.
Ulug‘ adiblar tavalludi munosabati bilan o‘tkazilib kelinayotgan
yubileylarda kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha xalqaro turnirlar tashkil etilib,
uning boshlanishida turli harakatli o‘yinlar (tosh/gir) ko‘tarish, keksalarning
olishuvi, arqon tortish, yelka urishtirish, ot o‘yinlari va h.k.. namoyish etilmoqda.
San’at saroylari, muhtasham kechalarda o‘tkazilayotgan tantanalarda sahna
yoki ochiq maydonlarda bolalarning kurash tushishi, san’atkorlar raqsida xalq
milliy o‘yinlarining ramziy ma’nolari ijro etilishi ham diqqatga sazovordir.
Bunday tadbirlarda xalq milliy harakatli o‘yinlarini ifoda etish - milliy
qadriyatlarimizga bo‘lgan e’tiboridan darakdir.
Yurtimizda an’ananaviy bayramlar mustaqillik ko‘hna qilgan adolat,
erkinlik, sog‘lom turmush tarzini kechirish va boshqa juda ko‘p madaniy jihatlarni
o‘zida mujassamlashtirgan ulkan tadbirlarda namoyon bo‘lmoqda. Ular Navro‘z,
kasb - xunar kuni, hosil bayrami, katta to‘ylar shaklida o‘tkazib borilmoqda.
Navro‘z - yangi kun, yangi yil, bahor bayrami timsolidir. Navro‘zning asosiy
belgisi sumalakdir. Navro‘z boshlanadigan kechasi sumalak pishirishda ayollar,
erkaklar, ayniqsa o‘g‘il va qiz bolalar yig‘ilishib, yuz - ne’matlarni yig‘ishib,
birgalikda baham ko‘rishadi. Ayollar qozon atrofida yallalar, laparlar aytib raqsga
tushishadi. Bolalar esa maydonlarda quvlashib turli harakatli o‘yinlarni bajarishadi.
Bunda “Bekitmachoq”, “Durra soldi”, “Kim keldi”, “Ovozdan top” kabi milliy
o‘yinlar qiziqarli ravishda o‘tkaziladi.
Navro‘z bayrami bir - ikki kun emas, hatto hafta va o‘n kunlab o‘tkaziladi.
Namoyishlar - ko‘rgazmali chiqishlarda kurashchilar, tosh ko‘taruvchilar, bilak
kuchini sinovchilar, arqon tortish o‘yini va zamonaviy sport turlaridan (akrobatika,
boks, shtanga, sharqona yakka kurashchilar va h.k.) bahs - musobaqa tashkil
etiladi.
Otchoparlar va keng yaylov - qirlarda ko‘pkari - uloq, poyga otdan ag‘darish
kabi xalq milliy o‘yinlari chiqadi. Tomoshabinlarga “Arqon tortish”, “Chillik” kabi
milliy harakatli o‘yinlar namoyish qilinadi.
E’tiborli tomoni shundaki. Navro‘z bayramiga barcha jamoalar ancha vaqt
ilgari tayyorgarlik ko‘rishadi va bunda ko‘pchilik kishi ishtirok etib, barcha
tadbirlar qatorida milliy harakatli o‘yinlarni tanlash, ularni ijrochilarga o‘rgatish va
ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarda mutaxassis xodimlar, jamoatchi faollar
jiddiy ravishda ish tutadilar.
Navro‘z bayramining mazmunida hayotiy ehtiyojlarni o‘yin shaklida
ifodalash ancha ustuvor turadi. Ya’ni yer haydash, don yetish, chorvalarni
ko‘paytirish, boqish, o‘t o‘rish, hashak to‘plash, mehnatdan keyin dam olish kabi
juda ko‘p faoliyatlar o‘yinlarning mazmunini tashkil etadi.
Masalaga nazariy jihatdan yondashilsa, har bir jismoniy tarbiya xodimi
Navro‘z bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlarida ijodiy yondoshish bilan faol
qatnashishlari lozim. Shu asosda o‘quvchi yoshlar va talabalar Navro‘z
bayramidagi tadbirlardan andaza olishdari, ularni amaliy jihatdan bajarish
yo‘llarini qunt bilan o‘rganishlari lozim bo‘ladi.
Navro‘zning davomi va ajralmas bo‘lagi hosil bayrami deyish mumkin.
Chunki bahorda ekilganlarning hosilini yig‘ib olish, ularni nobud qilmay saqlash
va xoridorlarga yetkazib berish bilan yakunlanadi. Ba’zi donli ekinlarning hosili
yozda yig‘ib olinsada, odatda kuzgi “Paxta bayrami” bilan qo‘shib nishonlangan.
Chunki kuzda dehqonlar, fermerlar, xo‘jalikdagi rahbarlar va qishloq aholisi
kuzning oxirida tinib - tinchiydi, to‘ylar, bayramlarga tayyorgarlik va ularni
o‘tkazisha imkoniyat bo‘ladi.
Hosil bayramining dasturida asosan san’atkorlarning bayram konserti,
kurashchilar, chavandozlarning o‘yinlari va zamonaviy sport turlari bo‘yicha
ko‘rgazmali chiqishlar joy oladi. Shunday bo‘lsada oramizda milliy harakatli
o‘yinlarga ham alohida o‘rin beriladi. Bunda keksayu - yoshlar “quloq cho‘zma”,
“piyoda poyga”, “chillik”, “poda to‘p”, “eshak mindi”, “ot - eshaklarda poyga,
ag‘darish, tortishish, kuch sinash bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil milliy harakatli
o‘yinlar tashkil etiladi.
Bunday ulkan va murakkab an’anaviy bayramlarni tashkil qilish yo‘llarini
talabalar puxta o‘rganishlari va amalda qo‘llashi faol ishtirok etishlari maqsadga
muvofiqdir.
An’anaviy bayram tusini olayotgan xilma - xil ommaviy madaniy va sport
tadbirlari ham ko‘paymoqda. Ellarning tarkibida e’tiborga molik bo‘lgan turlardan
biri xalq milliy o‘yinlariga bag‘ishlangan respublika festivallaridir. Ular asosan
“Alpomish o‘yinlari”, “To‘maris o‘yinlari” kabilar tashkil etilib kelindi.
Bu milliy o‘yinlar negizida qadriyatlar, g‘urur va iftixor mazmunlari
mujassamlashganligi tufayli davlat arboblari, ma’naviy - madaniy sohalarning
fozillari, yetakchi olimlari katta e’tibor berishdi.
1991 yil 25 aprelda ilk bor xalq milliy o‘yinlari Respublika musobaqasi
Jizzax viloyatining Forish tumanida tashkil etilib, u to 1996 yilgacha shu yerda va
shu tarzda o‘tkazildi. Respublika hukumatining maxsus qarori asosida 1998 yil
Termizda uni “Alpomish o‘yinlari Respublika festivali” nomi bilan atalib, u har
ikki yilda bir marotaba o‘tkazilmoqda.
Xotin - qizlar sportga bog‘ishlab “To‘maris o‘yinlari Respublika festivali”
1999 yil Jizzaxda tashkil etilib, u ham har ikki yilda bir marotaba o‘tkazilib
kelindi. Mazkur festivallarni xalq xursandchilik bilan kutib oldi va yuksak baholar
berdi. Chunki ularning mazmuni asosan xalq milliy o‘yinlari, harakatli o‘yinlar
saralanib, tanlab olinib namoyish etildi. Bunda atoqli olimlar U.Qoraboev va
T.Usmonxo‘jaevlarning katta tashabbuskorligi sabab bo‘ldi.
Xalqimiz orasida qadimdan davom etib kelayotgan milliy urf - odatlar va
udumlar ham g‘oyat ko‘p. Ularni tashkil qilish va o‘tkazishda yurtimizning o‘zligi,
milliy g‘ururi, iftixori va eng muhimi ma’naviyat - ma’rifat madaniyati mazmunga
boy. Ularning eng muhimlari to‘ylar (o‘g‘il farzand tug‘ilishi, beshik, payg‘ambar
yoshi, yubiley va h.k.), hayit, qadrlash, xotirlash va h.k. marosimlardir. Ayniqsa
yigitlar va katta yoshdagi kishilar, ayollarning har xil yig‘inlari (gapi, gashtagi),
qizlar yig‘ini, maktabni bitiruvchilar kechasi va shu kabi xar xil odatlar ham
ma’naviy kuch - quvvat va jismoniy kamolot sababchisi bo‘la oladi. Chunki ular
turli xil harakatli o‘yinlarni ham tashkil etadilar.
Xudoyi, iftorlik va qazo qilgan kunlarni eslash marosimlarda mullalar,
zamonaviy ishbilarmonlar, madaniyat arboblari va qatnashchilar o‘tgan - ketgan
ajdod va avlodlarni xotirlash yo‘li bilan oila a’zolari, qarindosh - urug‘lariga sabr –
toqatli bo‘lishga undaydi. O‘zlarning salomatligini saqlash, farzandlarni yaxshi
tarbiyalash, ularni jismonan chiniqtirishga tilaklar bildirishadi. Ya’ni milliy
qadriyatlarimizni e’zozlash, ma’naviy - ma’rifiy va jismoniy jihatdan barkamol
bo‘lish yo‘llarini keng ochib beradi. Ta’biiyki, bu ma’noda jismoniy tarbiya va
sport bilan shug‘ullanish, ayniqsa milliy harakatli o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lish
ko‘zda tutiladi.
Xulosa shundan iboratki, ulug‘ sanalar, an’anaviy bayramlar, turli xil urf -
odatlar, udumlarning negizida insonlarni ulug‘lash, Vatan sharafi uchun, el - yurt
tinchligi deb mehnat qilish, o‘qish va yashash g‘oyalari mazmun topadi.
O‘tkaziladigan ommaviy - madaniy sport tadbirlari mazmunida halollik,
vijdonlilik, kuch - g‘ayrat to‘plash, iqtidorli yoshlarni va istedodli mutaxassislar
hamda sportchilarni kashf etish maqsadlari yuksak darajada bo‘ladi. Ularning
tarkibida xalq milliy o‘yinlarining tarkib topishi eng muhim ahamiyatga molikdir.
Chia sẻ với bạn bè của bạn: |