O‘zbek xalq milliy harakatli o‘yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq



tải về 1.07 Mb.
Chế độ xem pdf
trang42/63
Chuyển đổi dữ liệu17.05.2023
Kích1.07 Mb.
#54698
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Harakatli o‘yinlar Karimjon Raximqulov (1)
Boliboyeva Zebuniso, Mavzu direktor- maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Reja kir, Xolmurodova Muharram
O‘yin qoidalari. 1 O‘rinsiz qolgan o‘yinchi onaboshi bo‘ladi. 2. Durra tutgan 
o‘yinchi onaboshini ushlab olsa o‘rinlarini almashadi. 
Pedagogik ahamiyati. O‘yinda barcha o‘yinchilarni diqqat e’tiborini, sezgilarini 
topqirligini harakat malakalarini tarbiyalaydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, 
chidamlilikni tarbiyalaydi. O‘yinni o‘ziga xos harakatlari yugurish hisoblanadi. 
"ChERTKI" O‘YINI 
O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalar sezgirlik, diqqat etish qobiliyatlarini 
rivojlantiradi. O‘ynovchilar chek tashlab ikki komandaga bo‘linadi. Komandalar bir 


– birlariga qarama – qarshi 8-10 m masofada turadilar. Har komandaning 
o‘yinboshichisi o‘z komandasidagi o‘ynovchilarni qushlar, hayvonlar o‘simliklar va 
mevalar nomi bilan ataydilar. Qora rangdagi ro‘molcha tayyorlab qo‘yiladi. 
O‘yin tavsifi. O‘yin boshlash huquqini olgan o‘yinboshi raqib o‘ynovchilardan 
birining boshini yoki qo‘lini ro‘mol bilan bog‘laydi va o‘z o‘yinchilaridan birini 
yangi nom bilan chaqiradi. U bilintirmasdan kesib ro‘molni bir necha marta chertadi, 
o‘zi joyga borib turadi. O‘yinboshi bog‘langan ro‘molni yechib oladi, u chertgan 
o‘ynovchini qidira boshlaydi. Agar chertgan o‘yinchini topsa o‘z komandasiga olib 
qaytadi, topolmasa shu komandada qoladi. O‘yin komandada 1-2 ta o‘ynovchi 
qolguncha davom etadi. So‘ngra o‘yinboshilar o‘rin almashadilar. 
O‘yin qoidalari. 1. Ro‘mol boshni siqmaydigan qilib bog‘lanishi lozim. 2 Agar 
ro‘mol bo‘lmasa, ko‘p qatlamlilik bo‘lishi shart. 3. Har ikkala komanda 
o‘ynovchilarining yangi nomlari sir saqlanishi kerak. 4. Chertayotgan o‘ynovchi 
orqasidan sekin chertishi darkor. 
Pedagogik ahamiyata. O‘yin yoshlarda diqqat- e’tiborni, sezgirlik qobiliyatlarini 
tarbiyalaydi. O‘yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik aniq mo‘ljal olish sharoitlarini 
rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o‘ziga xos harakat sekin bildirmasdan 
yurishdir. 

tải về 1.07 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương