Mundarija kirish i-bob. Asosiy qism. Axborot tizimini ishlab chiqishning nazariy asoslari


-§ Axborot tizimlarini ishlab chiqishda talab qilinadigan uskunalar va vositalar



tải về 6.06 Mb.
trang4/16
Chuyển đổi dữ liệu10.11.2023
Kích6.06 Mb.
#55619
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Katta hajmli yuklarni tashish diplom ishi 1 янгисиииии(4)

1.2-§ Axborot tizimlarini ishlab chiqishda talab qilinadigan uskunalar va vositalar
Axborot tizimlarining tuzilishi Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega (1-rasm). Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta’minotdan iborat bo‘ladi. Axborot ta’minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining, shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir. U ko‘rsatkichlarni, ma’lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‘z ichiga oladi.
Texnik ta’minot. Texnik ta’minot — axborot tizimi ishi uchun mo‘ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir. Matematik ta’minot. Matematik ta’minot — axborot tizimida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot — bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir. Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy tizimli va maxsus dasturli mahsulotlar, shuningdek texnik hujjatlar, jumladan: operatsion tizimlar, dasturlash tizimi, dasturchining asbob-uskuna vositasi, test va tashxis dasturlari, telekommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funksional dasturiy ta’minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimi va hokazo) kiradi.
Umumiy tizimli dasturiy ta’minot. Ularga foydalanuvchiga mo‘ljallangan va axborotni qayta ishlashning an’anaviy vazifalarini hal etish uchun belgilangan dasturlar kompleksi kiradi. Ular kompyuterlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishga xizmat qiladi. Maxsus dasturiy ta’minot. Aniq bir dasturiy tizimni yaratishda ishlab chiqilgan dasturlar majmuini ifoda qiladi. Uning tarkibiga turli darajada o‘xshash ishlab chiqilgan modellar, ma’lum bir obyektning ishlashini aks ettiruvchi amaliy dasturlar paketi kiradi. Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot — axborot tizimini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot (sharoit) — ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir. Maqsad — xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash. Huquqiy ta’minot — axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir.
Axborotni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustahkamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi.
Lingvistik ta’minot — axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui. Axborot tizimning funksional qismi axborot tizimining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi kenja tizimiga o‘zgarishi ro‘y beradi.
Kenja tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional qism funksional belgilariga ko‘ra kenja tizimlarga bo‘linadi:
 boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi);
 boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo);
 qo‘llanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo);
 boshqaruv ishi va davri.
Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir obyektga bog‘liq. Axborot tizimining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli obyektlar uchun bir xilda bo‘ladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati vaqtga nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni, uning yaratilishi to undan foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib turadi: Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil). Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish, yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning texnik loyihasini rasmiylashtirish. Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab chiqish, xodimlar uchun qo‘llanma yo‘riqnomalarni yaratish, qo‘llanma loyihani rasmiylashtirish. Tadbiq etish (testlash, tajriba Ekspluatatsiyasi).
AAT kenja tizimlarini kompleks tuzatish, xodimni o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish, Ekspluatatsiyaga topshirish. Ekspluatatsiya (kuzatib qo‘yish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik Ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib borish, AAT ning ishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xato va kamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni rasmiylashtirish va uni bajarish. Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar va hujjatlar to‘plami shakllanadi.
5. Axborot tizimlarining turlari. Funksional alomat tushunchasi Funksional alomat tizimga tegishli qism tizim vazifasi, uning asosiy maqsadlari va funksiyalarini aniqlaydi. Axborot tizimining strukturasi funksional tizim qismlari to‘plamidan iborat, funksional alomat esa axborot tizimlarini tasniflashda foydalaniladi.
Ishlab chiqarish, tijorat obyektlari bo‘yicha xo‘jalik yuritish amaliyotida funksional alomat quyidagi faoliyat turlari bilan bog‘liq: ishlab chiqarish, marketing, moliyaviy, kadrlar. Ishlab chiqarish faoliyati bevosita mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnika yangiliklarini yaratish va ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan bog‘liq. Mapketing faoliyati quyidagilardan iborat:
• ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bozorini tahlil etish, savdo-sotiqni tahlil etish;
• mahsulot realizatsiyasini ta’minlash uchun reklama kampaniyasini tashkil etish;
• moddiy-texnika ta’minotini ratsional (oqilona) tashkil etish.
Moliyaviy faoliyat firmaning buxgalteriya, statistik va operativ axborotlari asosida resurslarni nazorat etish va tahlil qilishni tashkil etish bilan bog‘liq. Kadrlarga oid faoliyat firma uchun zarur bo‘lgan mutaxassislarni tanlash, bu boradagi xizmat hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq. Yuqoridagi faoliyatlar mos ravishda axborot tizimlarini umumiy holda quyidagi turlarga ajratish imkonini beradi:
• ishlab chiqarish tizimlari;
• marketing tizimlari;
• moliyaviy va hisobga olish tizimlari;
• kadrlar tizimi;
• firma faoliyati va uning xususiyatidan kelib chiqqan holda yordamchi vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan boshqa turdagi tizimlar turi.
Yirik firmalarda asosiy axborot tizimi funksional vazifalarni bajaruvchi bir necha qism-tizimlaridan iborat bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik kompaniyaning axborot tizimi quyidagi qismtizimlardan tashkil topadi: zahiralarni boshqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, mahsulot realizatsiyasini boshqarish, alohida bo‘limlar (buxgalteriya, rejalashtirish, kadrlar va boshqalar) ishini bosqarish va shu kabilar.
1-jadval. Axborot tizimlari funksional alomati.

Axborot tizimining turi u kimlarning manfaatlariga xizmat qilishi va boshqarishning qaysi bo‘giniga tegishliligi bilan bog‘liq. 1-rasmda axborot tizimlari funksional alomatlarga ko‘ra va boshqarish pog‘onasiga taalluqliligi nuqtai-nazaridan tasniflash variantlaridan biri keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, boshqarish pog‘onasi qanchalik yuqori bo‘lsa, ushbu pog‘onaga mos mutaxassislarning axborot tizimi asosida ish yuritishlari ko‘lami shunchalik kam bo‘ladi. Biroq, boshqaruvchi (menejerlar) tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradigan axborot tizimining intellektual imkoniyatlari va murakkablik darajasiga bo‘lgan talablar oshib boradi.


Boshqarishning ixtiyoriy bo‘g‘ini har bir funksional tizimlardagi turli kesimlardagi va turli sig‘imlarga ega bo‘lgan axborotlarga ehtiyoj sezadi.

1-rasm. Boshqaruv darajalariga mos ravishda axborot tizimlari turlari.

Rasmdagi piramida asosini operativ boshqaruv bo‘g‘iniga xos bajaruvchi (ijrochi) xodimlar (mutaxassislar, operatorlar, muhandislar) ma’lumotlarni operativ qayta ishlashga yo‘naltirilgan axborot tizimlari tashkil etishi ko‘rinib turibdi. Piramidaning eng yuqori qismida boshqaruvning yuqori pog‘onasida faoliyat ko‘rsatadigan menejerlar tomonidan qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladigan axborot tizimlari roli strategik ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan.


8. Operativ bo‘g‘in axborot tizimlari Operativ bo‘g‘in axborot tizimi ijrochi-mutaxassislarni ular faoliyatidagi bitimlar va hodisalar (hisoblar, buyurtmalar, maosh, kredit, xom-ashyo va materiallar oqimi) haqidagi ma’lumotlarni qayta ishlash asosida qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu bo‘g‘in axborot tizimining vazifasi – firmadagi bitimlar oqimini kuzatish va joriy holat bo‘yicha so‘rovlarga javob olish. Bunday vazifani bajarish uchun axborot tizimi ochiq va qulay bo‘lishi bilan birga aniq va ishonchli axborotni yetkazib berishi kerak. Operativ bo‘g‘indagi masala, vazifalar va ularda foydalaniladigan axborot manbalari oldindan strukturalashtirilgan. Masalani yechish ishlab chiqilgan algoritm asosida yaratilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Operativ bo‘g‘in axborot tizimi firma bilan tashqi muhitni bog‘lovchi zveno hisoblanadi. Agar tizim yomon ishlasa, tashkilot tashqi muhitdan axborot ololmaydi yoki kerakli axborotni yetkazib berolmaydi. Undan tashqari axborot tizimi tashkilotning boshqa turdagi axborot tizimlari uchun kerakli axborotni yetkazib beradi, chunki uning tarkibida operativ axborotlar, arxiv ma’lumotlari saqlanadi. Bunday axborot tizimini hisobga olmaslik qaytarib bo‘lmaydigan salbiy holatlarga olib keladi.
Operativ boshqaruv pog‘onasiga tegishli axborot tizimlari:
 buxgalteriya;
 bank depozitlari;
 buyurtmalarni qayta ishlash;
 aviabiletlarni qayd qilish va realizatsiya qilish;
 oylik maoshlarni hisoblash va boshqalar. Mutaxassislar axborot tizimlari ma’lumotlar bilan ishlovchi mutaxassislar, loyihachilar, muhandislar mehnat unumdorligini oshirishda yordam beradilar. Ularning vazifasi qog‘ozli axborotlarni qayta ishlashni osonlashtirish va yangi ma’lumotlarni tashkilot bazasida integratsiyalashdan iboratdir.
Jamiyat va ishlab chiqarish taraqqiyoti, iqtisodiyotning o‘sishi kelajakda mana shunday axborot tizimlarining keng ko‘lamda joriy etilishiga bog‘liq. Bunday tizimlarda ikki guruhni alohida ajratib o‘tish o‘rinlidir:
• ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari;
• bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari. Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari o‘zining soddaligi va keng qamrovligi tufayli ixtiyoriy tashkiliy bo‘g‘in xodimlari tomonidan faol ishlatiladilar. Ko‘pincha ulardan o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan kichik mutaxassislar, buxgalterlar, kotibalar va hattoki yuqori malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar foydalanadilar.
Asosiy maqsad – ma’lumotlarni qayta ishlash, ish yuritish samaradorligini oshirish va axborotlarni qayd qilish, ularni izlash, so‘rovlar bo‘yicha muayyan shakllar yoki jadval ko‘rinishidagi hisobotlarni tayyorlashni tezlashtirishdir. Ofisni avtomatlashtirish axborot tizimlari axborot xizmati ko‘rsatish sohalari xodimlarini xaridorlar, buyurtmachilar, iste’molchilar bilan aloqani o‘rnatish imkonini yaratadi. Ularning faoliyati asosan hujjatlar yuritish, kommunikatsiyani boshqarish, reja-jadvallar ishlab chiqishni qamrab oladi.
Bunday tizimlar quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
• turli matn protsessorlari asosida kompyuterda matnlarni qayta ishlash;
• yuqori sifatli bosma mahsulotlarni ishlab chiqish;
• hujjatlarni arxivlash;
• elektron kalendarlar va ish yuritishga doir ma’lumotlarni elektron yozuv daftarchasida saqlash;
• elektron va audiopochta;
• video- va telekonferensiyalar.
Bilimlarni qayta ishlash axborot tizimlari, shu jumladan, ekspert tizimlar muhandislar, huquqshunoslar, olimlar uchun yangi mahsulot yaratishda foydalaniladigan zarur bilimlarni qamrab oladilar. Ularning vazifasi yangi axborot va yangi bilimlarni yaratishdir. Masalan, muhandislik va ilmiy loyihalashning ixtisoslashtirilgan ishchi stansiyasi yuqori darajadagi sifat talablariga javob beradigan texnik ishlanmalarni yaratish uchun imkoniyat yaratadi.
O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari O‘rta bo‘g‘in boshqaruvining axborot tizimlari menejerlar tomonidan monitoring (jarayonlarni doimiy kuzatib borish), nazorat, qaror qabul qilish va boshqarish uchun foydalaniladi. Bunday tizimlarning asosiy vazifalari quyidagilar:
 joriy ko‘rsatkichlarni o‘tgan davr ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash;
 operativ bo‘g‘indagi joriy vaqt hisobotlaridan farqli ravishda muayyan vaqt oralig‘i uchun davriy hisobotlarni tayyorlash;
 arxiv ma’lumotlariga murojaatlarni ta’minlash va shu kabilar.
Ba’zi axborot tizimlari notrivial yechimlar olishni ta’minlaydilar. Axborot ta’minotiga bo‘lgan talablar qat’iy bo‘lmagan hollarda ular “agar .... bo‘lsa, u holda ...” savoliga javob bera oladilar.
Ushbu boshqaruv bo‘g‘inida ikki turdagi axborot tizimlarini ajratish mumkin: boshqaruv axborot tizimlari (menejment uchun) va qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlovchi axborot tizimlari.
Boshqaruv axborot tizimlari unchalik keng bo‘lmagan analitik imkoniyatlarga ega. Ular kundalik, haftalik holat bo‘yicha axborotlarga ehtiyoj sezuvchi boshqaruvchilarga xizmat ko‘rsatadilar. Ularning asosiy vazifalari firmadagi kundalik operatsiyalarga doir ma’lumotlarni kuzatish va ular asosida qat’iy strukturalashtirilgan umumlashtirilgan hisobotlarni shakllantirishdir. Bunda kerakli axborotlar operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan olinadi. Boshqaruv axborot tizimlarining tavsiflari:
 operatsiyalarni nazorat qilish darajasida strukturalashtirilgan va qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashda foydalaniladilar;
 operativ vaziyatdan kelib chiqqan holda nazorat, hisobot va qaror qabul qilishga yo‘naltirilgan;
 tashkilot ichidagi axborot oqimlari va mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga asoslanadilar;
 kam analitik imkoniyatlarga va noegiluvchan strukturaga ega.
Qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlar natijalarini oldindan bashoratlash mushkul bo‘lgan qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun xizmat qiladilar. Ular o‘zlarining bir necha modellari bilan keng analitik imkoniyatlarga egalar. Axborotlarni boshqaruv va operatsion bo‘g‘in axborot tizimlaridan oladilar. Bunday tizimlardan qaror qabul qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi menejerlar, mutaxassislar, analitiklar va boshqalar foydalanadilar. Masalan, texnik jihoz va uskunalarni sotib olgan ma’qulmi yoki ijaraga olgan ma’qulmi qabilidagi masalalar uchun qo‘l keladilar.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:
 bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar;
 modellashtirish va tahlil qilishning murakkab uskunaviy vositalari bilan qurollanganlar, masalaning qo‘yilishiga va berilgan ma’lumotlar parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish imkoniyatini yaratib beradilar;
 kun davomida turli xil sharoitlar bo‘yicha mos parametrlar asosida yechimlar olish va qulaylikka ega bo‘lishilari bilan farqlanadilar;
 maksimal darajada foydalanuvchi ehtiyojlariga javob beruvchi texnologiyalga egadirlar.
Strategik axborot tizimlari Har qanday tashkilotning istiqboli va kelajagi qabul qilingan strategiyaga bog‘liq. Strategiya deganda istiqbolli, uzoq muddatga mo‘ljallangan masalalarni yechishga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar to‘plami tushuniladi. Ushbu tushuncha bilan “strategik metod”, “strategik vosita”, “strategik tizim” va shu kabi tushunchalarni ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda firmaning rivojlanish va istiqbolli strategiyasi masalalarida axborot tizimlarining o‘rniga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday axborot tizimlari strategik muhim tizim sifatida e’tirof etilib, firmaning ravnaqi, vazifalari, metodlari, mahsulotlari, xizmatlari sifatini oshirishda, raqobatchilardan o‘zib ketishga, iste’molchilar va ta’minlovchilar o‘rtasida yangi munosabatlarning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadilar.
Yangi strategik axborot tizimlari paydo bo‘ldi.
Strategik axborot tizimi — tashkilotning strategik istiqbolli maqsadlarini amalga oshirishga oid qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi kompyuter axborot tizimidir. Axborot tizimlarining yangi sifatlari hattoki firmaning strukturaviy tuzilishi, uning mahsulot ishlab chiqarish yo‘nalishlarini o‘zgartirib, gurkirab rivojlanib ketishiga ta’sir ko‘rsatgani haqida ma’lumotlar ko‘pgina. Biroq shunday salbiy holatlar ham kelib chiqqanki, axborot tizimi joriy etilishi natijasida shtatlar soni qisqartirilishi, firmadagi ruhiy holatning o‘zgarishi kuzatilgan. Iste’mol bozorida mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan, o‘zining raqobatchilariga ega bo‘lgan firma faoliyati misolida strategik axborot tizimlarining sifatini ko‘rib chiqaylik. Bunday sharoitlarda firma raqobatchilaridan o‘zib ketishi kerak. Strategik axborot tizimidan foydalanish bunday vaziyatlarda nimalarni beradi? Bunday savolga javob olish uchun, firmaning tashqi muhit bilan aloqalarini tushunib olish kerak.
Firma faoliyatiga quyidagi tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
• bozorda o‘z siyosatlarini yuritayotgan raqobatchilar;
• tovar xarid qilish va xizmatlardan foydalanish bo‘yicha turli imkoniyatlarga ega bo‘lgan xaridorlar;
• mahsulot ishlab chiqarishda xom-ashyo va butlovchi qismlar yetkazib beruvchi ta’minotchilarning narxlar bo‘yicha siyosati.
Firma raqobatda yutib chiqib, bozorda o‘zining siyosatini yuritishi uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratishi va strategiyalarga amal qilishi zarur:
 bozorda mavjud bo‘lgan tovarlardan farq qiladigan, yangi tovarlar va xizmatlarni yaratish;
 firmaning tovar va xizmatlari sifati boshqa raqobatchi firma tovarlari va xizmatlaridan tubdan farq qiladigan, afzalligi e’tirof etiladigan yangi bozorlarni va sharoitlarni izlab topish;
 firma o‘zga xaridorlar va ta’minotchilarni izlab topib, ularga murojaat qilishidan ko‘ra har xil aksiyalar asosida muqim xaridorlar va ta’minotchilarni o‘ziga biriktirib olishi;
 mahsulot sifatini pasaytirmagan holda uning narxini tushirish. Strategik bo‘g‘in axborot tizimlari yuqori zvenodagi boshqaruvchilar uchun strukturalashtirilmagan masalalarning yechimini olish, uzoq muddatli rejalashtirish ishlarini bajarish imkonini beradilar.
Asosiy masala – firmaning yoki tashkilotning tashqi muhitdagi holatni tahlil qilish va solishtirishi asosida ichki imkoniyatlari va zahiralarini baholash. Ular tasodifan yuzaga keladigan vaziyatlarni hisobga olishda, nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda kompyuter va telekommunikasion qaror qabul qilishning umumiy muhit yaratishlari kerak. Eng so‘nggi takomillashtirilgan dasturlardan foydalanib, bunday tizimlar ixtiyoriy vaqtda ko‘pgina manbalardan zarur axborotlarni yetkazib berishlari mumkin. Ba’zi strategik axborot tizimlari uchun chekli analitik imkoniyatlar mavjud. Ushbu tashkiliy bo‘g‘inda axborot tizimlari yordamchi rolni o‘ynaydilar va ulardan menejer tomonidan qaror qabul qilish uchun zarur axborotlarni operativ tarzda yetkazib berishda foydalanadilar. Hozirgi strategik axborot tizimlaridan ko‘p rejalilik, ko‘p funksiyaviylik sharoitida foydalanilayotgan bir paytda ularni yaratishning umumiy tamoyillari hali ishlab chiqilmagan.
Bu masala borasida ikki xil nuqtai-nazarlar mavjud: birinchisi - dastlab maqsadlar va ularga erishishning strategik yo‘llarini aniqlab olish kerak, so‘ng esa axborot tizimlarini unga moslashtirish kerak; ikkinchi nuqtai-nazar - tashkilot strategik axborot tizimlaridan o‘z maqsadlarini aniqlashda va strategik rejalashtirishni amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Lekin kelajakda bu ikki nuqtai-nazarning umumiy sintezi asosida strategik axborot tizimlarini yaratish yaxshi samara berishi e’tirof etilmoqda.



tải về 6.06 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương