Mundarija kirish i-bob. Asosiy qism. Axborot tizimini ishlab chiqishning nazariy asoslari


-§ Dastur interfeyslarining tavsifi



tải về 6.06 Mb.
trang8/16
Chuyển đổi dữ liệu10.11.2023
Kích6.06 Mb.
#55619
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Katta hajmli yuklarni tashish diplom ishi 1 янгисиииии(4)

1.4-§ Dastur interfeyslarining tavsifi
Дастур кисми

II-BOB. KATTA HAJMLI YUKLARNI TASHISH XIZMATI AXBOROT TIZIMININING ARXITEKTURASI VA TEXNOLOGIYASI
2.1-§ Axborot tizimining arxitekturasi
Tizimni tashkillashtirish bo‘yicha guruhli va korporativ axborot tizimlari quyidagi sinflarga bo`linadi: fayl-server asosidagi tizimlar; mijoz-server arxitekturasi asosidagi tizimlar; ko„p darajali arxitektura asosidagi tizimlar; Internet/intranet-texnologiya asosidagi tizimlar. Har qanday axborot tizimida, turli arxitekturali axborot tizimlarida mavjud bo„gan cheklanishlarini anglash imkonini beruvchi, uning funksional komponentlarini ajratish mumkin.

Fayl-server arxitekturasi PS va PL muloqotlari komponentlarining tarmoqli bo`linishiga ega emas va grafik interfeysni qurishni yengillatuvchi tasvirlash funksiyalari uchun kompyuterdan foydalanadi. Fayl-server fayllardan berilganlarni oladi. Natijada qo`shimcha foydalanuvchilar va ilovalar markaziy protsessorga kam yuklanish beradi.
Har bir yangi mijoz tarmoqqa hisoblash kuchini qo`shadi. Fayl-serverli ilovalarda PL muloqoti mantiqini aniqlovchi ilova komponentalari, BL ishlov berish mantiqi va DL berilganlarni boshqarish ishlab chiqish obyekti hisoblanadi. Ishlab chiqilgan ilovalar yakunlangan yuklanuvchi modul yoki interpretatsiya uchun maxsus kod ko„rinishida tadbiq qilinadi. Bunday arxitektura ba‟zi kamchiliklarga ega: berilganlar bazasiga ba‟zi bir so„rovlarda, past tezlikdagi kanallar orqali aloqa o„rnatilganda tarmoqni yuklagan holda, mijozga katta hajmdagi ma’lumot uzatilishi mumkin.
Bu kamchilikni yo`qotishning yo`llaridan biri tarmoqda fayl-server ilovasini masofaviy boshqarish hisoblanadi. Bunda lokal tarmoqda oddiy fayl-server ilovalar uning muhitida bajariladigan telekommunikatsion server bilan bog„langan (odatda kirish serveri deyiladi) ilovalar serveri joylashadi. Masofaviy mijozlardan kirish- chiqish muloqotlari telekommunikatsiya orqali keladi.
Ilovalar juda murakkab bo`lmasligi lozim, aks holda serverning kuchlanish ehtimolligi juda katta bo`ladi, yoki ilovalar serveri uchun juda kuchli platforma lozim bo`ladi.

Mijoz-server arxitekturasi komponentalarni bo`lish va ko`proq samarali faoliyat ko`rsatadigan joylarga joylash yo`li bilan fayl-serverli ilovalarda yuzaga keladigan muammolarni yechishga yo„naltirilgan. Mijoz-server arxitekturasining o`zgachaligi SQL (Structured Query Language) tarkiblangan so`rovlar tilidagi so`rovlarni tushinuvchi va axborotlarni qidirish, saralash va agregirlashni bajaruvchi berilganlar bazasining ajratilgan serverlaridan foydalanish hisoblanadi.


Berilganlar bazasi serverlarining farqlanuvchi tomoni – berilganlar bazasi tarkibi, berilganlar yaxlitligiga cheklanishlar, formatlar va hattoki so`rov yoki dasturdagi hodisalar bo`yicha berilganlarga ishlov berish serverli jarayonlari yozilgan berilganlar ma’lumotnomasining mavjudligidir. Bunday ilovalarda, sifatida ishlov berish muloqoti va mantiqidan tashqari, berilganlarning relyatsion modeli va u bilan bog’langan berilganlar bazasiga so`rovlar uchun SQL-operatorlar to„plami ishlab chiqish obyekti hisoblanadi.
Mijoz-server konfiguratsiyalarining ko`pchiligi ikki darajali modelni qo`llaydi, bunda mijoz server xizmatlariga murojaat qiladi. PS va PL muloqot komponentalari uchun mijozda joylashadi. Ular grafik interfeysni ta’minlash imkonini beradi. Berilganlarni boshqarish komponentalari (DS, FS) serverda joylashadi, muloqot (PS, PL) va mantiq (BL, DL) – mijozda. Mijoz-server arxitekturasining ikki darajali aniqlanishi aynan shu talqindan foydalanadi, BBBTserverda. Bunday sxema serverga kam talablar qo`yadi. U eng yaxshi mashtablashtirish imkoniyatiga ega. Ammo, berilganlar bazasi bilan katta o`zaro bog’lanishni chaqiruvchi murakkab ilovalar ham mijozni, ham tarmoqni katta yuklantirishi mumkin.
SQL-so`rov natijalari ishlov berish uchun mijozga qaytishi lozim, chunki u yerda qaror qabul qilish mantiqi joylashgan. Bunday sxema turli mijoz bo`g’inlariga sochilgan ilovalarni administratorlash uchun qo`shimcha qiyinchiliklarga olib keladi. Tarmoqdagi yuklanishni qisqartirish va administratorlashni soddalashtirish uchun BL komponentni serverda joylashtirish mumkin. Bunda qaror qabul qilishning butun mantiqi saqlanuvchi jarayonda ko`rinishida jixozlanadi va berilganlar bazasi serverida bajariladi. Saqlanuvchi protsedura – berilganlar bazasiga kirish uchun talab qilingan parametrlari bilan nomi bo`yicha chaqiriluvchi va berilganlar bazasi serverida bajariluvchi SQL operatorlari bilan protseduralardir.
Saqlanuvchi protseduralar kompilyatsiya qilinishi mumkin. Bu ularning bajarilishini tezlashtiradi va serverdagi yuklanishni kamaytiradi. Berilganlar bazasi va ilovalar yaxlitligini yaxshilaydi, jamoaviy foydalanilayotgan amallar va hisoblashlar dolzarbligini saqlaydi

Hozirgi kunda mijoz-server arxitekturasi korporativ darajadagi axborot tizimlari va ishchi guruhlarda keng tarqalgan. Ishni bunday tashkillashtirish ilovalarning bajarilish samaradorligini oshiradi. Ko‘p darajali arxitektura mijoz-server arxitekturasining rivojlangan shakli bo`lib, klassik shaklda uch darajadan tashkil topgan:


quyi daraja – PS va PL taqdim mantiqi va funksiyalarining bajarilishi uchun ajratilgan va o`rta daraja ilovalarini chaqirish uchun dasturiy interfeysga ega bo`lgan mijozlar ilovalarini ifodalaydi;
o`rta daraja – ilovalar serveri: bunda BL amaliy mantiqi bajariladi va u orqali DL berilganlarga ishlov berish mantiqi DS berilganlar bazasi bilan amal bajarishni chaqiradi;
yuqori daraja – DS berilganlarga ishlov berish xizmatlari va FS faylli amallar uchun ajratilgan maxsuslashtirilgan masofaviy berilganlar bazasini ifodalaydi.
Berilganlarga ishlov berishning bunday konsepsiyasi xususan Oracle, Borland, Sun va boshqa firmalar tomonidan targ„ibot qilinadi. Uch darajali arxitektura tarmoq va uning turli bo`g’inlaridagi yuklanishlarni imkon qadar tenglashtirishga qaratilgan va ikki darajali mijoz-server modelining kamchiliklarini yo`qotyadi. Amaliy mantiqdagi o`zgarishlar interfeysga ta’sir qilmaydi va aksincha. PL, BL va DL komponentalari o`rtasidagi chegara turli tipda bo`lganligi uchun amaliy mantiq barcha uch daraajada ko`rinishi mumkin.
Ilovalar serveri tranzaksiyalar monitori yordamida mijozlar va boshqa serverlar o`rtasida interfeysni ta‟minlaydi, tranzaksiyalarni boshqarishi va taqsimlangan berilganlar bazasining yaxlitligini kafolatlashi mumkin. Jarayonlarni masofaviy chaqirish vositalari taqsimlangan hisoblash g’oyasiga ko’proq mos keladi: tarmoqning ihtiyoriy bo`g’inidan boshqa bo`g’inda joylashgan amaliy proseduralarni chaqirishni, parametrlarni uzatishni, masofaviy ishlov berishni va natijalarni qaytarishni ta‟minlaydi.
Mijoz-server tizimlarining ortishi bilan uch darajaning zarurati ortib boradi. Uch bo`g’inli arxitektura uchun tranzaksiya monitorlari deb nomlanuvchi mahsulotlari nisbatan yangi hisoblanadi. Bu anjomlar asosan UNIX muhitiga yo`naltirilgan, ammo amaliy serverlar ilovalar serveri bilan mijozlar aloqasini tashkillashtirish uchun masofaviy proseduralarni chaqirgan holda Microsoft Windows NT negizida ham qurilishi mumkin.
Amaliyotda lokal tarmoqlarda berilganlar bazasi ayni bir serverida aralash arxitekturani (ikki darajali va uch darajali) qo`llash mumkin. Shunday qilib, taqsimlangan ilovalarning ko`p darajali arxitekturasi korporativ axborot tizimining ishlash samaradorligini oshish va uning dasturiyapparat manbalarini taqsimlashni optimallashtirish imkonini beradi. Ammo, hozircha O`zbekiston bozorida mijoz-server arxitekturasi ustunlik qilmoqda.


tải về 6.06 Mb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương