Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Mundarija: I. Kirish


Kurs ishining metodologik asoslari



tải về 379.07 Kb.
Chế độ xem pdf
trang3/8
Chuyển đổi dữ liệu18.03.2024
Kích379.07 Kb.
#56872
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-MATЕMATIKA O’QITISH MЕTODIKASI
 
Kurs ishining metodologik asoslari bo’lib «Ta’lim to’g’risida»gi qonun 
hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», barkamol avlodni voyaga yetkazish 
borasidagi I.A.Karimovning asarlari, boshlang’ich ta’lim va pedagogika fani 
kontseptsiyalari xizmat qiladi. 
 
Kurs ishining metodlari - mavzuga oid ilmiy adabiyotlar va maqolalar 
tahlili; ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalarini umumlashtirish; 
muammoga tegishli bo’lgan maktab hujjatlari va o’quvchilarning ijodiy ishlarini 
o’rganish; maqsadli kuzatuv, savol-javob; pedagogik eksperiment; to’plangan 
ma’lumotlarni statistik tahlil qilish va hokazo. 
 
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishiga kirish, ikki bob, 4 ta band, 
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. 
1
Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., Ozbekiston, 
1997. 



I.BOB: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Ona tili to’garagi va unga 
rahbarlik qilish 
1.1. Ona tili to’garagi va uni tashkil qilish 
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham 
tarbiyaviy maqsadlarni ko’zlaydi. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va 
mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin. 
Doimiy tadbirlarga to’garak mashg’ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti 
bilan o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi. To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy 
turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi. To’garakka 
a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir. 
Ona tili to’garagining a’zolari soni 12-15 o’quvchidan oshmasligi lozim. 
Ular parallel sinflardan iborat bo’lsa, mashg’ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil 
etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo’lmasa, to’garak 
a’zolari bitta sinfdan iborat bo’lishi ham mumkin. 
To’garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – 
dil kaliti”, “O’zbek tili davlat tili” v.h. Mashg’ulot 15 kunda bir marta o’tkazilgani 
ma’qul. 
Quyida to’garak mashg’ulotlaridan birini namuna sifatida keltiramiz: 
5-sinflar uchun birinchi mashg’ulot 
1.To’garakka nom qo’yish. O’quvchilarni to’garakning maqsad va vazifalari bilan 
tanishtirish. “To’garak bizga nima beradi?” mavzuida suhbat. 
2.O’quvchilardan til odobi, so’zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so’rash 
va mazmunini sharhlash. 
Topshiriqlar: 
1.Til odobi va so’zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig’ish va ularning 
ma’nolarini aniqlash. 
2.To’y-tomoshalarni ifodalovchi so’zlar lug’atini tuzish va ularning ma’nolarini 
sharhlash. 



To’garak mashg’uloti dars mashg’ulotini takrorlamaydi, balki uni to’ldiradi 
va takomillashtiradi. Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashhur 
tilshunos olimlarning portretlari, donolarning til haqida aytgan hikmatli so’zlari, 
DTS talablari, tahlil namunalari, o’quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari 
uchun esdalik kabilar bilan jihozlangan bo’lishi, o’quv-metodik majmuani o’zida 
mujassamlashtirishi lozim. 
Ona tili kabinetida ish qog’ozlaridan namunalar bo’lsa, o’quvchilar uchun 
ancha foydali bo’ladi. Metodbirlashma ona tili kabinetini zarur o’quv-tadrisiy 
qo’llanmalar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berishi lozim. 
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, 
o’tkir zehnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik-tanlovlar o’tkazish 
kabilar kiradi. Savol-javob kechasida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga 
javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O’quvchilar 
maktabda tashkil etilgan qutiga o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. 
Bu savollar mavzu jihatdan har xil bo’lishi mumkin. Masalan, “Markaziy Osiyo 
xalqlarining qadimgi yozuvlari qanday bo’lgan?”, “Lotin alifbosiga o’tish bizga 
nima beradi?” v.h. 
Muayyan vaqt o’tgach, to’garak a’zoari savollarni yig’ib, ularga javob 
tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar. Uchrashuvlar ham juda katta tarbiyaviy 
ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, 
hukumat mukofotiga sazovor bo’lgan ona tili o’qituvchilari taklif etilishi mumkin. 
Ayniqsa, bular orasida maktabning sobiq talabalari bo’lsa, ularni taklif etish juda 
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
O’tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e’lon qilinadi. 
Bellashadigan guruhlar o’zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har 
bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko’radi.
Mushoira ona tilining muayyan bir bo’limi yoki bir necha kichik mavzularni 
o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “So’zning shakl va ma’no 
munosabati”, “Sodda gap turlari” kabi. 



Ko’rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu 
tadbir vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbir bo’lib, uni tashkil etishda 
o’quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang’ich 
sinflarda “Kimning xati chiroyli?” kabi mavzular tanlansa, 5-6-sinflarda esa erkin 
mavzuda yozilgan insho bo’yicha tanlov o’tkazish mumkin. 
Konferensiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo’lib, u asosan 8 – 9va 
undan keyingi bosqichlarda o’tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan 
o’quvchilarga ma’lum qilinadi: bu bosh mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning 
har biri bo’yicha kimlar tayyorgarlik ko’rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu 
bo’yicha 3-4 nafar o’quvchi tayyorgarlik ko’rgan bo’lsa, ulardan biri asosiy 
ma’ruzachi, qolganlari qo’shimcha maruzachilar sifatida ishtirok etadilar.
Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo’lib, unga ishtirok 
etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o’quvchilar 
ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g’oliblari maktab ma’muriyatining buyrug’i 
bilan rag’batlantiriladi.
Ona tili olimpiadalari yilda bir marta o’tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning 
birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman(shahar)da, uchinchi bosqichi 
viloyatda va to’rtinchi bosqichi Respublikada o’tkaziladi.
Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, 
ammo ular o’zaro bog’langan, biri ikkinchisini to’ldiradigan tadbirlardir.
2
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini 
tashkil etishida to’garak a’zolari faol ishtirok etadilar.
2
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and 
Form. ISJ Theoretical & Applied Science1(81), 250-257 




tải về 379.07 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương