Mavzu: Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Mundarija: I. Kirish


 Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va



tải về 379.07 Kb.
Chế độ xem pdf
trang4/8
Chuyển đổi dữ liệu18.03.2024
Kích379.07 Kb.
#56872
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-MATЕMATIKA O’QITISH MЕTODIKASI
1.2. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va 
uni o’tkazish usullari pedagogik muammo sifatida. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning darsdan 
bo‘sh vaqtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi va kengaytiradi, 
o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini 
oshirishiga imkoniyat yaratadi.Shu sababli keyingi davrda o‘quvchilarning darsdan 
tashqari vaqtlarini ko‘ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat berilmoqda.Sinf jamoasi 
bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo‘nalishlari, mazmuni har 
bir yosh bosqichida o‘quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. 
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay 
izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon 
Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo‘lishi kerak.Maktabda bashlang‘ich sinflarda 
tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar 
tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. Tarbiyaviy ishning asosiy yo‘nalishlari: 
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol 
ruhidatarbiyalash; o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; 
o‘quvchilarda axloq madaniyatini, ularning o‘z huquq va burchlariga nisbatan ongli 
munosabatini tarbiyalash; o‘quvchilarda o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini 
shakllantirishdan iborat.Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi va sinf rahbari faoliyatining 
asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning ahil tarbiyaliy jamoasini tashkil etishdir. 
Boshlang‘ich jamoa ishi shunday quriladiki, unda sinfning boshqa jamoalar 
bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umummaktab an’analari saqlanadi. 
Boshlang‘ich jamoa o‘qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o‘quvchilar o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy-foydali ishlari faoliyatida 
ishtirok etadi. 
O‘qituvchi va sinf rahbari sog‘lom, ahil bolalar jamoasini shakllantirish bilan 
birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali 
faoliyatini yo‘naltirib boradilar. 
Kichik yoshli o‘quvchilar juda faol va harakatchan bo‘ladilar. Faollikka 
intilish bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli 


10 
hayotiy tajribaga ega bo‘lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq tarbiyaviy 
ishning chinakam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo‘r imkoniyat 
beradigan, bolalarda bir-birlariga g‘amxo‘r munosabatda bo‘lishni tarbiyalaydigan, 
individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan 
usullarni tanlaydi. 
O‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda bolalarga o‘zlarini qiziqtiruvchi faoliyat 
turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko‘pincha kichik yoshdagi o‘quvchilar, yosh 
xususiyatlariga ko‘ra, o‘z xususiyatlarini to‘g‘ri baholay olmaydilar. 
Bolalarning o‘sishi, ularda jamoatchilik malaka va ko‘nikmalarining 
shakllanib borishi o‘qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi 
jarayonini o‘zgartirib boradi.O‘qituvchi boshlang‘ich sinflardayoq ahil bolalar 
jamoasini yaratish asosida sog‘lom jamoatchilik fikrini yaratadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamoasini yaratish 
sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaning tabiiy 
sharoitida, ularning jamoa faoliyati jarayonida o‘rganadilar. 
Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga biror maqsadga qaratilgan pedagogik ta’sir 
vaqtini uzaytiradi, u o‘qituvchiga o‘quvchilarning darslarda egallagan bilimlarini 
kengaytirish va chuqurlashtirish, bolalarning qobilyatini rivojlantirish, ularning 
xilma-xil qiziqishlarini qondirish, madaniy dam olishlarini uyushtirish imkonini 
beradi. Sinfdan tashqari ish bolalarni jamiyat hayotiga jalb qilishning katta 
imkoniyatlariga ega. 
Maktabda bashlang‘ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish, uni yo‘lga 
qo‘yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi. 
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy 
g‘oyalari bilan ahil, jipslashgan o‘quvchilar jamoasini tuzadi. O‘quvchilar o‘z-o‘zini 
idora qilish tizimi maktab o‘quvchilari (jamoasi) tomonidan o‘zining faoliyatida 
demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o‘zlashtirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. 
Bu to‘g‘ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo‘lga qo‘yish, harakatlar, 


11 
tashabbuskorlikning uyg‘unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o‘z 
zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko‘nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar 
davrimiz kishisi uchun zarur bo‘lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat 
ishiga va unga qo‘shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga 
sodiqlik, o‘zaro munosabatlarda qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini qo‘llab-
quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. 
Shuning uchun ham o’quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari 
qanchalik xilma-xil bo’lsa, ularning munosabatlari shunchalik boy, munosabat 
doirasi keng va ma`naviy o’sishi samarali bo’ladi. Maktabdan tashqaridagi 
tarbiyaviy ishlarda o’quvchilar jamoada ishlashni o’rganadilar, ijtimoiy mehnat 
quvonchini his qiladilar, ishlab chiqarish mehnatiga qo’shiladilar, jamoatchilik 
fikriga bo’ysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga odatlanadilar.
3
Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlari asosida 
kelajagimiz bo’lgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va 
uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish 
avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yo’nalishlarini 
topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Kontseptsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs 
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yo’naltirilgan. 
3
Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and 
Form. ISJ Theoretical & Applied Science1(81), 250-257 


12 

tải về 379.07 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương