Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar mundarija: kirish


Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish, tarbiyachining nutq madaniyati



tải về 50.08 Kb.
trang4/11
Chuyển đổi dữ liệu22.10.2023
Kích50.08 Kb.
#55386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yi
kompetensiyaviy-yondashuv-asosida-professional-ta-limda-bo-lajak-mutaxassislarni-kasbiy-faoliyatga-tayyorlashning-nazariy-asoslari
1.3.Pedagog tarbiyachi shaxsini shakllantirish, tarbiyachining nutq madaniyati.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma'suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog‘lik. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma'suliyatli vazifalarni bajaradi. Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma'naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yuqki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog‘on etib turuvchi yulboshchisi bo‘ladi. Ustozning eng buyuk burchi – uning xalqqa nafi tegadigan, aql-idrokli, qobiliyatli, uquvli shogirdlar tayyorlashdir. Tarbiyachi yosh avlodni halkimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va jamiyat oldidagi o‘z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o‘z mahoratini doimo faollashtirib borish va hamkasblarning ishdagi o‘sishga ko‘maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o‘zi yashab turgan o‘lka hayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo‘lishi kerak. Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma'lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (1996-yil 9- yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta'limi hodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e'lon qilindi. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg‘or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a'lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalk ta'limi xodimlari orasidan respublika buyicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi. Jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmokda. Pedagog xodimlarni malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmokda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmokda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o‘tishlari uchun shart-sharoit yaratilmokda. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati. Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni ma'lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning mahsulidir. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta'rif beradi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”. Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachio‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan shijoatiga bog‘liq. Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'limtarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma'lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir. Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, ma'naviy boyligi va histuyg‘ulari rivojlanadi, o‘zida ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topish uchun zarur bo‘lgan, kishilar bilan o‘zaro munosabatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil bo‘ladi Tarbiya xususida taniqli o‘zbek adibi Abdulla Avloniyning “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo razolat masalasidur”5 – deb aytgan fikrlari barcha millat vakillarining tarbiyasiga mos keluvchi haqiqatdir. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy va davlat ishidir. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta'riflaydi: «Tarbiyachi – ustoz bo‘lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o‘stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o‘zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘lishi kerak». Demak, o‘z faoliyatini endigina boshlayotgan o‘qituvchilar va doimiy izlanishda bo‘lgan tajribali o‘qituvchilar ham tarbiyachilik mahoratiga zamin yaratuvchi quyidagi jarayonlarni bilishi kerak: - har qanday pedagogik vaziyatlarda o‘quvchining ichki va tashqi dunyosini to‘g‘ri tushunish malakasi; - pedagogik vaziyatlarni to‘g‘ri idrok qilish uchun diqqatni jamlash; - tarbiyalanuvchilarga ishonch va talabchanlik; - tarbiyaviy vaziyatni har tomonlama puxta baholay olish qobiliyati; - xilma-xil pedagogik taktlardan o‘zi uchun eng muhimini ajrata olish qobiliyati; - ziddiyatli tasodifiy holatlarda ikkilanmasdan to‘g‘ri qaror qabul qilish; - tarbiyada ta'sir etishning turli usullaridan foydalana olish qobiliyati; - fikr va mulohazalarini so‘z bilan, mimika va pantomimik harakatlar bilan o‘quvchi ongiga aniq yetkaza olish; - dars va darsdan tashqari faoliyatda o‘quvchilar bilan kommunikativ aloqa o‘rnata olish qobiliyati; - o‘quvchilar ongida erkinlik va tashabbuskorlikni, o‘z fikr mulohazalarini qo‘rqmasdan bayon qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash; - qiyin holatlarda o‘quvchilarga yordam bera olish; - tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda o‘quvchilar jamoasi bilan doimo maslahatlashish; - o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar yuzasidan o‘quvchilarning fikrlarini o‘rganish; - o‘z-o‘zini boshqarishning turli shakllaridan unumli foydalanish; - har bir o‘quvchining yashirin ijobiy fazilatlarni ko‘ra olish va takomillashtirish; - o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab toifalarga ajratmaslik, bir xil munosabatda bo‘lish. Tegishli ma'lumotli, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega deyiladi «Ta'lim to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida. Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada ta'sir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulqatvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e'tiqodliligi o‘z kasbini sevishi va bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqati o‘qituvchi – tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro‘sini ko‘taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat kilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi-pedagog bo‘la oladi. Bolalarni sevish – pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarni chinakam ma'naviy murabbiysi bo‘lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog‘likdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyatӮ jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat – bu yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir. Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahlok, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgӯylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxurlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san'atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma'lum bir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidagi shartlarga amal kilishi kerak: 1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan bo‘lishi; 2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi; 3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi; 4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalb kilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi; 5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi; 6. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish; 7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi; 8. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi; 9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntara olishi; 10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak. Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar. Pedagog – tarbiyachining nutq madaniyati Nutq madaniyati ─ ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli ─ yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg‘iz o‘qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o‘zlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o‘qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog‘liq. O‘qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. O‘qituvchining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o‘giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi. O‘qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat o‘qituvchining shijoatiga bog‘liq. Shu qobiliyat tufayli o‘qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o‘qituvchining nutq madaniyatiga xos bo‘lgan vositalarni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak: 1. Nutq madaniyati o‘qituvchining ma'naviy-axloqiy kamoloti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi, o‘z ona tilimizga e'tiqodni namoyish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir. 2. Nutq madaniyati o‘qituvchilarni ma'naviy va madaniy saviyasi bilan, hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi. 3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo‘lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo‘lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash. 4. Nutq madaniyati ─ bu avvalo, o‘qituvchilarda nutqiy ko‘nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma pedagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. 5. Nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun o‘qituvchi adabiy til qonuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o‘qiy olishi, radio va televidenie eshittirishlarini kuzatib borishi lozim. 6. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko‘rinishi nutqiy taqlid bo‘lib, yosh o‘qituvchilar o‘zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so‘zlaydigan ustoz murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o‘rganishi mumkin. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o‘qituvchi bolaning his-tuyg‘ularini uyg‘otadi, o‘quvchilar bilan ongli muloqotni ta'minlaydi, ta'lim-tarbiyaga oid ma'lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchi avvalo nutq sirlarini, uning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqotda ta'sir kuchini puxta bilishi kerak.


tải về 50.08 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương