Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar mundarija: kirish


Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish



tải về 50.08 Kb.
trang3/11
Chuyển đổi dữ liệu22.10.2023
Kích50.08 Kb.
#55386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yi
kompetensiyaviy-yondashuv-asosida-professional-ta-limda-bo-lajak-mutaxassislarni-kasbiy-faoliyatga-tayyorlashning-nazariy-asoslari
1.2. Pedagog – tarbiyachi shaxsini shakllantirish.
Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat xodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy ahloq, o‘z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, kattalarga xurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi ahloqiy sifatlarni tarbiyalaydi. Xalq san'ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san'atni bilish, san'atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko‘nikmalarni ma'lumbir izchillik bilan egallab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish ishida yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishi kerak. U quyidashi shartlarga amal qilishi kerak: 1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pedagoglarning tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo‘lishi kerak. 2. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini to‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi kerak. 3. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo‘lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nikmalarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtirib savollardan foydalanishi kerak. 4. Tarbiyachi o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olish, ularning diqqatini jalbqilib, faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak. 5. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. 6. Kun tartibini to‘g‘i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish. 7. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi lozim. 8. tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazib, axborot almashtirib turishi kerak. 9. Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo‘lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo‘lsa ovuntara olishi kerak. 10. Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak. Eng muhimi – tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to‘g‘ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar

tải về 50.08 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương