Mavzu: maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yiladigan talablar mundarija: kirish



tải về 50.08 Kb.
trang8/11
Chuyển đổi dữ liệu22.10.2023
Kích50.08 Kb.
#55386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Mavzu maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo’yi
kompetensiyaviy-yondashuv-asosida-professional-ta-limda-bo-lajak-mutaxassislarni-kasbiy-faoliyatga-tayyorlashning-nazariy-asoslari
Raqamli video lavhalar – o‘quv moduli (o‘quv fani) bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yordam beradigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 3D o‘lchamdagi zamonaviy o‘quv manbai
Virtual stendlar – 1) real obyekt, predmet, jarayon, voqea va hodisalarning elektron modeli; 2) matn, rasm, sxema, jadval, diagramma va b. shakldagi axborot, jarayon hamda virtual muhitlarni yaratish, saqlash, ishlov berish, raqamlashtirish va tizimli ravishda amalga oshirishni ifodalovchi kompyuterli vosita
Imitatsion virtual trenajyor (ingl. “train” – “tarbiyalamoq”, o‘qitmoq”, “mashq qildirmoq”) – elektron shakldagi o‘quv-mashqlantiruvchi qurilma bo‘lib, u yordamida mehnat faoliyatining real sharoiti modellashtiriladi, muayyan faoliyat (m-n: mashina (mexanizm)ni boshqarish, murakkab stanokda ish bajarish yoki harbiy texnika sirlarini o‘zlashtirish) ko‘nikmalari shakllantiriladi, ko‘nikmalar malakalarga aylantiriladi hamda hosil bo‘lgan malakalar takomillashtiriladi
Multimedia mahsulotlari – o‘zida AKTning dasturiy va texnik imkoniyatlari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materialini tinglovchilarga yetkazib berilishini mujassamlashtirgan ishlanma (mahsulot)lar
Audio va video vizual materiallar – o‘quv axborotlarini kompyuter texnologiyasi yordamida ovozli va vizual shaklda qabul qilinishini ta’minlovchi materallar
Video animatsiyalar – chizilgan (rasmli) yoki kichik hajmli obraz (hajmiy, qo‘g‘irchoq yoki o‘yinchoqli obyekt)larni harakatga keltirish va bu harakatning har bir bosqichini ketma-ket suratga olinganligini ifodalovchi elektron tasvirlar
Prezentatsiya (taqdimot; lot. “praesentatio” – taqdim etish) – muayyan mavzu yoki muammo bo‘yicha o‘quv (ilmiy, amaliy) xarakterdagi materiallarning ish qog‘ozlari (oddiy yoki vatman qog‘ozlar) hamda axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter, proyektor, protsesor va b. qurilmalar) yordamida taqdim etilishi
Pedagog-tarbiyachi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.

tải về 50.08 Kb.

Chia sẻ với bạn bè của bạn:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Cơ sở dữ liệu được bảo vệ bởi bản quyền ©hocday.com 2024
được sử dụng cho việc quản lý

    Quê hương